Himoya inshootlari va ularning turlari Reja


Download 103.03 Kb.
bet5/12
Sana30.04.2023
Hajmi103.03 Kb.
#1409192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
axolining muxofazalanishi qurilmalarida yashirinishi

Radiatsiyaga qarshi panajoylar, ularning ichki
jihozlanishi.

Radiatsiyaga qarshi panajoylar radioaktiv (ifloslanish) zaharlanishiga odamlarni ion hosil qiluvchi nurlanishdan muhofaza qiladi. Bundan tashqari to’lqin zarbasi, yoriqlik nurlari, oqib kiruvchi radiatsiya, neytron oqimi, teri va kiyimga radioaktiv moddalar tushishi, zaharli modda, bakterial vositalardan muhofaza qiladi. Ko’p qavatli binolarning erto’lalarida radiatsiyadan saqlanish uchun maxsus joy tayyorlash mumkin. Muhofazalovchi pana joylarni tayyorlashda yig’ma temir-beton vositalaridan, g’isht, yog’och materiallar hamda toshdan foydalansa bo’ladi.


Radiatsiyadan saqlashda devorlari muhofazalash xususiyatiga ega bo’lgan erto’lalar, poliz mahsulotlari saqlanadigan omborlar va er ustidagi binolardan foydalanish mumkin. Barcha eshik, derazalar va boshqa radiatsiya kirishi mumkin bo’lgan teshik (mo’ri)lar kigiz yoki yumshoq gazlama bilan zichlab yopiladi. Rana joy (30 nafar odamga mo’ljallangan bo’lsa) tabiiy havo oqimi bilan shamollatish va so’ruvchi quti qo’yiladi. So’ruvchi quti shamollatgichdan 1,5-2 m. yuqorida qo’yiladi. Sirtqi havo chiqaruvchi qutichaga qopqoq ishlanadi. Kirish joyiga yaxshilab qopqoqcha qilinadi.
Pana joyda suv va kanalizatsiya bo’lmasa, bir kecha-kunduzga har bir odam uchun 3-4 litr suv, hojatxona, axlat to’kiladigan o’ra, oziq-ovqat uchun javon imkoniyatlari yaratiladi.
Yog’ochdan tiklangan uylar radiatsiya koeffitsentini taxminan 100, toshdan ishlangan uylar 800, jihozlanmagan erto’la 7-12 marta, jihozlangan erto’lalar 350-400 marta kamaytiradi.
Nurlannshga qarshi panajoylar, ularning ichki jixozlanishi.
Kollektiv himoya vositalariga radioaktiv zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan himoyalovchi maxsus jihozlangan muhandislik inshootlari va ob’ektlari kiradi. Ushbu inshootlar odamlarni yadro quroli, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar hamda oddiy qurollar ta’siridan himoya qilishga mo’ljallangan.
Kollektiv himoya qilish vositalari fuqarolarni ommaviy zarar etkazuvchi qurollar ta’siridan to’liq saqlaydi va ularning ikkinchi xiliga radiatsiyaga qarshi panajoylar kiradi. Ushbu inshootlar radioaktiv zararlanish paydo bo’lgan joylarda odamlarni radiatsion zararlanishdan va yorug’lik nurlanishdan himoya qiladi.
Bundan tashqari panajoylar o’tuvchi radiatsiyadan (shu jumladan neytron oqimlaridan), qisman yadro portlashining zarb to’lqinidan, zaharlovchi moddalarning suyuq tomchisidan va bakterial vositalar aerozollarning bevosita odamlar terisiga va kiyim-kechaklariga tushishidan saqlaydi.
Radiatsiyaga qarshi panajoylarning radioaktiv nurlanishlaridan himoya qilish xususiyatlari, uning himoya koeffitsienti bilan baholanadi. Himoya koeffitsienti radiatsiyaga qarshi panajoyning radiatsiya ta’sirini necha marta kamaytirishini, fuqarolarning nurlanish dozasini qancha kam olishini ko’rsatadi. Radiatsiyaga qarshi panajoylarning himoya koeffitsienti juda yuqori bo’ladigan qilib quriladi. Masalan, yog’och uylaridagi erto’lalar radiatsiya nurlanishini 7-12 marta kamaytiradi, g’ishtli binolar esa 200-300 marta kamaytiradi.
Nurlanishga qarshi panajoylar mahalliy uskunalardan quriladi. Panajoylar qurilishi uchun avvalambor o’ra (kotlovan) qaziladi va unga ustunlar o’rnatiladi. Ustunlarni o’rnatish uchun turli konstruktsiyadagi: yalpi rom, rom-blok, sinch devor, temir beton va boshqa materiallardan foydalaniladi. O’ralar va ustunlar orasidagi barcha teshik va yoriqlar tuproq bilan to’ldiriladi. Panajoylarning qarama-qarshi tomonlariga qalin eshik quyiladi va bu erdan tambur uchun joy ajratiladi. Kirish joylarning o’lchami 80-180 sm. bo’lishi kerak. Panajoy ichining balandligi 2 metrdan kam bo’lmasligi kerak, polning yuzi bir odamga 0,5 metr, sig’imi 5 tadan 50 ta odamgacha va undan ko’proq bo’lishi mumkin. Panajoy ichiga suv yig’iladigan kanal qaziladi, chiqish tomoniga qiyalab to’g’rilab qo’yiladi.
Panajoy atrofida ham kanal qaziladi. Odamlar dam olishi uchun ikki qavatli so’ri va kursilar o’rnatiladi. Panajoyda havo beradigan qurilma bo’ishi zarur. Havo haydaydigan yo’llar erdan 3 metr balandlikka joylashgan bo’lishi kerak, shuning bilan birga panajoyni to’satdan yuz beradigan portlashdan himoya qilishga moslab qurish kerak. Havo berish me’yori panajoyda o’tirgan bir kishiga soatiga 2-3 kub metr bo’lishi kerak. Panajoyda ishlayotgan bir kishiga uchun havo berish me’yori esa soatiga 5 kub metrni tashkil etish kerak. Panajoyga umumiy isitish tizimi tarmog’i o’tkaziladi. Suv bilan ta’minlash vodoprovod orqali amalga oshiriladi va albatta suv zahirasi tayyorlanib qo’yiladi. Har bir kishi uchun suv zahirasi bir kunga 6 litrni tashkil qilishi kerak. Chiroq elektr tarmog’idan olinadi, avariya holatlarida esa akkumulyatordan va kichkina elektrofonarlardan foydalanish mumkin.
Texnogen turdagi favqulodda vaziyatlar (kuchli ta’sir etuvchi moddalarning oqishi, tarqalishi) sodir bo’lganda panajoylarda ishchi va xizmatchilar hamda aholini hayot faoliyatini ta’minlashni tashkil etish va o’z vaqtida bu borada kerakli tadbirlarni olib borish usullari qonunda ko’rsatilganidan ob’ekt rahbari- fuqaro muhofazasi boshlig’ining zimmasiga yuklatiladi.

Download 103.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling