Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza
Download 450 Kb.
|
Kuchkarova
Rolli o‘yin (rolli trening).
Bu muayyan amaliy faoliyatga tayyorlanishning maqbul shaklidir. Rolli o‘yinda “Yakkama–yakka” yoki ko‘p miqdordagi ishtirokchilar uchun mo‘ljallangan o‘yin turidan foydalanish mumkin (masalan, mahalla oqsoqollari bilan uchrashuvni tasvirlash uchun rolli o‘yin). “Yakkama–yakka” rolli treningga misol: mahalla maslahatchisiga faol ota-onalardan biri murojaat etadi. U guruh tomonidan o‘z sinfining barcha ota-onalarini “Ota-ona namunasi qanday bo‘lishi kerak?” mavzusidagi kechaga taklif etish topshirig‘ini olgan. Faqat uch kishi rozilik bildirgan. Qolganlar ishining ko‘pligi va bolasi bilan muammo yo‘qligini ro‘kach qilganlar. Maslahatchi uning faoliyati samaraliroq bo‘lishi uchun ozroq “mashq qilishni” taklif qiladi. U rozi bo‘lsa, maslahatchi ota-onalarni qanday taklif etganligini ko‘rsatishni so‘raydi. O‘zi esa “taklif etilgan”ning rolini o‘ynaydi. Maslahatchi bo‘sh sinfda ishtirokchi ko‘rsatgan joyni egallaydi va undan o‘zi qanday bajargan bo‘lsa shu tarzda suhbat boshlashini iltimos qiladi. “Taklif”ni eshitib maslahatchi qandaydir kamchilikni ilg‘ashi mumkin. Masalan, ism-sharifni aytib murojaat etilmadi, taklif etuvchi o‘ta hayajonlandi, ota-onalar kechada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligini aytmadi, suhbatdoshining ko‘ziga qaramadi, taklifni shosha–pisha aytdi. Maslahatchi “taklif etilgan” rolidan chiqib (boshqa stulga o‘tirib) boshqa munosabatni ko‘rsatadi. U aynan ota-onalar aytmaganlarini gapiradi. Masalan: “Siz xatto mening ismimni ham bilmaysiz. Nega hadeb menga qarayverasiz? Siz menga bu kechadan nima naf olishimni aytmadingiz… Menimcha, sizning o‘zingiz ham meni bu kechada ko‘rishni istamayapsiz, negaki mening ko‘zimga qaramayapsiz…” SHundan so‘ng yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hisobga olinib, rolli o‘yin qayta o‘ynaladi. YAna boshqa variant: maslahatchi “sababchi”, “taklif etuvchi” yoki “taklif etiluvchi” rolini o‘ynaydi. Bu variant kerakli, to‘g‘ri yurish-turishni ko‘rsatishga imkon beradi, so‘ngra bundan ishtirokchi nusxa ko‘chirishga harakat qiladi. Maslahatchi bu ish natijasini ko‘rgach, qo‘llashga harakat qiladi: “Endi ishonch bilan gapirayotganingizni sezayapman. Menimcha, endi barcha ishingiz to‘g‘ri yo‘lga tushadi”. Guruh bilan o‘ynaladigan rolli treningga misol: Ishtirokchilar soni – 20 kishigacha. Mashg‘ulot vaqti – 1–1,5 soat. Trening odatda ikki bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqich (5-7 minut) Olib boruvchi bironta xohlovchi bilan rolli trening namoyish qiladi. Buning uchun “YAkkama-yakka” treningda ko‘rsatilgan 1-2 variantdan foydalaniladi. Boshqalarga nima sodir bo‘layotgani aniq ko‘rinishi va eshitilishi lozim. Guruh ishtirokchilari teskari aloqani amalga oshiradilar. Tomoshabinlar o‘yin ishtirokchilari o‘z gaplari bilan nimaga erishmoqchi bo‘layotganlari va so‘z, qiliq va ishoralari bilan nimaga chaqirayotganliklarini aniqlashga intiladilar. O‘yin mazmunini muhokama qilish uchun quyidagi savollarni berish mumkin: - Sizda qanday xohish va hissiyotlar paydo bo‘ldi? - Hissiyot va istakni ifodalashning qanday usullari qo‘llanildi? - Bu bilan nimaga erishildi? - Suhbatga nima yordam qildi yoki halal berdi? - Kabul qilingan qaror hammaga ma’qulmi? - Boshqa imkoniyatlar ham bormi? Muhokama chog‘ida muqobil variantlar ham ishlab chiqildi, ular guruhning barcha ishtirokchilari tomonidan 2-bosqichda o‘ynalishi mumkin. 2–bosqich (30-45 minut): Maslahatchi ota-onalarga juft bo‘lib ishlashni taklif qiladi. Juft-juft bo‘lib muqobil variantlar o‘ynaladi. So‘ngra olingan natijalar davrada o‘zaro almashinadi va hissiyotlar muhokama qilinadi. Download 450 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling