Rolli vaziyat:
Mashg‘ulot №2. “Muammoli vaziyat” – 40 daqiqa.
Boshlovchi: Hayot faqat xursandchiliklardan iborat emas, unda ko‘plab qiyinchiliklar ham mavjud. Bu esa har bir oila hayotida albatta uchrab turadi. Ko‘ngilsizlik nima? Aqlli, farosatli kishi ko‘ngilsizliklardan yiroq bo‘lishga, murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga tayyor bo‘ladi.
Masalan, bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizlik, qiyinchilikni oldindan tasavvur etib, uni bartaraf etish choralarini o‘ylab ko‘radi. Hammasini oldindan ko‘rib chiqib bo‘lmaydi deb e’tiroz bildirishingiz mumkin. Hayotiy pozitsiyadan kelib chiqadigan bo‘lsak, u holda hech narsa qilmasdan, hammasi o‘z oqimi bo‘yicha o‘taveradi deb qo‘l qovushtirib o‘tirishga to‘g‘ri keladi. Keling, birgalikda oilaviy hayotda biz duch keladigan qiyinchiliklarni yodga olishga harakat qilib ko‘raylik. 10 minut vaqt ichida ularni yozib chiqishingiz kerak bo‘ladi. Tabiiyki, qiyinchiliklar ro‘yxatini tuzib chiqishda o‘z tasavvurlaringizga tayanasiz. Birinchi bosqichda varaqning chap tomonidan ozgina joy tashlab oilaviy hayot qiyinchiliklarini ustuncha shaklda yozib chiqinglar. Ro‘yxat har biringizning qo‘lingizda bo‘lishi kerak. Keyingi bosqichda undan foydalanasiz. CHap tomonda qoldirilgan joyga tegishli raqam qo‘yiladi. Ikkinchi bosqichda uch minut oralig‘ida har bir kishi o‘zi mustaqil ravishda qiyinchiliklarning oila hayotiga xavflilik darajasiga qarab o‘z fikriga asoslangan holda ularga raqamlar qo‘yib o‘rin belgilaydi. 3-bosqichda boshqa oila a’zolari bilan o‘z fikringizni solishtirib ko‘rasiz.
Fikrlaringiz bir-biriga yaqin, mos kelgan bo‘lsa ularni muhokama qilishingiz mumkin. Siz nima uchun shu vaziyat, holat, muammoni oila hayoti uchun xavfli deb hisobladingiz? — kabi savollar berib fikringizga aniqlik kiritib olishingiz mumkin.
Boshlovchiga ko‘rsatma:
Mashg‘ulotning yakunida o‘z fikrini bildirish istagida bo‘lganlarni tinglab, oilaviy hayot qiyinchiliklarining umumiy shkalasini ishlab chiqish va ishtirokchilar ro‘yxatidagi 1-3 raqamli qiyinchiliklarni alohida ajratib yozish maqsadga muvofiqdir.
Mashg‘ulot №3. “Ta’qiqlangan meva” – 20 daqiqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |