Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza


Ijtimoiy-pedagogik faoliyat bosqichlari


Download 450 Kb.
bet20/42
Sana28.03.2023
Hajmi450 Kb.
#1302713
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
Kuchkarova

Ijtimoiy-pedagogik
faoliyat bosqichlari


Ijtimoiy-pedagogik
faoliyat vazifalari


Ijtimoiy-pedagogik
faoliyat metodlari


1

Farzandlikka oluvchi oilani qidirish.

Axborot berish

Anketa so’rovlari, suhbat, interv’yu o’tkazish

2

Bo’lg’usi qabul qiluvchi ota-onalarni o’rganish.

Tashhis qo’yish (ilk)

Anketa so’rovlari o’tkazish, suhbat

3

Bola bo’lgan muassasa va oilalarga tashrif buyurish (bolalar uyi, inqirozli oila) va boshqalar.

Vositachilik

Kuzatuv, suhbat

4

Bo’lg’usi bola qabul qiluvchi oilani o’rganish.

Tashhis qo’yish
(guruhlashgan)

Test o’tkazish, suhbat, hujjatlarni o’rganish

5

Boshlang’ich ta’lim: ma’ruza qilish, hikoya, suhbat o’tkazish, video-fil’mlar ko’rsatish.

Ta’lim berish

Ma’ruza, suhbat, kuzatuv, mashg’ulotlar

6

Bolani oilaga oylashtirish,
ota-onalarga chuqur ta’lim berish.

Patronaj

Kerakli metodlardan
o’z o’rnida foydalanish



Birinchi bosqich farzandlikka oluvchi ota-onalarni qidirish bilan bog’liq. Berilgan arizalar o’rganib chiqilib, unda mas’uliyatni bo’ynilariga olmoqchi bo’lgan shaxslarning familiya, ismlari, yashash manzili, uy telefoni, bolalarining yoshi, qaysi jinsdagi va necha yoshli bola olmoqchiligi, bola bilan qancha muddat birga bo’lishlari va boshqalar aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bu bosqichda ijtimoiy pedagog axborot berish funktsiyasini bajarib, boshqa mutaxassislar bilan birgalikda so’rovnoma o’tkazadi.
Ikkinchi bosqichda ariza topshirgan nomzodlarga anketa yoki boshqa hujjatlarni to’ldirish taklif qilinadi. Unda bo’lajak ota-onalar oila tarixini bayon etishadi: o’z turmush tarzlarini, oila a’zolarining diniy mansubligini, turmush o’rtoqlarining sog’lig’i holatini, moddiy holatlarini, oilaga bola qabul qilish sabablarini xarakterlab berishadi. Anketa yoki axborot xaritasini ijtimoiy pedagog yana o’sha mutaxassislar bilan birgalikda ishlab chiqadi. Shunday qilib, bola qabul qilishga tayyor bo’lgan oilaga o’ziga xos «tashhis» qo’yiladi.
Uchinchi bosqich oila bolalar uyi yoki bola joylashgan boshqa muassasaga ilk tashrifdan iborat bo’lib, bu bosqichda ijtimoiy pedagog bola hamda farzandlikka oluvchi oila o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradi. U bolani kuzatadi, uning tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan shaxslar bilan suhbatlar o’tkazadi.
Turtinchi bosqich oila va uning atrofdagilarini yaxshilab o’rganishni talab qiladi (chuqurlashgan tashhis). Ijtimoiy pedagog bo’lajak ota-onalar tomonidan to’ldirilgan anketa va ariza bilan tanishib chiqib, bevosita oila bilan tanishadi, oila a’zolari bilan suhbatlar o’tkazadi, undagi pedagogik iqlimni, oila a’zolaridagi odatlarni va boshqa jihatlarni aniqlaydi. So’ngra ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar bilan birgalikda, oilaning yaqin atrofdagilarini (qo’shnilar, hamkasblar, do’stlar) o’rganib chiqadi. Bu vazifa suhbat yoki maxsus ishlab chiqilgan anketalar yordamida bajarilishi mumkin.
Beshinchi bosqich bo’lajak ota-onalarni boshlang’ich o’qitish bilan bog’liq bo’lib, bola joylashgan muassasada nazariy bilimlarga asoslangan amaliy malaka oshirish o’tkaziladi. Bunda ijtimoiy pedagog ta’lim beruvchi funktsiyasini bajaradi, kurs dasturini ishlab chiqadi.
Oltinchi bosqich farzandlikka oluvchi oilaga topshirish bilan bog’liq. Bu holatda asosiy faoliyat vasiylik va adliya organlari tomonidan bajariladi. Bolani oilaga topshirgan vaqtdan boshlab, ijtimoiy pedagog patronaj o’tkazish funktsiyasini bajaradi. Bolani qabul qilgan oilada ikki tomonlama moslashtirish (oilani bolaga, bolani oilaga) boshlanadi. Bu esa ham bola, ham ota-onalarga muammolar tug’dirishi mumkin. Shuning uchun, bu bosqich kirish kursining davomi bo’lib, ota-onalarni o’qitishning chuqurlashtirilgan kursi o’tiladi. Ijtimoiy pedagog, boshqa mutaxassislar bilan birgalikda yangi dasturni ishlab chiqadi. Qabul qiluvchi oilada ota-onalarni o’qitish mazmuni ko’p holatlarga bog’liq: bolani qanday oila bolalikka oldi (ko’p bolali, bolasiz va boshqalar), qabul qiluvchi ota-onaning yoshi, farzandlikka olishga undagan sabablar, oilaga qabul qilingan bolaning shaxsiyati (yoshi, jinsi, biologik ota-onalarining bor-yo’qligi).
OKning 179-moddasida vasiy va homiy tayinlash tartibi ko’rsatib o’tilgan. Jumladan, vasiylik va homiylik majburiyatlarini bevosita amalga oshirish uchun vasiylik va homiylik organi vasiy yoki homiy tayinlaydi. Vasiy yoki homiy etib voyaga yetgan har ikki jinsdagi fuqarolar ularning roziligi bilangina tayinlanishi mumkin. Vasiylik va homiylik tayinlash lozimligi vasiylik va homiylik organlariga ma’lum bo’lgan vaqtdan boshlab bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi lozim. Vasiy yoki homiyni tayinlash vaqtida uning shaxsiy fazilatlari, tegishli majburiyatlarni bajarishga qobiliyati, mazkur shaxs bilan vasiylik yoki homiylikka muhtoj shaxs o’rtasidagi munosabatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikka olinuvchining o’z xohishi e’tiborga olinishi lozim.
Vasiy oila sud qarori asosida aniqlanadi. Vasiy vazifalariga bolani har trmonlama tarbiyalash va rivojlantirish, uning huquqlarini himoya qilish kiradi. Vasiy bola tasarrufida bo’lgan ko’char va ko’chmas mulklardan foydalanish va ularni saqlab qolishni ta’minlaydi. Biroq vasiyning o’zi bu mulkdan foydalanish huquqiga ega emas.
Bolalikka oluvchi oilaning yana bir turi mavjud, ya’ni bolani vaqtinchalik qabul qiluvchi oila. Bunday oila bola to’satdan oilasidan ayrilsa (turli sabablarga ko’ra, ya’ni o’z oilasida fojiali vaziyat, o’lim va boshqalar) zarur bo’lib qoladi. Bolani vaqtinchalik qabul qiluvchi oila bolalikni himoya qilish shakllaridan biri sifatida bir qator rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan. Bizning davlatda bunday oila keng tarqalmaganligini sababi, aksariyat hollarda o’zbek millatida ota-onasidan to’satdan ayrilgan bolalarni qarindoshlari, yaqinlari vasiylikka oladilar. Agarda ota-ona vaqtincha biron joyga (xizmat safariga, davolanishga va boshqa sababalar bilan) ketib, o’z bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasi bilan shaxsan shug’ullanishga imkoni bo’lmay, bolasini qarindoshlari yoki boshqa yaqin kishilari qaramog’ida tarbiyalash va nazorat qilish uchun qoldirgan bo’lsalar, bunday bolalarga vasiylik va homiylik belgilanishi shar emas. Ammo bola qaramog’ida qoldirilgan shaxslar uning tarbiyasi bilan shug’ullanmayotganligi va uni nazoratsiz qoldirayotganliklari aniqlangan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bolaga nisbatan uning manfaatlaridan kelib chiqib vasiy yoki homiy tayinlashga haqli.
Ayrim holatlarda vaqtincha o’z bolalari tarbiyasi bilan shug’ullanish imkoniga ega bo’lmagan (uzoq muddatli xizmat safariga yoki davolanishga ketayotgan) ota-onalar o’z bolalariga vasiy yoki homiy tayinlashni so’rab vasiylik va homiylik organiga murojaat qilishlari mumkin. OKning 194 moddasida oilaga tarbiyaga beriladigan bolalar (patronat) haqida ko’rsatib o’tilgan.
Oilaga tarbiyaga beriladigan bolalar vasiylik va homiylik organlari tomonidan aniqlanadi va hisobga olinadi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berish o’z mohiyatiga ko’ra, ota-ona qarmog’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirish shaklidir. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni tarbiga olishni xohlagan fuqarolar (er-xotin yoki erkak va ayollar)tutingan ota-ona, oilaga tarbiyaga berilayotgan bola-tutingan oila deb ataladi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berish ota-ona qaramog’idan maxrum bo’lgan bolalarni joylashtirishning boshqa shakllaridan ancha farq qiladi. Bolani oilaga tarbiyaga berish farzandlikka olishdan o’zining shartnomaviy va vaqtinchalik ekanligini hamda o’zaro ta’minot berish majburiyati vujudga kelmasligi bilan, vasiylik va xomiylikdan esa, munosabatlarni rasmiylashtirish usuli bilan farq qiladi.
Bolalarning tutingan oilaga tarbiyaga berilishi tutingan ota-ona va tutingan farzandlar o’rtasida aliment va vorislik xuquqiy munosabatlarini vujudga keltirmaydi.
Bolani vaqtinchalik qabul qilgan oila vasiylik oilasidan farq qiladi. Agar xorij tajribasiga murojaat qilsak, uning bir nechta belgilarini aniqlash mumkin bo’ladi: bunday oilaning psixologik-pedagogik tayyorligiga mos tushuvchi malakaning mavjudligi; bu oila xizmatlariga haq to’lanishi; bolaning oilada bo’lish vaqti qabul qiluvchi ota-onaning ish staji muddati hisoblanishi va boshqalar.
Bola vaqtincha qabul qiluvchi oilada uning keyingi taqdiri hal bo’lgunga qadar yashaydi. U o’z oilasiga qaytishi, Mehribonlik uyi, internat yoki boshqa muassasaga yuborilishi mumkin. Bolaning o’z oilasiga qaytib kelishi, uni oiladan ajratib olinishi sabablarini bartaraf etilganini nazarda tutadi. Bular ota-onasining davolanishi, oila inqirozining tugashi va shu kabi holatlar.
Bolani bu oilada bo’lishi bir oydan bir necha yilgacha cho’zilishi ham mumkin. Bolani qabul qiluvchi oilada qisqa muddatli bo’lish o’z oilasida inqirozli holatda yoki to’satdan ota-onasidan judo bo’lganda, unga shoshilinch yordam ko’rsatilishini anglatadi. Bolani qabul qiluvchi oilada uzoq muddat bo’lishi bola o’z oilasining uzoq reabilitatsiya jarayoni yoki boshqa sabablar bilan izohlanishi mumkin.
Vaqtinchalik qabul oilasiga kelayotgan bolalar kontingentining murakkabligini (ijtimoiy qarovsiz, kasallik, jismoniy va ruhiy nuqsonlar) inobatga olib, oilalarda bu bolalarning normal rivojlanishi uchun alohida sharoitlar yaratilishi, g’amxo’rlik qilinishi lozim. Bular bolaga boshdan kechirgan qiyin vaziyat bilan bog’liq stress
holatidan chiqishga yordam beradi.
Oilalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotining texnologik modeli


Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling