Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza
Download 450 Kb.
|
Kuchkarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar ________________ prof. N.M.Egamberdieva Toshkent – 2016 yil MUNDARIJA
- II BOB. “OILA BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDGOGIK FAOLIYAT” MODULINI O‘QITISHNING AMALIY-TEXNOLOGIK JIHATLARI
- Xulosa
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMLI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI “Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori __________________ N.A.Muslimov «_____»_____________2016-yil QO’CHQAROVA FERUZA Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti “Pedagogika” kafedrasi ““OILADA OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT” MODULINI O‘QITISHDA INNNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH” MAVZUSIDAGI BITIRUV LOYIHA ISHI Rahbar ________________ prof. N.M.Egamberdieva Toshkent – 2016 yil MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………………….3 I BOB. “OILA BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDGOGIK FAOLIYAT” MODULINI O‘QITISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Oila va uning ijtimoiy-pedagogik vazifalari………………………………..8 Oilaning ijtimoiy-pedagogik nuqtai nazardan turlari……………………13 Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmuni……….18 II BOB. “OILA BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDGOGIK FAOLIYAT” MODULINI O‘QITISHNING AMALIY-TEXNOLOGIK JIHATLARI 2.1. “Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat” modulini o‘qitishga doir innovatsion ta’lim texnologiyalari…………………………………………26 2.2. “Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat” modulini innovasion ta’lim texnologiyalari asosida o’qitishning didaktik ta’minoti…………………35 Xulosa……………………………………………………………………………84 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………86 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Oila ijtimoiy jamiyatning kichik bo‘g‘ini sifatida muayyan xalq, millat yoki elatning milliy xususiyatlari, shuningdek, mavjud tuzum mazmunini o‘zida namoyon etadi. Oilalarning mustahkam bo‘lishi, ularning totuvlik va farovonlikka erishuvi u mansub bo‘lgan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy, ma’naviy rivoji, jamiyatda amal qilinayotgan ma’naviy-axloqiy me’yorlar, olib borilayotgan davlat siyosati mazmuni bilan belgilanadi. O‘z navbatida jamiyat ma’naviy qiyofasi oilalarda tashkil etilayotgan ijtimoiy tarbiyaning natijasi, samarasiga bog‘liqdir. Shu bois asrlar davomida har qanday geografik makon va ijtimoiy zamonda ham yangi oilalarning shakllanishi, oilaviy hayotning yo‘lga qo‘yilishi, farzandlar tarbiyasini tashkil etish hamda sulola an’analarini davom ettirish masalalariga alohida e’tibor berib kelingan. Oilalarning ijtimoiy jamiyatdagi muhim o‘rni hamda oila tarbiyasining shaxs kamolotini ta’minlashdagi roli xususida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etib o‘tadi: “Oila bizning xalqimiz uchun millatning ko‘p asrlik an’analari va ruhiyatiga mos bo‘lgan g‘oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir. Respublikada oilalar asosan ko‘p sonli bo‘lib, ularda turli avlod vakillari birga yashashadi va birga xo‘jalik yuritishadi. Bu esa bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy qadriyatlardan, an’analardan bahramand qilish, bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik chog‘laridanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim egallashga intilishni, vatanparvarlikni o‘rganadilar”1. Darhaqiqat, oila muhitida shaxsning har jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur bo‘lgan omillar, chunonchi, oila xo‘jaligini boshqarish jarayonida oila a’zolari o‘rtasida yuzaga keluvchi huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va hokazo mazmundagi oilaviy munosabat, muomala aloqa aralashuvi uning ijtimoiylashuvi, ya’ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish layoqatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjuddir. Shu bois O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida, ijtimoiy jamiyatda yangilanish, keskin o‘zgarishlar yuz berayotgan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shuningdek, ijtimoiy raqobat qaror topayotgan o‘tish davrida mustahkam oilalarni shakllantirish har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda. O‘tgan vaqt ichida jamiyatda ro‘y bergan tub ijtimoiy o‘zgarishlar, qaror topgan yangi ijtimoiy munosabatlar ta’sirida pedagogik tafakkur ham yangilandi. Buning natijasida pedagogik turkum fanlari mazmunan takomillashdi, yangi o‘quv fanlarining o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy pedagogika” fanining o‘qitilishi bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-pedagogik qobiliyat hamda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ta’limiy islohotlarning yakuniy natijasi bo‘lgan o‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalashda “Ijtimoiy pedagogika” fani katta imkoniyatlarga ega. Ayni vaqtda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida mazkur fan asosida talabalarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlash yo‘lida amaliy harakatlar olib borilmoqda. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat – ijtimoiy faoliyat ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, u maxsus pedagogik ma’lumotga ega mutaxassis tomonidan muayyan toifadagi shaxslar va tarbiya istitutlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash, tuzatish va qayta tiklash orqali shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etiladi. Download 450 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling