Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza


Download 450 Kb.
bet9/42
Sana28.03.2023
Hajmi450 Kb.
#1302713
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
Kuchkarova

Aqliy harakat.
Aqliy harakat maqsadi qisqa vaqt ichida ko‘proq g‘oyalar ilgari surish, ularni amalga oshirishni rejalashtirishdan iborat. Agar munozara “Nima bo‘layapti?”, “Nima uchun?”, “Nimaga?” savollariga javob bersa, aqliy harakat “Nima qilish kerak?”, “Qanday?”, “Qachon?”, “Kim?” singari masalalarni hal etishga sharoit yaratadi. Aqliy harakat qisqa vaqt ichida turli muammolarni kutilmagan usullar bilan hal etish imkonini beradi. Aqliy harakat mavzusi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan guruh qarori asosidagi munozara vaqtida belgilanadi. Odatda u 1,5 – 2 soatni tashkil etadi. Ishtirokchilarning uchrashuv vaqti va joyi avvaldan belgilab qo‘yilishi lozim. Aqliy harakatni tayyorlashda faol ota-onalar yordam beradi: etarli miqdorda qog‘oz, vatman, qalam, ruchka tayyorlanadi.
Aqliy harakat bosqichlari.
1. Ishtirokchilarni “qo‘zg‘ash”.
Erkin, ijodiy muhit yaratish uchun ishtirokchilarga guruhli topshiriq beriladi: masalan, qandaydir foydasiz ashyodan (kuygan lampochka, tushib
qolgan poshna kabilar) foydalanishning ko‘proq usullarini toptiring.
2. Maqsadni tushuntirish.
– aqliy harakat nima ekanligii qisqacha tushuntiriladi;
– ish tartibi tushuntiriladi: “Bizning ishimiz qadam-baqadam amalga
oshiriladi, ularning har birining o‘z qoidasi bor. Har bir qadam boshida
men sizlarni u bilan tanishtirib boraman;”
– ishtirokchilardan 7-9 kishidan iborat guruhga bo‘linib, doira bo‘lib
o‘tirish iltimos qilinadi;
– muammo mohiyati qisqa va aniq tushuntiriladi.
Masalan: munozara chog‘ida barcha ota-onalar “o‘z farzandimning g‘oyaviy
xavfsizligini ta’minlashim lozim” degan xulosaga keldilar. Ko‘rinadiki,
bu erda qanday qilib barcha ota-onalarni bolalar xavfsizligini ta’minlashga jalb etish va ota-ona qanday qilib o‘z farzandi xavfsizligini
ta’minlashi mumkinligi bilan bog‘liq ikkita muammo vujudga keladi. Har
ikkala muammoni hal etish uchun ikki guruhga bo‘linishni tavsiya etish
lozim. Bunda har bir guruh bir muammoni hal etadi.
3. Qadam-baqadam ish.
1-qadam. Fikrlar generatsiyasi (20 minut).
Olib boruvchi ishtirokchilarni 1-qadam qoidalari bilan tanishtiradi:
– har bir guruh mustaqil ishlaydi;
– barcha fikrini aytadi (har bir kishi fikrini aytishi kerak);
har qanday, hatto bajarib bo‘lmaydigan takliflar qabul qilinadi;
– takliflar eshitiladi va yozib boriladi;
– takliflar muhokama qilinmaydi va tanqidga tortilmaydi.
Olib boruvchi guruhlarda qoidaga rioya qiladi, fikr izhoriga aralashmaydi, tanqidga yo‘l qo‘ymaydi, muammodan chetlashmaydi. Fikrlar ilgari surilishini rag‘batlantiradi: “Yana o‘ylab ko‘ring... Siz yana biror narsa o‘ylab topa olasiz”.
1-qadamdan so‘ng tanaffus qilinadi (5 minut).
2-qadam. Fikrlar jamlanmasi muhokamasi (10 minut).
2-qadam qoidalari:
– barcha fikrlar ishtirokchi guruhlar tomonidan o‘qiladi, muhokama
qilinadi;
– guruhlar fikri umumlashtiriladi, asoslanadi va bir-ikkitasi eng
maqbuli sifatida tanlanadi;
– guruhiy qaror qabul qilinadi (ovoz berish emas, kelishuv asosida);
– aniq tanqidgagina yo‘l qo‘yiladi. Masalan: “Bu fikr yomon” deyish o‘rniga “Bunday bo‘lsa yaxshi edi…” tavsiya etiladi.
Olib boruvchi muhokama jarayoniga aralashmay, mo‘‘tadil ishchi vaziyatini hosil qiladi.
2-qadam oxirida bir qator mashqlar bajariladigan faol dam olishdan
iborat qisqa tanaffus (5 minut) qilinadi.
3-qadam qoidalari:
– har bir guruh spiker (butun guruh uchun so‘zlovchi) tanlaydi;
– har bir guruh spikeri guruhning bir-ikki eng maqbul fikrini taqdim etadi va tanlovni asoslaydi. Boshqa ishtirokchilar spikerlarni tinglaydilar, tanqid va tortishuvga yo‘l qo‘yilmaydi.
4-qadam. Loyihani ishlab chiqish (30–40 minut)
4-qadam qoidalari:
– qanday maqbul fikrni amalga oshirish zarurligini guruh hal qiladi;
– guruhdagi ishtirokchilarning har biri ushbu fikrning to‘la amalga oshirilishi va natijasini tasavvur etishga harakat qiladi;
– har bir ishtirokchi o‘z tasavvuri bilan o‘rtoqlashadi;
– g‘oyani amalga oshirishning guruh rejasi – loyihasi yaratiladi. Ular quyidagi savollarga javoblarni o‘z ichiga oladi: “Nima qilish zarur edi? Kachon? Kim bu ishni bajaradi? Kanday imkoniyatlar jalb qilinadi?”;
– har bir guruhda loyihani amalga oshirishda kim nimani bajarishi
belgilab oladi;
–.guruh ishtirokchilaridan loyiha muvofiqlashtiruvchisi belgilanadi;
– ishtirokchilar keyingi uchrashuv vaqti va o‘rnini kelishib oladilar.
Olib boruvchi ishni kuzatadi, qaysidir masalalarni aniqlashga yordamlashadi, zarur axborotni taqdim etadi.
Faol dam olish bilan 5–7 minutlik tanaffus qilinadi.
5-qadam. Loyiha taqdimoti (5–10 minut)
5-qadam qoidalari:
– har bir guruh o‘ziga spiker tanlaydi;
– har bir guruh spikeri muammoni hal etish loyihasini taqdim etadi;
– boshqa ishtirokchilar o‘z his-tuyg‘ularini bildiradilar (qarsak, tabrik va boshqalar vositasida).
Olib boruvchi guruh muvofiqlashtiruvchilariga o‘z mas’ulligini bildiradi: ulardan keyingi uchrashuv qachon bo‘lishi, olib boruvchi bilan aloqa qanday bo‘lishi, qandaydir qo‘shimcha axborotga zarurat bor-yo‘qligini
so‘raydi; o‘z ish rejasiga muvofiqlashtiruvchi bilan uchrashuvni kiritadi.



Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling