Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza
Download 450 Kb.
|
Kuchkarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv loyiha ishi ning predmeti
- Bitiruv loyiha ishi ning amaliy ahamiyati
- Bitiruv loyiha ishi ning tuzilishi
Bitiruv loyiha ishining maqsadi: “Oilada olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat” modulini o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berish.
Bitiruv loyiha ishining ob’ekti: “Oilada olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat” modulini o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish jarayoni. Bitiruv loyiha ishining predmeti: “Oilada olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat” modulini o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mazmuni, imkoniyatlari va yo‘llari. Bitiruv loyiha ishining vazifalari: “Oilada olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat” modulini o‘qitishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashtirish. “Oilada olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat” modulini o‘qitishga doir innovatsion texnologiyalarni tasniflash. “Oilada olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat” modulini o‘qitish jarayonini loyihalashtirish va rejalashtirish. “Oilada olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat” modulini o‘qitishga doir elektron modulli didaktik ta’minotni ishlab chiqish. Bitiruv loyiha ishining amaliy ahamiyati: mazkur bitiruv loyiha ishida ishlab chiqilgan innovatsion ta’lim texnologiyalaridan “Ijtimoiy pedagogika” va “Oila pedagogikasi” fanlaridan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida samarali foydalanish mumkin. Bitiruv loyiha ishining tuzilishi: bitiruv loyiha ishi kirish, to‘rt paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I BOB. “OILA BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDGOGIK FAOLIYAT” MODULINI O‘QITISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI 1.1. Oila va uning ijtimoiy-pedagogik vazifalari Oila nikohga yoki a’zolarining ijtimoiy turmush tarzi, o‘zaro axloqiy javobgarligi va o‘zaro yordamiga asoslangan qon-qarindoshlarning kichik guruhi1. Insonparvar demokratik huquqiy davlatda mavjud bo‘lgan oilaga quyidagicha ta’rif mavjud: «Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, yuridik ma’noda nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllarda bolalarni doimiy tarbiyaga olishdan kelib chiqadigan tegishli huquq va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasidan iborat bo‘lgan milliy mustaqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona an’analarga asoslangan oilaviy munosabatlarni rivojlantirib, uni mustahkamlashga qaratilgan fuqarolar ittifoqidan iboratdir»2. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, u nikoh va qon-qarindoshlikka asoslanishi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega, shuningdek, jamiyat va davlat oilani, otalik, onalik va bolalikni himoya qiladi va oilaviy munosabatlarga umuminsoniy va milliy qadriyatlar joriy etilishini ta’minlaydi3. Psixolog olimlar oilani kichik bir ijtimoiy guruh sifatida ta’riflaydilar. Oilani tashkil etuvchi ushbu guruh nikoh orqali hamda yaqin urug‘chilik rishtalari bilan bir-biriga bog‘langan bo‘lib, ular o‘rtasidagi munosabatlarga xos bo‘lgan muhim jihatlar – bu o‘zaro mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, mas’uliyatlilik va albatta, hayot, turmush tarzidagi umumiylikdir4. Sotsiologiya oilaga yaxlit ijtimoiy organizmning qismi, jamiyat bo‘g‘ini, ijtimoiy tarbiya jamoasi sifatida qaraydi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar albatta, oilada o‘z aksini topadi. Biroq boshqa – ishlab chiqarish, kasbiy, siyosiy ijtimoiy birlashmalardan farqli ravishda oila to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta qurishga uchramaydi. Oilaning axloqiy, psixologik jihatdan yangilanishi uzoq, murakkab, qarama-qarshiliklarga bog‘liq jarayondir. Iqtisodiy sohadagiga qaraganda, yangi munosabat, yangi axloq me’yorlari oilada sekin sur’atlarda amalga oshadi. Oilaviy o‘zgarishlarning amalga oshishida ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari, boshqa – biologik, psixologik, demografik omillar ham ishtirok etadi. Olimlarning fikricha, odamlar hayotining birdan-bir to‘g‘ri yo‘li oilaviy hayotdir. Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. SHuningdek, oila muhim tarbiya o‘chog‘i hamdir. Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar, momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o‘tgan yaxshi udum, odatlar mavjud. Pedagogika fanlari doktori, professor M. Inomova oilaning quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko‘rsatgan: birinchidan, oila o‘ziga xos va takrorlanmas ta’sirga ega; ikkinchidan, oila bola uchun o‘ziga xos «ko‘zgu» bo‘lib, ota-onaning shaxsiy namunasi, ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi; uchinchidan, oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg‘ular jamuljam bo‘ladi; to‘rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg‘ulari ham tarbiyalanadi; beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili sanaladi; oltinchidan, oila – er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi. Ota-onaning bir-biriga bo‘lgan muhabbati bolaga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy tarbiyaviy omillardan biriga aylanishi mumkin1. Demak, oila – tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday holatda oilaning vazifasini bajara olmaydi. Oila hayoti ko‘p tomonlamali munosabatlar bilan tavsiflanadi: ijtimoiy-biologik, xo‘jalik-iqtisodiy, axloqiy, psixologik. Oila rivojining har bir bosqichi bir funksiyasining tugashi, boshqasining paydo bo‘lishi, uning a’zolarining ijtimoiy faoliyatining o‘sib borish ko‘lami va tavsifi bilan bog‘liq. V.A. Slastenin, I.F. Isaev, E.N. Isaevlarning fikricha, oila jamiyat va shaxsga munosabati bo‘yicha muhim ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajaradi. Jamiyatga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari quyidagilarda aks etadi: aholining tabiiy ko‘payishi. Avlodlarning almashinuvi uchun dav-lat tomonidan belgilangan doirada bolalar soni muvofiq bo‘lishi zarur. tarbiyaviy vazifasi – bilim, ko‘nikma va malakalar, me’yorlar, qad-riyatlar, ma’naviy boyliklarni uzatish. ishlab chiqaruvchi-xo‘jalik. Sotsiologlarning ko‘rsatishicha, oila-ning oila ishlaridan to‘liq ajralishlari uchun qo‘shimcha 40-45 mln odam talab etiladi. bo‘sh vaqtni tashkil etish. SHaxsga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari quyidagicha: er-xotinlik vazifasi. Er-xotinlar – eng yaqin kishilar, ular o‘zaro bir-birini to‘ldiradi, bir-biridan ruhiy madad oladi. ota-onalik vazifasi. Oila qariganda ota-onalarning hayotini bezash uchun zarur bo‘lgan ishtiyoqni ta’minlaydi. turmushni yo‘lga qo‘yish1. Bundan tashqari pedagogik-psixologik adabiyotlarda hozirgi zamon oilasining quyidagi vazifalari ajratib ko‘rsatilgan: iqtisodiy, ijtimoiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ, feliotsitologik va boshqalar2. Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy funksiyalaridan biri bo‘lib, oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlash, oilada o‘sib-ulg‘ayotgan bolalarni tejamkorlikka, tadbirkorlikka o‘rgatishni nazarda tutadi. Oilaning ijtimoiy funksiyasi. Ijtimoiylashuv jarayoni bolalikda boshlanib, umrning oxirigachaga davom etadi. SHuning uchun shubhasiz bu erda, ayniqsa, bolalik, o‘smirlik davrida oila hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Quyida ijtimoiylashuvning ba’zi jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz: Oila insonning jismoniy va emotsional rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu rolni ijtimoiylashuvning boshqa institutlari bilan almashtirib bo‘lmaydi. Oilada bolaning psixologik jinsi shakllanadi. Aynan oilada takrorlanmas jinsiy tabaqalanish jarayoni amalga oshadi. Oila bolaning aqliy taraqqiyotida etakchi rol o‘ynaydi, bolalar, o‘smirlar va o‘spirinlarning o‘qishga munosabatlariga ta’sir etadi. Oilada insonning ijtimoiy me’yorlarni egallashi amalga oshadi. Bu me’yorlar orasida eng avvalo, bo‘lajak oila boshlig‘i rolidir. Oila insonning qadriyatga yo‘nalganligi uchun poydevor vazifasini bajaradi. Ular ijtimoiy va etnoslararo munosabatlarda namoyon bo‘ladi, hayot tarzi, intilish darajasi va sohasi, hayotiy qarashlarini aniqlaydi. Oilaning shaxs ijtimoiy rivojidagi roli buyukdir. Oilaning qadriyati va atmosferasi uning o‘z-o‘zini rivojlantirish muhitining qanchalik shakllanganligi va o‘z-o‘zini realizatsiyalashga imkon berishi bilan belgilanadi. Oilaning muhim bo‘lgan bo‘lgan funksiyalaridan yana biri uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzlukligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasining asosiy mohiyati inson turini davom etti-rishdan iboratdir. V. Karimovaning fikricha, «Farzandli oila» tushunchasi oila psixologiyasida ham, oila sotsiologiyasida ham muhim bo‘lib, u oilada turmush tarzining deyarli barcha jabhalaridagi ko‘rsatkichlari mezonidir. CHunonchi, o‘zbeklarda «Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor» degan naqlning ma’nosi ham farzand tug‘ilgan uyga farishtalar yog‘iladi, yaxshilik va xursandchiliklar, to‘ylar uchun yo‘l ochiladi1. Oilaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir funksiyasi tarbiyalash funksiyasidir. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyosdir. Bolaning tabiiy alomatlari va nasl-nasabi qanchalik ahamiyatga ega bo‘lmasin, tarbiya hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. CHaqaloq hayotining dastlabki yillarida o‘rab olgan dunyoni anglab etishni o‘rgana boshlaydi. Ana shu muhit shaxs mohiya-tini va bundan keyingi rivojlanishini belgilab beradi. Xuddi shu davrda ota-onaning bolaga nisbatan mehr-muhabbatining tarbiyaviy ahamiyati katta-dir. YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib oilaning tarbiyaviy funksiyasi haqida shunday xulosalarga kelish mumkin: oilaning bolaga ta’siri boshqa har qanday tarbiyaviy harakatlardan kuchli; oilada shunday sifatlar shakllanadiki, oiladan tashqari hech qaerda bunday sifatlar shakllanishi mumkin emas; oila shaxs ijtimoiylashuvini amalga oshiradi. Oiladan jamiyat a’zolari etishib chiqadi: qanday oila – shunday jamiyat. oila an’analarning davomiyligini ta’minlaydi; oilaning muhim ijtimoiy funksiyasi fuqaro, vatanparvar, bo‘lg‘usi oila boshlig‘i, jamiyatning qonunga rioya qiluvchisini tarbiyalashda aks etadi; oila kasb tanlashga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a’zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiya-lar, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma’naviy, psixolo-gik salomatligi – oiladagi o‘zaro ichki muloqot xarakteri, oiladagi katta a’zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namoyon qilishlari, oiladagi axloqiy-psixologik iqlimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Oilaning rekreativ – o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a’zolari dam olishini tashkil etish funksiyasidir. Bu funksiya keyingi yillarda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning feliotsitologik funksiyasidir (italyancha «felitsitt» - baxt). Oilada er-xotinning bir-birini to‘liq tushunishi – ularning o‘zlarining baxtli his qilishlarini ta’minlaydi. V.Karimova mazkur funksiyani «baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish» deb ataydi. Uning fikricha, aynan oila har bir a’zosining muammolarni echish, uni tashqi ta’sirlardan himoya qilish kerak bo‘lsa, unda himoya immunitetini shakllantirishga yordam beradi1. Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi. Hozirgi zamon oilalarida esa oilaning boshqaruv funksiyasi asosan axloqiy me’yorlar, oila a’zolarining shaxsiy obro‘si va birinchi navbatda ota-onalarning bolalarga nisbatan obro‘si kishilar yordamida amalga oshiriladi. Oilaning relaksatsiya funksiyasi deganda oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir. Mazkur funksiya har bir oilada tinchlik, totuvlik, o‘zaro tushunish, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, ijobiy psixologik, emotsional jihatdan, ruhiy jihatdan o‘zini qayta tiklab olishni yo‘lga qo‘yilishini nazarda tutadi. Oilaning funksiyalari bo‘yicha turlicha tasniflar mavjud bo‘lib, yuqoridagi ta’kidlaganimizdek, ular yangilanib borish xususiyatiga egadir. Oilaning har bir funksiyasi o‘z navbatida bir qancha vazifalarni qamrab olishi bilan tavsiflanadi. Download 450 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling