Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza


I BOB. “OILA BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDGOGIK FAOLIYAT” MODULINI O‘QITISHNING AMALIY-TEXNOLOGIK JIHATLARI


Download 450 Kb.
bet7/42
Sana28.03.2023
Hajmi450 Kb.
#1302713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
Kuchkarova

I BOB. “OILA BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDGOGIK FAOLIYAT” MODULINI O‘QITISHNING AMALIY-TEXNOLOGIK JIHATLARI


2.1. “Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat” modulini o‘qitishga doir innovatsion ta’lim texnologiyalari

Ochiq muloqot” strategiyasi. Mahallaning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash haqida suhbat o‘tkazishda mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘yicha maslahatchisi quyidagi uslubiy tavsiyalardan foydalanishi mumkin:


a) Kirish.
– uchrashuv maqsadini qisqa bayon qiling. Masalan: “Bolalarimiz haqida, biz kattalar qanday qilib ularni diniy aqidaparastlik g‘oyalaridan,
giyohvandlikdan asrashimiz, mustaqil, kuchli, sog‘lom bo‘lib o‘sishlariga
yordam berishimiz mumkinligi haqida gaplashib olsak...”;
– ishtirokchilarni yagona maqsad asosida birlashtiring (bu qarama-qarshilikning oldini oladi). Buning uch “ha” yo‘lini qo‘llang. Masalan: “ ...biz shuni hohlaymiz, to‘g‘rimi? Biz o‘z bolalarimizni yaxshi ko‘ramiz, shundaymi? Biz ularning xavfsizligi va baxtini istaymiz, to‘g‘rimi?” Tinglovchilarga har bir savol bo‘yicha o‘z fikrlarini aytishga imkon bering;
– nima haqda gapirmoqchi bo‘lganingizni sharhlang.
Masalan: “Men diniy ekstremizm, missionerlik aqidaparastlik, giyohvandlikning tarqalishi, uning bolalarimiz uchun xavfli jihatlari, unga berilish sabablari, mahallamizda unga qarshi kurashish uchun nimalar
qilinayotganligi haqida gapirmoqchiman. Sizlar bilan bu ishni samaraliroq
tashkil qilish haqida kelishib olmoqchiman”;
– axborotingiz qancha vaqt davom etishni ayting;
– o‘zingiz kutayotgan natijalar haqida gapiring. Masalan: “So‘zimning
oxirida ta’kidlashni istardimki, biz barchamiz bolalarimizning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlashda o‘z o‘rnimizni tushunamiz va hamkorlikda harakat qilamiz”;
– ko‘rgazmali ma’lumotlar (masalan, diniy ekstremizm, giyohvandlik
haqida videorolik, plakat va boshqalar) dan foydalaning;
– o‘z hissiyotingizni yashirmang. O‘z tashvishlaringizni ochiq ayting. Ota-onalar nimani his qilayotganlari bilan qiziqing;
– asosiy dalil va raqamlarni keltiring. Barcha raqamlarni qog‘ozdan
o‘qing, bu ishonchni oshiradi;
– diniy ekstremizm, aqidaparastlik, giyohvandlik oqibatlari haqida
muzokaraga o‘ting. Ularga berilish omillariga to‘xtaling;
– ota-onalar o‘z bolalarini bunday xavfdan asrash uchun nima qilishlari mumkinligini ayting;
– fikrlashga imkon bering: “Buning uchun nima qilishimiz mumkin?”
(bir muddat sukut qiling);
– taklif kiriting: “Bolalarni yot g‘oyalardan maktabda va uyda asrash
uchun profilaktika dasturi ishlab chiqish zarur. Profilaktika – bolalarni
yomon narsadan asrash, sog‘-omon saqlash, degani. Profilaktika uchun maslahatchi, ota-ona, bolalarning yakdilligini ta’minlash lozim. Buning uchun maktabda mafkuraviy tarbiya olib boriladi. Bu ish mahalla, oilada davom etishi zarur” kabi;
- mafkuraviy profilaktikadan kutilayotgan natijalarni tasvirlab
bering;
- hamkorlikni taklif qiling va javobgarlikni baham ko‘ring:
“Profilaktika dasturini mahallada amalga oshirish uchun maslahatchi, o‘qituvchi, ota-ona va mutaxassislar hamkorlikda harakat qilishi lozim bo‘ladi. Kim oyda 1-2 soat bolalarni yomon illatlar va giyohvandlikka moyillikdan asrash maqsadida uyida muloqot uchun sharoit yarata oladi?” Bu savoldan so‘ng 2-3 qo‘l ko‘tarilguncha sukut saqlang.
Qo‘l ko‘targan ota-onalarga minnatdorchilik bildiring va kelajakda
ularga boshqalarning ham qo‘shilishiga ishonch bildiring.
“Bu yo‘nalishda nima ishlar qilishimiz haqida keyingi uchrashuvda gaplashib olamiz. Men bu haqda xabar beraman. Siz ham o‘z fikrlaringizni
jamlab kelishingizni iltimos qilaman. SHunday fikrlar bo‘lsa, minnatdor
bo‘lardim.”

Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling