Hikoya va novella masalasi
Komediyaga xos xususiyatlar
Download 58.29 Kb.
|
Chizma
Komediyaga xos xususiyatlar
Komediya yunoncha “comos” – “quvnoq kishilar (olomon)” va “oide” – “qo‘shiq” so‘zlari birikuvidan yasalgan so‘zdir. Bu janrga mansub asarlarda qahramonlarning kulgili fe’l-atvori, xatti-harakatlari ko‘rsatiladi. Hayotning muayyan hodisalarini kulgili tarzda namoyon etish komediyaning asosiy xususiyatidir. Xalq tomoshalari komediyaning paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lgan. Sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi marosimlarida qiziqchilar, muqallidlar turli kulgili tomoshalar namoyish etishgan. O‘sha kulgili tomoshalar komediyaning o‘ziga xos bir ko‘rinishidir. Qadimgi yunonlar ham o‘z marosimlarida turli kulgili tomoshalar ko‘rsatishgan. Eramizdan avvalgi V–IV asrlarda Yunonistonda yashab o‘tgan Aristofanning “Chavandozlar”, “Bulutlar”, “Qurbaqalar” kabi asarlari komediyaning yuksak namunalaridir. Lope de Veganing “Toledo kechasi”, V. Shekspirning “Qiyiq qizning quyilishi”, Karlo Gotssining “Turondot”, Jan Batist Molerning “Don Juan”, Per Bomarshening “Sevilyalik sartarosh”, Fonfizinning “Dumbul boyvachcha”, A.Griboydovning “Aqllilik balosi”, N.Gogolning “Revizor”, A.Ostrovskiyning “Qo‘ynidan to‘kilsa – qo‘njiga” kabi komediyalarida hayotning jiddiy muammolari qiziqarli va kulgili gavdalantiriladi. Hamzaning “Maysaraning ishi” asari ham mavjud hayot haqiqatini kulgili holatlarda ko‘rsatishi bilan e’tiborni jalb qiladi. Turli-tuman qiziqchiliklar bilan tomoshabinni kuldirish va hayotda uchraydigan ba‘zi bir manfiy hodisalarni masxaralash komediyaning asosiy maqsadidir. “Komediya” iborasi “sotos” va “oide” degan ikki so‘zdan tarkib topgan bo‘lib, “masxarabozlar qo‘shig’i” degan tushunchani anglatadi. O‘zining nojo‘ya ishlari bilan dehqonlarga ozor yetkazgan biron odamni – boyonlarni, amaldorlarni hajviy qo‘shiqlarda mazax qilish Yunoniston qishloqlarida tez-tez uchrab turadigan oddiy hodisa bo‘lgan. Bu holat Dionis bayramlarida kengroq aks etgan. Eramizdan V-IV asrlar, umuman, butun Yunoniston va xususan Afina davlati uchun nihoyatda kuchli ijtimoiy va madaniy taraqqiyot davri bo‘lgan. Ammo, shu bilan birga, quldorlik zaminida yaratilgan demokratiya tuzumining ziddiyatlari, ayrim sotsial guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar kun sayin keskinlashib bormoqda edi. Dastlabki komediyanavis shoirlar o‘zlarining asarlarida ana shu nuqsonlarni fosh etishga, kulgu va satira yordami bilan ularni bartaraf etishga intilganlar. Shunday qilib, “Qadimgi attika komediyasi” deb atalmish maxsus adabiy oqim maydoncha keladi. O‘tkir siyosiy jo‘shqinlik, demokratiya dushmanlariga qarshi murosasizlik – “qadimgi attika komediyasi” ning asosiy xususiyatidir. Mazkur janrda ijod qilgan ko‘pdan-ko‘p shoirlar orasida faqat uch kishining nomi bizga ma‘lum. Bular – Kratin, Evpolid hamda Aristofandir. Shulardan faqat Aristofanning asarlarigina saqlanib qolgan. Qadimgi komediyanavis shoirlar orasida asarlari ozmi-ko‘pmi miqdorida bizga qadar yetib kelgan birdan-bir shoir Aristofandir. Bu shoirning ijodida komediya mazmun jihatdan benihoyat kengayadi, shakl jihatdan yuksaklikka ko‘tariladi. Binobarin, biz uchun bu zot to shu kunga qadar mazkur janrning dastlabki yakkayu-yagona vakili butun jahon miqiyosida komediya adabiyotining keksa bobokaloni bo‘lib qoladi. Aristofanning shaxsiy hayoti haqida biz, deyarli hech narsa bilmaymiz, ba‘zi manbalarga qaraganda shoir, taxminan eramizdan oldingi 445 yilda Attika viloyati yaqinidagi Egina orolida tug’ilgan. U 20 yoshida komediyanavislar musobaqasida qatnashib ikkinchi o‘rinni egallaydi. Qirq yilcha davom etgan adabiy faoliyati davrida shoir hammasi bo‘lib, taxminan, qirqdan ortiq asar yozgan. Mazkur asarlardan bizga qadar to‘la holda o‘n bitta komediya yetib kelgan. Olimlarning taxminiga ko‘ra, shoir 385 yilda dunyodan o‘tadi. Aristofon ijodi asosan, salkam o‘ttiz yil davom etgan Peloponnes urushi davriga va shu urush oqibatida Afina demokratik davlatining beto‘xtov yemirilib, inqirozga tomon ketayotgan paytiga to‘g’ri keldi. Shu yillarda haddan ziyoda keskinlashib ketgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ziddiyatlar, urush hamda tinchlik masalalari, axloq, tarbiya, falsafa va adabiyot muammolari – Aristofon asarlarida o‘z ifodasini topgan. Aristofondan oldin o‘tgan “qadimgi” komediya vakillarining asarlari bizga qadar, deyarli mutlaqo yetib kelgan emas. Shu sababli shoir ijodini boshqalar bilan taqqoslab, uning yunon komediyanavislik san‘ati xazinasiga qo‘shgan javohirlarini birma-bir sanab ko‘rsatolmaymiz. Shunga qaramay, uning asarlaridagi ajoyib dramatik holatlar, qahramonlarning qiyofasini tavsiflash mahorati, hamma komediyalarda sochilib yotgan hazil-mutoyibalar, favqulodda pichinglar, beqiyos so‘z o‘yinlari, shu bilan birga asarning sodda tili, tomoshabinga ham kitobxonga rohat bag’ishlaydigan lirik parchalar – Aristofonning nihoyatda ulkan san‘atkorligidan darak beradi. Aristofon komediyalarida ifoda etilgan o‘tkir siyosiy satira rus olimlari tomonidan yuqori baholangan. V.G.Belinskiyning nazarida Aristofon – eng olijanob, g’oyat musaffo va Yunonistonning eng so‘nggi ulug’ shoiri bo‘lgan. N.G.CHernishevskiy bo‘lsa o‘zining “sof san‘at” tarafdorlariga qarshi olib borgan kurashlarida ko‘pincha Yunon shoirining asarlariga murojaat qilgan. Jahon Tinchlik Kengashining tashabbusi bilan butun progressiv insoniyat 1954 yilda Aristofanning 2400 yillik yubileyini o‘tkazdi. Bu tantana yunon komediyanavisining jahon madaniyatiga qo‘shgan hissalarini taqdirlash va tinchlik kuychisi sifatida qilgan xizmatlarini ulug’lash alomati edi. Dunyo davlatlarining ba‘zi birlari urush olovini yoqayotgan bir paytda tinchlikning tolmas kurashchisi bo‘lgan Aristofanning asarlari shu kecha-yu kunduzda alohida ahamiyat kasb etadi. Download 58.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling