"Himoyaga ruhsat etilsin"
Janubiy Yevropa mamlakatlari
Download 65.16 Kb.
|
Yevropa
Janubiy Yevropa mamlakatlari. Janubiy Yevropa siyosiy xaritasida Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya hamda Andorra, San-Marino, Malta va Vatikan "mitti” davlatlari joylashgan. Bu davlatlar iqtisodiy-geogralik o'mi va xo‘jalik rivojlanishi jihatidan uzoq tarixi davomida O'rta dengiz bilan chambarchas bog'liqligi sababli Yevropaning O‘rta dengizbo'yi inamlakatlari deb ham ataladi. Bu mintaqa Yevropa sivilizatsiyasi va madaniyatining chin beshigi hisoblanadi, chunki bu qit'adagi eng qadimgi davlatlar - Gretsiya bilan Rim aynan O'rta dengiz qirg'oqlarida rivoj topgan.
Malta O'rta dengizdagi orollarda joylashgan kichik davlat bo'lsa, subregionning qolgan davlatlari geogralik o'rni nuqtayi nazaridan yarimorol mamlakatlari hisoblanadi. Andorra, San-Marino, Vatikan davlatlari yarim orollarda joylashsada, dengizga chiqish imkoniyati yo'q. San-Marino bilan Vatikan anklav davlatlar hisoblanadi, chunki ular faqat bitta davlat, ya’ni Italiya bilan chegaradosh bo‘lib, butunligicha uning hududi bilan o'ralgan. Janubiy Yevropa mamlakatlaridan Ispaniya va Andorra boshqaruv shakli jihatidan konstitutsiyaviy monarxiya, Vatikan davlati Yevropada yagona mutlaq teokratik monarxiya (davlat rahbari - Rim-katolik cherkovi yetakchisi hisoblanmish Rim Papasi), qolganlari esa respublikadir. Janubiy Yevropa davlatlariO'rta dengiz geosinklinal mintaqasida joylashganligi tutayli seysmik jihatdan faol hudud hisoblanadi. Qadimdan olamga mashhur Etna, Vezuviy, Stromboli vulqonlari ham Yevropaning shu qismida joylashgan. Foydali qazilmalardan rangli metall rudalari va mineral tuzlar zaxiralari mavjud. O'rta dengiz tipidagi subtropik iqlim (yozi issiq, birmuncha quruq. qishi esa iliq va yomg'irli) qishloq xo'jaligi va turizm uchun juda qulay sharoit yaratadi. Lekin Yevropaning boshqa subregionlarga nisbatan suv resurslar bilan ta'minlanish darajasi pastroq bo'lib, ayrim hududlarda suv tanqisligi ham sezilmoqda.
Yevropaning O‘rta dengizbo‘yi mamlakatlari Shimoliy va G‘arbiy Yevropa davlatlariga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari nisbatan past. Ayniqsa, Gretsiya, Ispaniya va Portugaliya iqtisodiyotidagi inqirozli vaziyat Yevropa Ittifoqi doirasida ko'zga tashlanadi. Italiya garchi "katta yettilik” guruhi a'zosi bo'lsada, mamlakatning turli hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi keskin farq qiladi. Shimoliy Italiya Yevropadagi eng rivojlangan iqtisodiy rayonlardan biri hisoblansa, Janubiy Italiya, aksincha, Yevroittifoqning eng qoloq rayonlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimotida Janubiy Yevropa mamlakatlari, eng avvalo, subtropik dehqonchilik (uzum, sitrus mevaiari, yong'oq, zaytun va hokazo) bilan turizmga ixtisoslashgan. Bu subregion den-giz turizmining dunyodagi eng yirik rayoni hisoblanadi. Sanoat tarmoqlari ichida eng rivojlanganlari yengil (to'qimachilik, tikuvchilik, charm-poyabzal) va oziq-ovqat (yog‘-moy, konserva, vino) sanoatlari. Italiya va Ispaniya mashinasozlik sanoati, ayniqsa, avtomobilsozlikning rivojlanishi bilan ham ajralib turadilar. Download 65.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling