6-ilova
Vasiylik va homiylik tushunchasi
Vasiylik — voyaga yetmagan yetim bolalarga ular voyaga yetguncha g’amxo’rlik qilish va ularga qolgan mol-mulkka qarab turish, ya’ni ma’naviy otalik. “Vasiy” deganda muomalaga layoqatsizlarni shaxsiy va mulkiy huquqlarini qo’riqlovchi shaxs tushuniladi. Yetim bolalarga vasiylik qilish ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: farzandlikka olish yoki davlat qaramog’iga topshirish .
Homiylik — biror kimsani himoya etish, tarafini olish. Shuning uchun, “homiylik” deganda, bu kabi majburiyat zimmasiga yuklatilgan shaxs yoki muassasa tushuniladi. Homiylik yuklatilgan shaxs yoki korxona “homiy” deyiladi.
7-ilova
Bola asrab olgan oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Ota-onalar qaramog’isiz qolgan bolalarga ota-onalari:
— vafot etgan;
— ota-onalik huquqidan mahrum bo’lgan;
— bedarak yo’qolgan;
— muomalaga layoqatsiz;
— axloq tuzatish muassasalarida jazo o’tayotgan;
— jinoyat sodir etishda ayblanib, hibsda bo’lgan;
— bola tarbiyasidan bo’yin tovlayotgan;
—bolalarini vaqtincha shifo yoki ijtimoiy maskanlarga joylashtirgan, biroq olib ketishni hoxlamayotganlar kiradi. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar farzandlikka olinishi, vasiylik, xomiylik belgilanishi yoki tutingan oilaga berilishi mumkin. Bunday imkoniyat bo’lmaganda esa etim bolalar yohud ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar davlat muassasalarida tarbiyalanadilar.
Farzandlikka oluvchi oila bolaning yuridik jihatdan yangi oilasi hisoblanadi. Bola shu oilaning familiyasini olishi, oila esa unga boshqa ism ham berishi mumkin. Oila bolalikka olingan bolaning barcha xuquq va majburiyatlarini o’z bolalarining xuquq va majburiyatlariga tenglashtiradi. Farzandlikka olish bir nechta bosqichda amalga oshirilishi mumkin bo’lib, bunda avval bolaga shu mintaqada yangi ota-ona topishga harakat qilinadi, agar buning imkoni topilmasa, u holda bolalikka oluvchilarni davlatdan tashqarida qidiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |