Mavzu:Badiiy asarlarda ayol obrazi tadriji
Mundarija
Kirish
I BOB.Badiiy asarlarga ayol obrazining ishlatila boshlanish tarixi.
1.1 Hikoyalarda ayol obrazining talqini
1.2 O’zbek qissalaridagi ayol(Odil Yoqubov ,,Muqaddas)
II BOB O’zbek va Jahon adabiyotida ayol obrazining talqin etilishi.
2.1,, O’tgan kunlar”dagi Kumush va Zaynab obrazlari tadriji
2.2 ,,Jamila” va ,,Noma’lum ayol maktubi’’.
Xulosa
Reja:
Kirish
I BOB.Badiiy asarlarga ayol obrazining ishlatila boshlanish tarixi.
1.1 Zulfiya Qurolboy Qizining ,,Ayol’’ hikoyasida ayol obrazi
1.2 O’zbek qissalaridagi ayol(Odil Yoqubov ,,Muqaddas)
II BOB O’zbek va Jahon adabiyotida ayol obrazining talqin etilishi.
2.1,, O’tgan kunlar”dagi Kumush va Zaynab obrazlari tadriji
2.2 ,,Jamila” va ,,Noma’lum ayol maktubi’’.
Xulosa
Kirish
Mavzuning dolzarbligi Dunyo yaralibdiki, insoniyat taraqqiyot yo‘lidadir. Har qanday rivojlanish tagida ilm-fan va o‘qib-o‘rganish, bilim olish yotadi. Shuning uchun bizning davlat rahbarlarimiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham diqqat-e’tiborini, eng avvalo, ilm-ma’rifatga, yurt kelajagi bo‘lgan yoshlarga, kitob mutolaasiga qaratdi. Mana shu jihatlargina davlatni davlat qiladi, xalqni buyuk qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi va 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham ta’limga etiborni yanada kuchayishiga sabab bo’ldi.
2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi1 qarori ham qabul qilindiki, buning negizida ma’naviy yuksalishning eng samarali yo‘llaridan biri bu kitob ekanligi, ta’bir joiz bo‘lsa, badiiy asarlar ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi. Mana shu qaror asosida ta’lim muassasalarida va keng kitobxonlar doirasida “Yosh kitobxon” tanlovlari ham tashkil etilgan va moddiy mukofotlar belgilangan. Bu esa har qanday yosh avlodni kitob o‘qishga va o‘z dunyoqarashini kengaytirishga undaydi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi».2 Bundan tashqari, 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari ham yuqoridagi maqsadni amalga oshirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
Zamonaviy dunyoda insoniyat oldida turgan eng katta muammo – bu globallashuv jarayonida kosmosdagi yagona ongli mavjudot o‘laroq har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalash, olam va odam, odam va odam munosabatlarining o‘ziga xos qirralarini kashf etib borish hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, muammo serqirra, murakkab bo‘lib, uning yechimi ham turlicha bo‘ladi. Masalan, Badiy asar ,uning mohiyati,undagi ayol ,ona motivlarining kiritilishi hozirgi paytda juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |