Himoyaga ruxsat etaman” Hududiy markaz direktori


Download 78.19 Kb.
bet12/18
Sana26.01.2023
Hajmi78.19 Kb.
#1126595
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
2 мавзу

Chaqiruv bosqichi: bunda tarbiyachi bolalarning yangi mavzuga oid dastlabki tushunchalarini aniqlaydi. Chaqiruv bosqichining maqsadi: - dastlabki tushunchalarni aniq, erkin namoyish qilish;
- fikrini namoyon qila olish;
- mashg'ulotga bo‘lgan qiziqishini oshirish kabilardan iborat.
Anglash bosqichi: bunda tarbiyachi tarbiyalanuvchilardan olgan dastlabki tushunchalariga qo‘shimcha ma‘lumotlarni jamlab, yangi bilim bilan boyitadi. Yangi tarbiyalanuvchining bilgan va bilmagan ma‘lumoti to‘ldiriladi.
Anglash bosiqichning maqsadi:
- dastlabki tushunchalardan kelib chiqib, yangi bilim bilan to‘ldirish;
- tarbiyalanuvchilarning qiziqishini orttirish;
- tahlil qilishga qilishga – taqqoslashga o‘rgatish;
- yangi mashg'ulotni bayon etish;
Fikrlash bosqichi: bu bosqich mashg'ulotning mutahkamlash qismiga to‘g‘ri kelib, tarbiyalanuvchilar dastlabki tushuncha, to‘lidirlgan ma‘lumotlarni tahlil qilib fikrlaydilar, mustahkamlaydilar. Tarbiyalanuvchilar o‘tilgan mashg'ulot, mavzu haqida o‘z fikrlarini bildiradilar.
To‘g‘ri tashkil etilgan mashg'ulot o‘z samarasini beradi. Ammo har bir bosqichda qo‘llaydigan usullarni chuqurrroq o‘rganmay turib, mashg'ulot samaradorligini oshirib bo‘lmaydi.

Klaster” usuli


Bu usulda biror mavzu yoki matn tanlanib, tarbiyalanuvchining diqqatini aynan shu mavzuga qaratish yuzasidan markazga yoziladi. Tarbiyalanuvchilar mavzuga oid barcha fikrlarini aytadilar tarbiyachi yozib boradi. Fikrlar bayon etilgandan so‘ng har bir fikr yoki so‘zlarni toifalarga ajratib chiqadilar.
Usulning maqsadi:
- tarbiyalanuvchilar so‘z boyligini oshirish;
- nutqni takomillashtirish;
- fikrlash qobiliyatini oshirish;
- toifalarga ajrata olish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, an‘anaviy ta‘limda tarbiyachi asosiy bilim manbai bo‘lgan bo‘lsa, yuqoridagi berilgan usul va mashg'ulot namunalarida ko‘rinib turganidek, tarbiyachining vazifasi tarbiyalanuvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshirish, mashg'ulot jarayonida o‘z fikrlarini himoya qilish, taqqoslash kabilarga qaratilgan. Albatta, ushbu interfaol usulnilarni joriy etish, tarbiyalanuvchilar faolligini oshirish, mustaqil fikrga ega bo‘lgan tarbiyalanuvchi shaxsini to‘la shakllantirish imkoniyatlari har birimizning qo‘limizdadir.


Download 78.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling