Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza


Oilaning xilma-xil ko‘rinishlari va turlari


Download 450 Kb.
bet5/42
Sana28.03.2023
Hajmi450 Kb.
#1302713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Kuchkarova

2. Oilaning xilma-xil ko‘rinishlari va turlari. Hozirgi vaqtda oila xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: patriarxal-avtoritar va nuklear-demokratik hamda aralash.
Nikohiy holat bo‘yicha oilalarni quyidagilarga bo‘linadi:

  • to‘liq;

  • bola bilan faqat ota-onalarning biridan tashkil topuvchi noto‘liq.

Bolalar soniga ko‘ra zamonaviy oilalar quyidagilarga bo‘linadi:

  • ko‘p bolali;

  • kam bolali;

  • bir bolali;

  • bolasiz.

Tarkibiga ko‘ra oilalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

  • bir bo‘g‘inli (faqat er-xotin);

  • ikki bo‘g‘inli (ota-ona va bolalar);

  • ko‘pbo‘g‘inli (bolalar, ularning ota-onasi, buvi va bobolar).

Yu.P. Azarov o‘zaro munosabatlar xarakteri bo‘yicha oilalarni uchta turga bo‘ladi:

  • ideal;

  • o‘rta;

  • salbiy (negativ) yoki janjalli serzarda.

M.I. Buyanov sotsiologlarning tadqiqotlariga tayanib oilaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadi:

  • o‘zaro mos (uyg‘un);

  • tarqoq;

  • ajrashib ketgan;

  • to‘liqsiz.

I.P. Podlasiy shaxslararo munosabatlar xarakteriga ko‘ra oilani quyidagi turlarga bo‘ladi:
1. Bolalarni hurmat qiluvchi oilalar. Bunday oilalarda bolalar seviladi. Ota-onalar bolalarini nima qiziqtirayotgani, nima bezovta qilayotganini biladi. Ularning fikrlarini hurmat qilishadi, taktik yordam berishga harakat qilishadi. Bolalarning qiziqishlari rivojlanadi. Bu oila tarbiyasi uchun ham ko‘proq muhim ahamiyatga ega. Bolalar bunday oilalarda baxtli, tashabbuskor, mustaqil, ahil-inoq bo‘lib voyaga etadilar. Ota-onalar va bolalar o‘zaro muloqotda qoniqish hosil qiladilar. Ularning munosabatlari oilaning umumiy axloqiy muhiti bilan tavsiflanadi: tartiblilik, ochiqlik, o‘zaro ishonch, o‘zaro munosabatlarda tenglik.
2. Rahmdil oilalar. Kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rtacha, biroq ular orasida ota-onalar ham, bolalar ham buzmaydigan aniq masofa mavjud. Bolalar oilada o‘z o‘rnini bilishadi, ota-onalariga itoat etishadi. Bolalarga nima kerakligini ota-onalarning o‘zi hal qiladi. Ular gapga quloq soladigan, g‘amxo‘r, ahil-inoq, biroq kam tashabbuskor bo‘lib voyaga etishadi. Ba’zan boshqalarga qaram, o‘z fikriga ega bo‘lmaydi. Ota-onalar bolalarining qiziqish va ehtiyojlarini tushunishadi hamda bolalar o‘zlarining muammolarini ular bilan bo‘lishadi. Bunday oilalarning salbiy jihati ota-onalar bolalarning rivojlanish dinamikasini hisobga olmaganliklaridir. Bunday holatda ota-onalarning g‘amxo‘rliklari yanada ko‘proq bo‘lishi kerak.
3. Iqtisodiy yo‘naltirilgan oilalar. Bunday oilalarda asosiy e’tibor iqtisodiy ta’minlanganlikka qaratiladi. Bolalar bolalikdanoq hayotga amaliy (pragmatik) qarashga, hamma narsada o‘zi uchun qulayini ko‘rishga o‘rgatiladi. Ularni yaxshi o‘qishga da’vat etiladi, biroq yagona maqsad – oliy ta’lim muassasasiga kirish. Ota-ona va bolalarning ma’naviy dunyosi qashshoq. Bolalarning qiziqishlari hisobga olinmaydi, faqat «qulay» tashabbuskorliklarigina qo‘llab-quvvatlanadi. Buni garchi to‘liq ma’noda ijtimoiylashish deb atab bo‘lmasa-da, bolalar erta katta kishiga aylanishadi.
Ota-onalar bolalarning qiziqish va ehtiyojlarini tushunishga harakat qilishadi. Bolalar ham buni tushunishadi. Biroq ba’zan qabul qilishmaydi. Buning sababi ota-onalarning sust pedagogik madaniyatga ega bo‘lganliklaridadir.
4. Adovatli oilalar. Bolalarga bu er yomon. Ularga ishonmaslik, ishonchsizlik bildiriladi, tana jazolari ham beriladi. Bunday oilalarda bolalar noahil, ular ota-onalariga yomon munosabatlarda bo‘lishadi, ular o‘zlari va tengdoshlari bilan bahamjihat bo‘lishmaydi, maktabni yaxshi ko‘rmaydilar, oiladan chiqib ketishlari ham mumkin. Bu erda munosabatlar mexanizmi shunday. Bolalarning xulq-atvorlari, hayotiy qarashlari oilada konfliktlarni keltirib chiqaradi va bu erda ota-onalar haqdirlar. Bunday vaziyat odatda bolalarning ota-onalarning tajribalari, oilaning rivojida ularning o‘rnini to‘g‘ri baholay olmaydigan yosh xususiyatlari bilan bog‘liq. Ota-onalarning adolatli xafagarchiligi bir tomondan bolalarning o‘qishdagi asosiy mashg‘ulotlariga zarar keltiradi, ba’zi holatlarda amoral xulq-atvorni keltirib chiqaradi.
Muhimi bunday vaziyatlardan chiqish uchun ota-onalar bolalarning xulq-atvor motivlarini anglab etishga harakat qilishi, ularning vaj (bahona) va argumentlariga etarlicha e’tibor qaratishidir.
5. Antisotsial oilalar. Bu oila emas, bu er bolalar uchun ularni kutishmaydigan, sevishmaydigan boshpanadir. Ota-onalar qoidaga muvofiq, amoral hayot tarziga o‘tib olishgan: kofiliktlarga borishadi, bir-biriga va bolalarga po‘pisa qilishadi, ichishadi. Bunday oilaning har qanday ta’siri salbiy. Bunday oilalarda yashayotgan bolalar odatda, davlat qaramog‘iga olinadi1.
I.P. Podlasыyning oila turlari bo‘yicha tasnifiga o‘xshash tarzda ijtimoiy pedagogika fani bilan shug‘ullangan olim M. A. Galaguzova oilaning to‘rt asosiy turini ajratib ko‘rsatadi:
1. Tinch, baxtli oilalar. Bunday oilalar o‘z vazifalarini muvafaqqiyatli hal etadi, o‘z bolasi ehtiyojlariga tez moslashadi. Muammolar kelib chiqqan holatda ularga bir karra yordam ko‘rsatish etarli.
2. Ajralish xavfi bor oilalar guruhi. Bunday oilalar ba’zi me’yordan og‘ish, ularda adaptiv qobiliyatlar pastligi bilan tavsiflanadi. Ular bola tarbiyasini katta qiyinchilik bilan eplashadi va ijtimoiy pedagog tomonidan beriladigan o‘z vaqtidagi yordam va kuzatuvga ehtiyoj sezadilar.
3. Notinch, baxtsiz oilalar. Bunday oilalar hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo‘lib, ular o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptiv imkoniyatlari past, bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin, kam natijali kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning faol va davomiy ko‘magi zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib ijtimoiy pedagog ularga uzoq davom etadigan ishlar doirasida ta’limiy, psixologik, yordamlar ko‘rsatadi.
4. Asotsial oilalar. Bunday oilalarning holati ularni tubdan isloh qilinishiga ehtiyoj sezadi. Bu oilalarda ota-onalar amoral va g‘ayriqonuniy hayot tarzini yo‘lga qo‘yishadi, yashash sharoitlari eng oddiy sanitar-gigienik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan esa qoidaga muvofiq, albatta hech kim shug‘ullanmaydi, bolalar nazoratsiz, yarim och qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy pedagog bu oilalar bilan ish olib borganda, huquqni muhofaza qilish, vasiylik va homiylik organlari bilan yaqindan aloqa o‘rnatishi kerak.
Oilalarning bunday xilma-xil ko‘rinishlari va va shakllari turlicha tasnifga ega bo‘lib, ularning har biri oilaning u yoki bu jixatini o‘zi uchun asos qilib oladi. Bu esa oilaning murakkab, ko‘p obrazli ko‘rinishga egaligidan dalolat beradi.



Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling