Hikoyani o'qish metodikasi


Download 8.55 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi8.55 Kb.
#1641269
Bog'liq
HIKOYANI O\'QISH METODIKASI


HIKOYANI O'QISH METODIKASI

Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo'lib, unda kishi hayotidagi m a’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.


„Hikoya ko'pincha kishi hayotida bo'lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning m azm uni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir"14.
Hikoya m azm unan boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o'quvchilarni qahram onlam ing xattiharakati, tashqi ko'rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi
hikoyalar ko'proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog'lab olib boriladi.
Boshlang'ich sinflarda hikoyani o'qishga bag'ishlangan izohli o'qish darslarida o'qilgan hikoya mazmunini ochish, lug'at ustida ishlash, o'qilgan m atnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan
hisoblanadi. H ikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi.
So'roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish ham da
dalillar, m ulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xattiharakat o'rtasidagi bog'lanishlam i aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Hikoyani o'qish darsida o'quvchilar tushunm aydigan so'z va iboralar m a’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya m azm unini tushuna olmaydilar.
Hikoyani o'qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o'quvchilar nutqini o'stirish markaziy o'rin egallaydi. Hikoya o'qib bo'lingach, o'quvchilar o'ylashi, o'z mulohazalarini aytishi uchun
tayyorlanishga vaqt berish kerak. O'qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahram onning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya sujeti, voqeaning yo'nalishini
ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy
g'oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
Badiiy asarni tahlil qilishda sujetni to'liq tushuntirishga berilib
ketib, qahram onlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish
kabi ish turlari e ’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Ertak janriga xos m atnlar jozibadorligi bilan bolani o'ziga tortadi. Lekin hikoya janri ham hayotiyligi bilan o'ziga xos. Hikoyada
voqealar tez rivojlanib boradi. U nda inson hayoti, u bilan bog'liq
hayotiy lavhalar bayon etiladi. O 'quvchilar qahram onlam ing xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. M asalan, 3-sinf „O 'qish
kitobi“dagi „Dadam qurgan dengiz“ (Hakim N azir), ,,O lm a“ (M alik
M urodov), „Ilmli mingyashar" (N urm at M aqsudiy), „Xazonchinak“
(O '. Hoshim ov), „ Q o ‘shterak“ (A. Irisov), „Mehnatkash qiz “ (Oybek)
va boshqa qiziqarli hikoyalar berilgan. U lar mavzu jihatdan xilmaxil bo'lib, qahram onlarining xarakter-xususiyatlari bilan ham farq
qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Hikoya biror bir davr bilan bog'liq bo‘ladi. O 'quvchilar qahram onlam ing m a’naviyatiga bo'lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli
va qorong'i tom onlari xususida muayyan tushunchaga ega bo'la boshlaydilar. U larda go'zallik va nafosatga m uhabbat, yovuzlikka nisbatan
nafrat tuyg'usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida
shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda „Jaloliddin Manguberdi" hikoyasida Chingizxon va uning qo'shinlariga nisbatan nafrat uyg'otilsa,
Jaloliddin M anguberdining xatti-harakati misolida ona-Vatanga m ehrmuhabbat uyg'otiladi, uning taqdiri orqali o'z ajdodlaridan faxrlanish
tuyg'usi paydo bo'ladi.
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o'ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko'rishni taqozo etadi. Undagi har bir so'z,
ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi.
Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o'rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o'qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo'lishi
lozim.
Boshlang'ich sinflarda hikoya sujeti, kompozitsiyasi, qahram onlarini o'rganish bo'yicha turli tahlillar m atn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o'quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash
doirasi kengayadi.
„Jaloliddin Manguberdi“ hikoyasi qahram onlarini, ularning xatti-harakatlarini o'rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja asosida amalga oshirish mumkin:
1. Chingizxonning hiyla ishlatgan o'rnini m atndan topish. Uning
o'quvchilarda qanday taassurot qoldirganligini aniqlash.
2. Jaloliddin M anguberdining Eron va Afg'onistonda m o'g'ullarga
qarshi kurashib, erishgan g'alabasi tasvirlangan o'rinni topib o'qish.
3. Lashkarboshilarning o'lja taqsimlashi oqibatida nima yuz berganini aniqlash. Bu o'rinni m atndan topish.
4. Jaloliddin M anguberdining jasorati yana qaysi o'rinda ko'ringanini aniqlash.
5. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan berganini
aytish.
Shundan so'ng o'quvchilar Jaloliddin M anguberdi haqida ongli
fikr yuritadilar. Chingizxon bilan Jaloliddin M anguberdining xattiharakatlarini taqqoslab, farqlaydilar.
Hikoya mazmunini o'zlashtirish bo'yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi:
Download 8.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling