Himmat kitobiga taqriz Alloh taologa o’zining jaloliga yarasha hamd-u sanolar bo’lsin. Payg’ambarimiz xazrati Muhammadﷺ


Download 16.4 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi16.4 Kb.
#1504041
Bog'liq
Himmat


Bismillah…
O‘zgaramiz loyihasi
6.26-guruh tolibasi
Meliziyayeva Munojatxon Xasanboy qizi
Guruh boshi: Gulzoda😊
Himmat kitobiga taqriz
Alloh taologa o’zining jaloliga yarasha hamd-u sanolar bo’lsin. Payg’ambarimiz xazrati Muhammad durud-u salovotlar bo’lsin. Asadullo Xolmurodovning “Himmat – mo’minning quvvati” kitobidan olgan bilimlarimni qisqacha yozaman. Himmat – so’zi biror ishni qasd qilish bo’lib, to’g’risini aytsam shu asarni o’qiganimdan keyin “himmat” so’zining asl ma’nosini anglab yetdim. Bizning sof o’zbek tilida ko’p holatlarda himmat deganda, kimnidir boshqalarga ko’rsatgan yordami yoki yaxshiligi tushuniladi. Mo’min bandaning asl himmati esa birinchi o’rinda Allohning roziligini ko’zlab, oxirat g’amida qiladigan ishlaridir. Allohning rizoligini ko’zlab qilinadigan ishlarning barchasi insha Alloh hayrli hisoblanadi. Ruhimiz Allohning arshidan tushgan bo’lsa, badanimiz tuproqdan yaratilgan. Bu dunyo ilinjida qilinadigan barcha ishlar badanimizga nafsimizga, yoqishi mumkin, lekin ruhimizga og’ir keladi. Allohning rizoligi umidida qilingan ishlar esa ruhimizni oziqlantiradi, zeroki badanimiz aziyat cheksa ham.

Inson birinchi o’rinda o’ziga himmatli bo’lishi kerak. Bizning o’zimizga qiladigan eng katta himmatimiz Alloh rizoligi uchun bilim olib, ularni amalda bajarishdir. Alhamdulillah bu kitob menga juda ham manfaatli bo’ldi. To’g’risini aytsam bu kitob haqida yozay desam yana bir kitob bo’ladi. Qisqa qilib tushungan va olgan bilimimni aytsam, Alloh roziligi uchun qilingan har bir ish himmatdir. Albatta Alloh roziligiga erishish oson emas, buning uchun biz birinchi o’rinda nafsimiz bilan kurashishimiz kerak. Bu yo’lda Robbimiz o’zi eng yaxshi ko’makchidir.


Rasulullohﷺ: Odam bolasi qiyomat kunida besh narsadan so’ralmaguncha Robbining huzuuridan jilmaydi: Alloh bergan umrni qanday o’tkazgani; yoshlik chog’idan qanday foydalangani; mablag’ini qayerdan topib qayerga ishlatgani; bilgan ilmiga nima amal qilgani, dedilar.
Download 16.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling