Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza


Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmuni


Download 450 Kb.
bet6/42
Sana28.03.2023
Hajmi450 Kb.
#1302713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Kuchkarova

1.3. Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmuni

Har qanday jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishi shaxslararo munosabatlar ko‘lami va mazmuniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi shaxslararo munosabatlar doirasining yanada kengayishi va bir qadar murakkablashuviga olib keldi.


Ma’lumki, bozor iqtisodiyotida axborotlar, ularning almashinishi va tezligi ustuvor ahamiyatga ega. Axborotlar almashinuvi turli madaniyatlar, shuningdek, G‘arb va SHarq axloqiy qarashlarining o‘zaro uyg‘unlashishini ta’minlaydi. Bu ijobiy hol bo‘lib, jamiyatning, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi va yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Biroq, so‘nggi yillarda G‘arb va SHarq madaniyati hamda axloqiy qarashlarining o‘zaro uyg‘unligi ilg‘or xususiyat kasb etishi bilan birga milliy qadriyatlarning muayn darajada inkor etilishiga sabab bo‘lmoqda. Boshqada aytganda, “G‘arbdan namuna olish” an’anasi yuzaga kelmoqda. SHu sababli muayyan millatning milliyligini ifodalovchi milliy madaniyatni saqlab olish, milliy axloqiy qarashlarning avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tishini ta’minlash o‘ziga xos dolzarblik kasb etadi.
Oila shaxsni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda etakchi tarbiya maskani hisoblanadi. Zero, katta yoshli oila a’zolarining milliy axloqiy qarashlari va yondashuvlari misolida farzand atrofdagilar bilan munosabatda milliy axloq mezonlari (ota-ona yoki keksalarni qadrlash, kattaga hurmat, kichikka izzat, tongda turib, ezgu niyatlar qilish, shaxsiy manfaat va qiziqishlarining oila sha’ni va obro‘siga ziyon etkazmasligi, mehmondo‘stlik, qarindoshlik rishtalarini mustahkamlash, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, o‘zgalardan yordamni ayamaslik, imkoniyati cheklangan shaxslarga nisbatan rahm-shafqat va muruvvat ko‘rsatish va boshqalar)ga rioya qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirib boradilar. “Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi”1.
Oila ijtimoiy maqomining yuqori bo‘lishi, oilaviy munosabatlarning milliy xususiyat kasb etishida oilaning demografik holati muhim ahamiyatga ega. YA’ni:
1) ko‘p bolali o‘zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanib qolayotganligi oilaviy munosabatlarning barqarorligini ta’minlaydi, hamda milliy tarbiyaviy omil va ko‘nikmalarning avloddan-avlodga o‘tishini ta’minlaydi. Bunday oilalarda jamoaviylik katta kuch bo‘lib, yuzaga keluvchi har bir muammo birgalikda hal qilinadi;
2) kam bolali o‘zbek oilalarida individuallik, “Men”lik ustuvor o‘rin tutadi. Ota-onalar yoki katta yoshdagi oila a’zolari bola (bir nafar) yoki bolalar (ikki-to‘rt nafar)ning xohish-istaklarini doimiy ravishda inobatga oladilar. Ularning shaxsiy manfaatlari oilaning umumiy manfaatlaridan ustun turadi, iste’molchilik kayfiyati yuqori.
Oilalarda oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi oila tarbiyasiga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirishni taqozo etmoqda. Ana shunday yondashuvlardan biri – bu oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagoglar tomonidan oilaga tarbiyaviy yordam ko‘rsatishda uning qarindoshlikka asoslanib, oila a’zolarini birga yashashlarini ta’minlovchi kichik ijtimoiy guruh yoki oila a’zolarining kundalik hayot kechirishlarini ta’minlovchi ijtimoiy institut sifatidagi rolini kuchaytirishga e’tibor qaratish zarur.
Oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishda ijtimoiy pedagoglarning roli beqiyos. Ijtimoiy pedagog tomonidan oilaga ko‘rsatiladigan pedagogik yordamning maqsadi shubhasiz inqirozli vaziyatlarni hal qilishdir. Mazkur maqsadga tayangan holda ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda turli sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi/
Oilalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam uch asosiy xususiyatga ega bo‘ladi. Ya’ni:
1) ta’limiy – ta’lim berish va tarbiyalash;
2) psixologik – ruhiy jihatdan qo‘llab quvvatlash, ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etish va qayta tiklash;
3) vositachilik – tashkil etish, ta’lim va tarbiyada yuzaga keluvchi muammolarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali bola xulq-atvoridagi og‘ishlarni yoki fiziologik nuqsonlarni bartaraf etish hamda zarur axborotlar bilan ta’minlash.
Shu nuqtai nazardan ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ota-onalarning pedagogik bilimlarni puxta egallaganliklari, bolaga ta’lim-tarbiya berishda zarur metod va usullarni o‘zlashtira olganliklari, shuningdek, pedagogik madaniyatga ega ekanliklarini hisobga olish muhimligini to‘g‘ri anglay olishlari lozim. SHuningdek, ijtimoiy pedagoglar ota-onalar tomonidan bolaga ta’lim va tarbiya berishda pedagogik xatolarga yo‘l qo‘yilayotganliklarini ham aniqlay olishga e’tiborni qaratishlari talab etiladi. Manbalarda ko‘rsatilishida ota-onalar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatolar sirasida: tarbiyaning maqsadi, metodi va vazifalarining etarli darajada to‘g‘ri anglay olmasliklari; oilaning barcha a’zolari tomonidan bola tarbiyasiga nisbatan yagona talabning qo‘yilmasligi; bolaga haddan tashqari mehr qo‘yish; keragidan ortiq qattiqqo‘l bo‘lish; tarbiya mas’uliyatini butunlay ta’lim muassasalari zimmasiga yuklashlari; bolalar bilan munosabatda pedagogik ijobiy pedagogik yondashuv (takt)ning mavjud bo‘lmasligi; jismoniy jazolarning qo‘llanilishi, oiladagi bolalarga nisbatan bir xil munosabatda bo‘lmaslik; ta’lim-tarbiya jarayonida qat’iylik ko‘rsatilmaslik; nazoratning izchil amalga oshirilmasligi; bolaga munosabatda bir xillikning barqaror bo‘lmasligi (gohida o‘ta yumshoqlik, gohida esa o‘ta qattiqqo‘l bo‘lish); bola tarbiyasi uchun mas’uliyatni oilaning boshqa a’zosi zimmasiga yuklash va boshqalar.
Ijtimoiy-pedagog oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishda quyidagi jihatlarni inobatga olishi zarur:
- ota-onalarning bo‘lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik, psixologik va ijtimoiy-biologik tayyorgarliklari;
- bir muncha hayotiy tajribaga ega ota-onalarning farzandlar tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish, ularni turli salbiy ijtimoiy ta’sirlardan himoyalash borasidagi bilimlari darajasi;
- ota-onalarning bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvant (to‘g‘ri) munosabatni shakllantirishda o‘rni;
- bola tarbiyasida ota-onalarning shaxsiy namunasi va obro‘-e’tiborining ahamiyati;
- oilada turli avlodlarning o‘zaro munosabati;
- ota-onalarning bolalarga pedagogik ta’sir ko‘rsatishda samarali metod va usullarga egaliklari;
- oilada bolalar va ota-onalar hamda yoshi katta oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatning ijobiy xususiyatga egaligi;
- oilada bolalarning o‘z-o‘zini tarbiyalashlariga imkoniyat yaratilganligi, ota-onalarning bu jarayondagi roli;
- oila tarbiyasida rag‘batlantirish va jazolash metodlaridan foydalanilishi;
- ota-onalar tomonidan bola tarbiyasida yo‘l qo‘yiluvchi tipik xatolar;
- jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni tarbiyalashning o‘ziga xos jihatlari;
- oilada mehnat tarbiyasini tashkil etishga e’tibor qaratilishi;
- oilada bolalarning mehnat qilish, ta’lim va dam olish tartibining yo‘lga qo‘yilganligi;
- bolalarni maktabga tayyorlashga ahamiyat qaratilishi;
- ota-onalar yoki yoshi katta oila a’zolarining ijtimoiy muhit bilan aloqaga kirisha olish layoqatlari;
- ota-onalarning xalq pedagogika g‘oyalaridan xabardor bo‘lishlari;
- oila tarbiyasida milliy qadriyatlarda aks etuvchi g‘oyalardan foydalanish malakalariga egaliklari;
- oila a’zolarining milliy ruhiyati, ruhiy tetiklikka egaliklari;
- ota-onalar hamda oilaning boshqa a’zolarining tolerantlik sifatlarini namoyon eta olishlari.
Oila a’zolari, ayniqsa, ota-onalar ruhining so‘niqligi, hayotdan (ishlari yurishmaslikdan, nochorlikdan qutila olmaslik, omadning kelavermasligidan, kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erisha olmaslik, oila byudjetining oila ehtiyolarini qondirish uchun etarli emasligi va b.sh.dan) doimiy noroziliklari, ota va ona o‘rtasidagi munosabatdagi kelishmoqchiliklar, oila a’zolari o‘rtasidagi ziddiyatlar bolalarning psixologik jihatdan to‘laqonli kamol topishlariga jiddiy ziyon etkazadi. SHu sababli ijtimoiy-pedagog nafaqat bola tarbiyasida, shu bilan birga ota-onalarning o‘zlariga ham psixologik yordam ko‘rsata olishi muhim ahamiyatga ega. Bu esa ijtimoiy pedagogning psixologik bilimlari hamda targ‘ibotchilik sifatlarini puxta egallashlarini taqozo qiladi.
Bolalar tarbiyasini yo‘lga qo‘yishda ota-onalar bilan ijtimoiy-pedagog hamkorlikka erishishda ota-onalarning nafaqat pedagogik-psixologik bilimlarga egaliklari, balki ularning ruhan tetik va ijtimoiy jihatdan faol ekanliklariga ham e’tibor qaratish lozim. Bu o‘rinda talabalar psixolog va shifokorlar (F.Akromova va A.Usmonxo‘jaevlar)ning tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan quyidagi yo‘riqnoma pedagogik jihatdan foydalidir:

  • barcha kasalliklarning asosi asabdan ekanligi ma’lum ekan, oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va kasbiy faoliyatni tashkil etishda asabiylashmaslikka harakat qilish, o‘zaro ijtimoiy munosabatlarini tashkil etish jarayonida boshqa sub’ektlarning qadr-qimmatiini saqlashga intilish;

  • atrofdagilar bilan suhbatlashish va har qanday yumush bilan band bo‘lishdan qat’iy nazar samimiy bo‘lishga intilish;

  • bekorchilik insonda turli noxush o‘y-fikrlarni keltirib chiqishini yodda tutgan holda hamisha biror bir foydali yumush bilan band bo‘lish;

  • oila a’zolari yoki yaqin kishilarning muammolari, shuningdek, ularni qiziqtiruvchi mavzularga nisbatan befarq munosabatda bo‘lmaslik, ularni doimo qo‘llab-quvvatlash, ularga yordam ko‘rsatish va yaxshiliklar qilishga intilish;

  • hayotni va atrofdagi kishilarga mehr qo‘yish, zero, mehr-muhabbat insonga ruhiy kuch bag‘ishlaydi, jismoniy va ruhiy imkoniyatlarni oshiradi;

  • doimo harakatchan bo‘lish;

  • imkon qadar kamtar bo‘lish, zero, manmanlik umr zavolidir.

Oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishni to‘rt bosqichda tashkil etish mumkin (1.3.1-rasm). Quyidagi mazkur bosqichlarning mohiyati qisqacha yoritiladi:
1. Ijtimoiy-pedagogik yordamga muhtoj oilalarni aniqlash (bu bosqichda ta’lim muassasalari, mahallalar fuqarolar yig‘inlari, jamoatchilik yordamiga tayaniladi).
2. Oilalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam yo‘nalishini
belgilash (ota-onalar, oilaning katta yoshli a’zolari, bolalar yoki qo‘ni-qo‘shnilar, ta’lim muassasalarining xodimlari, mahallalar fuqarolar
yig‘inlarining faollari, xolis shaxslar bilan bevosita suhbatlar tashkil etish, anketa so‘rovini o‘tkazish orqali ijtimoiy-pedagogik yordam yo‘nalishlari belgilanadi).

3. Oilalarga amaliy ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish (bunda ota-onalar yoki bolalar tarbiyasi uchun mas’ul vasiy shaxslar uchun metodik


tavsiyalar beriladi, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy treninglar loyihalari tavsiya etiladi, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar mazmunining ijobiy xususiyat kasb etishi, bolalarga nisbatan ko‘rsatilayotgan salbiy ta’sirlarning kamayishi, bolalarning atrofdagilar bilan adekvant munosabatning shakllanlanligi va hokazo holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi tashxis testlaridan foydalaniladi).
4. Oilalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordamning samaradorlik darajasini o‘rganish (xolis ekspertlar, kuzatuvchilar, mas’ul tashkilotlar vakillari, ta’lim muassasalari xodimlari, mahallalar fuqarolar yig‘inlarining faollari yordamida ijtimoiy-pedagogik faoliyat samaradorligi tahlil etiladi. Mavjud muammolar bartaraf etilgandan so‘ng ham ijtimoiy-pedagogik yordamga muhtoj oilalar faoliyatini muayyan davrlarda o‘rganib borish maqsadga muvofiqdir. Zero, pedagogik tajribadan bartaraf etilgan ijtimoiy-pedagogik muammolarning qayta yuzaga kelish xavfi mavjudligi ma’lum.
Oila tarbiyasida oby’ektiv va sub’yektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy ta’minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog‘lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar ob’ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma’lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o‘rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o‘zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish kabilar sub’ektiv omillar sirasiga kiradi.
Oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishning dastlabki bosqichida ijtimoiy-pedagog tomonidan “Oila xaritasi”ning shakllantirilishi jarayon muvaffaqiyatini ta’minlaydi. “Oila xaritasi” shartli ravishda ikki qismga ajratiladi. Ya’ni:
1) asosiy qism – unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, tug‘ilgan sanasi, oila maqomi, yashash sharoitlari, qo‘shnichilik, oilaning diniy va
milliy mansubligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi;
2) ilova – unda oilada bola tarbiyasini tashkil etish jarayonining mohiyati (ota-onalarning bola tarbiyasi uchun ajratayotgan vaqtlari, uning shakllari, bu jarayondagi faoliyatlari, farzandlar shaxsini yorituvchi (masalan, bolaning qiziqishlari, xohish-istaklari, intilishlari, do‘stlari, salomatligi holati va boshqalar to‘g‘risidagi) ma’lumotlar yoritiladi.
Shunday qilib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni kengayib va murakkablashib borayotganligi yosh avlodni ijtimoiy hayotga moslashtirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratish zaruriyatini kun tartibiga olib chiqmoqda. Oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordamning ko‘rsatilishi esa ularni turli salbiy ta’sirlardan himoyalashda muhim ahamiyatga egadir.

Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling