"Himoyaga ruhsat etilsin"
Download 65.16 Kb.
|
Yevropa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shimoliy Yevropa davlatlari.
Mavzuning predmeti.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Yevropa – Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismini egallagan qit’a. Yevropa hududining maydoni 10 mln km.kv.ga teng. Shundan 4,1 mln km.kv Rossiyaning Yevropada joylashgan qismiga to‘g‘ri keladi. Yevropa siyosiy xaritasida 44 mustaqil davlat (Rossiya bilan birga) joylashgan. Bundan tashqari, Turkiya va Qozog‘iston davlatlari ham qisman Yevropada joylashgan, ammo xalqaro statistikasida ular Osiyo qit’asi tarkibiga kiritilgan. Yevropa davlatlari odatda 4 ta yirik subregionlarga bo‘linadi: Shimoliy, G‘arbiy, Janubiy va Sharqiy Yevropa. Shimoliy Yevropa davlatlari. Bu subregion tarkibiga qit’aning Shimoliy Muz okeani hamda Atlantika okeanining Shimoliy va Boltiq dengiziga tutash 8 ta davlati kiradi. Bu davlatlar, odatda, 2 ta tarixiy-geografik guruhga bo`linadi: Skandinaviya davlatlari - Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, Islandiya hamda Boltiq davlatlari - Estoniya, Latviya, Litva. Bu ikki guruh davlatlar o`rtasida tarixan shakllangan mustahkam siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari mavjud. Daniya, Shvetsiya va Norvegiya konstitutsiyaviy monarxiya, qolgan davlatlar esa parlamentar respublika hisoblanadi. Tabiiy sharoitining umumiy jihatlari asosan iqlimining ko`proq mo`tadil va dengiz xarekterga egaligida o`z aksini topadi. Faqat Islandiya hamda Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiyaning Shimoliy hududlariga subarktika va arktika iqlim tiplari xos. Norvegiya va Islandiyaga tog`li relyef xos bo`lsa, qolgan davlatlar yer yuzasi, asosan, tekisliklardan iborat. Subregion davlatlaridan faqat tektonik jihatdan faol mintaqada joylashgan bo`lib, vulqon va geyzerlari bilan butun dunyoga mashhur. Islandiya jahondagi geotermal resurslaridan keng va oqilona foydalanayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Norvegiya va Daniya Shimoliy dengiz tubidan tabiiy gaz va neftni qazib oladilar, ayniqsa, bu jihatdan Yevropadagi eng yirik gaz eksportyorlaridan biri hisoblangan Norvegiyaning salohiyati yuqori. Estoniya – energetikasi yonuvchi slanesga asoslangan dunyodagi yagona mamlakatdir, bu davlatda elektroenergiyaning 90 foizidan ortig‘i yoqilg‘ining bu turidan foydalanadigan IESlar ishlab chiqaradi. Subregionning ko‘p davlatlarida gidroenergetika sohasi yaxshi rivojlangan, va bu borada Norvegiya va Islandiya kabi tog‘li mamlakatlar yetakchilik qilmoqdalar. Shvetsiyada yuqori sifatli temir rudalari, Estoniyada esa fosforit zaxiralari katta. Shuningdek, subregion davlatlari o‘rmon resurslariga ham boy. Download 65.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling