Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza
Yetimlarga vasiylik qilish tizimi
Download 450 Kb.
|
Kuchkarova
Yetimlarga vasiylik qilish tizimi
Farzandlikka oluvchi ota-onalar bolali yoki bolasiz bo’lishi ham mumkin. Shuningdek, to’liqsiz oilalar, yakka shaxslar ham farzandlikka olishi mumkin. Ularni bolani o’z oilasiga qabul qilishga undovchi bir qator sabablar mavjud bo’lib, bular quyidagilardan iborat: — fiziologik sabablarga ko’ra o’z bolasi bo’lmagan holatda bolali bo’lish xohishi; — o’z bolasining vafot etishi; — o’z bolalari ulg’aygach, yana bolali bo’lish xohishi; — jamiyatda muhtoj bolalarga rahmdillik hissi; — yolg’izlik hissi; — diniy sabab va boshqalar. Bolani oilaga berish, avvalambor, bunday oilalarni tanlab olish, ularni bu faoliyatga tayyorlashning samarali mexanizmini ta’minlaydigan me’yoriy-xuquqiy bazaning yaratilishini talab qiladi. O’zbekiston Respublikasinig Oila kodeksining 151–moddasida farzandlikka olishning qonuniy asoslari ko’rsatib o’tilgan. Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va ularning manfaatlarining ko’zlab yo’l qo’yiladi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga binoan hamda vasiylik istagan homiylik organi tavsiyasiga ko’ra tuman, shahar xokimi qarori bilan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash uchun ularni farzandlikka olishga yo’l qo’yiladi. Bolalarning manfaatlarini himoya qilish farzandlikka olishning asosiy shartidir. “Bola manfaatlari” deyilganda birinchi navbatda, uning jismoniy, ruhiy va ma’naviy rivojlanishi uchun to’laqonli sharoit yaratish tushuniladi. Farzandlikka olish(berish) masalasini hal qilishda qator muhim faktorlarni e’tiborga olish va har bir farzandlikka olishga individual yondashish kerak. Bolaga uning manfaatlarini mumkin qadar to’laroq ta’minlay oladigan oilani tashlash uchun uning ruhiy holati, shu bilan olinayotgan oiladagi moddiy va ma’naviy sharoit, qolaversa, yana boshqa qator holatlar etiborga olinishi lozim bo’ladi Faqat voyaga etmagan bolalar, ya’ni 18 yoshga to’lmagan shaxslar farzandlikka olinishi mumkin. Voyaga etmagan bo’lsada, lekin Fuqarolik Kodeksining 28 – moddasi nazarda tutilgan tartibda emansipatsiya qilingan shaxslar farzandlikka olinishi mumkin emas. Chunki shaxs voyaga etish yoki emansipatsiya qilinish oqibatida to’liq muomala layoqatiga ega bo’ladi va uni tarbiyalashga, xuquq va manfaatlari o’zga shaxslar tomonidan himoya qilinishiga zaruriyat qolmaydi,ya’ni farzandlikka olishning asosiy maqsadi – bolaning oilada tarbiyalanishi ta’minlash zaruriyati o’z ahamiyatini yo’qatadi. Garchi bola voyaga etgunga qadar bolalikka olishni istagan shaxsning oilasida tarbiyalangan bo’lsa ham, uni farzandlikka olishlariga yo’l qo’yilmaydi. Farzandlikka olish faktini sud tartibida aniqlash ham mumkin emas. Farzandlikka berilayotgan bolani tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi qonunda belgilanmagan. Qonun mazmuniga ko’ra, nafaqat sog’lom bolalar, balki biror bir kasalga chalingan yoki rivojlanishda kamchiliklari bo’lgan bolalar ham farzandlikka olinishi mumkin. Shubxasiz, kasal bolalarni tarbiyalanishi qiyin kechadi, bu qiyinchiliklarga ba’zan bolaning o’z ota – onalari xam chidash berolmasligi mumkin. Shuning uchun farzandlikka oluvchilar bolaning salomatligi darajasi, agar unda biror kasallik bo’lsa, bu kasalning xususiyatlari va tug’ilish mumkin bo’lgan oqibatlar haqida xabardor qilishlari lozim. Buning uchun farzandlikka berilayotgan bola tibbiy ekspert komissiyasi tomonidan ko’rikdan o’tkazilib, uning sog’lig’i shu jumladan jismoniy va aqliy rivojlanishi darajasi to’g’risida xulosa olinmog’i lozim. Farzandlikka oluvchilarning talabiga ko’ra mustaqil tibbiy ekspertlar ko’rigidan ham o’tkazish mumkin. Kasal bolani farzandlikka oluvchi uni tarbiyalash majburiyatini ixtiyoriy va to’liq ongli ravishda o’z zimmasiga olayotganligi aniqlangan holdagina uni farzandlikka olishga ruxsat berish mumkin. Farzandlikka olish mutlaq ixtiyoriydir. Shuning uchun bolani farzandlikka olishga to’sqinlik qiluvchi holatlar bo’lmasa, qaysi bolani farzfndlikka olishni oluvchi shaxsning o’zi hal qiladi. Bolani farzandlikka berish haqidagi qarorni esa uning manfaatlarini e’tiborga olgan holda vakolatli organlar qabul qiladi. Qaror chiqqan kundan boshlab farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganga nisbatan bir umrga ota-ona, u esa ularga farzand hisoblanadi. Bir paytning o’zida ikki yoki undan ortiq bolani farzandlikka olish mumkin. Bu holatlarda farzandlikka olinayotgan har bir bola haqida alohida-alohida qaror chiqariladi. Farzandlikka olish bolani nafaqat ota-onasi, balki yaqin qarindoshlari bilan ham huquqiy aloqalari buzulishini e’tiborga olib, aka-uka, opa-singillarning qarindoshlik aloqalarini uzmaslik uchun, ularni bir shaxsga farzandlikka berish maqsadga muvofiqdir. Farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o’rtasida tuqqan ota-ona bilan bolalar o’rtasidagi kabi huquqiy munosabatlar vujudga keladi va farzandlikka olish sir saqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har bir shaxsning hayoti va sirlarining dahlsizligini kafolatlaydi (27- modda). Farzandlikka oluvchi oilalar va ularda vazifalarning farqlanishiga qaramay, ijtimoiy pedagogning bu oilalar bilan ish yuritishini belgilab beruvchi bir qator umumiy qoidalarni keltirish mumkin. Bu faoliyatni bir qator bosqichlarga ajratsak bo’ladi: oilalarni tanlash, ota-onalarni o’qitish, bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasi bo’yicha faoliyatlarining patronajini o’tkazish va boshqalar. Shuningdek, ijtimoiy pedagogning faoliyati doim boshqa mutaxassislar, ya’ni ijtimoiy xodimlar, shifokorlar, psixologlar, defektologlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat, har qanday boshqa faoliyat kabi, faoliyat maqsadi, sub’ekti va ob’ekti, funktsiyalari, tashkil qilish metodlari va usullari bilan aniqlanadi. Farzandlikka oluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishning maqsadi oilada bola tarbiyasini to’g’ri ta’minlash va uni har tomonlama rivojlantirish va shu oilaga moslashib ketishini to’liq ta’minlash. Bu jarayonning sub’ektlari esa yuqorida sanab o’tilgan mutaxassislardir. Faoliyat ob’ekti oila va bola hisoblanadi. Farzandlikka oluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishni bir nechta bosqichlarga ajratib, bu bosqichlarda ijtimoiy pedagog faoliyatining vazifalarini belgilash mumkin. Farzandlikka olgan oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat bosqichlari va mazmuni
Download 450 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling