Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza


Trening o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyati


Download 450 Kb.
bet27/42
Sana28.03.2023
Hajmi450 Kb.
#1302713
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
Bog'liq
Kuchkarova

Trening o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyati: muloqot jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, shaxsda muloqot ma’daniyati shakllantirish, muloqot texnikasini yanada rivojlantrish.
Bu treningdan boshыaruv psixologiyasi fanida foydalanish tavsiya etiladi.
Uslublar: aqliy hujum, rolli vaziyat, kartochka.
Ishtirokchilar: ota-onalar va farzandlar.
Vaqt: 65 minut.
Mashg‘ulotning borishi:
Kirish qismi.
Salomlashish: Assalom alaykum trening ishtirokchilari. Bugungi trening mashg‘ulotiga xush kelibsiz!!! Bugungi trening mashg‘ulotlarini hamkorlikda tashkil etib, o‘zaro hamjihatlikda olib boramiz degan umiddaman!
Maqsad: (oldindan tayyorlangan, vatmanga)
Vazifalari: (oldindan tayyorlangan, vatmanga)
Qoidalar: (oldindan tayyorlangan, vatmanga)
Tanishuv:

  1. Ismlar – fazilatlar” (5 daqiqa)

Bu o‘yin oila a’zolarining kayfiyatini ko‘tarish, ishtirokchilar o‘zlarini erkin his qilishlari uchun tashkil qilinadi.
Har bir ishtirokchi biron-bir ismning birinchi harfi bilan boshlanadigan shaxsning ijobiy xarakter xususiyati, kishi fazilati nomini aytishi lozim (Masalan, Rashid — rostgo‘ylik, Murod — mardlik va hokazo).
Asosiy qism.
Mashg‘ulot 1. “Oilaviy hayotdagi qadriyatlar tahlili” o‘yini – 15 daqiqa.
Maqsad: inson hayotida etakchilik qiluvchi qadriyatlarni va odamlar orasida sodir bo‘ladigan tushunmovchiliklarning kelib chiqish sabablarini anglash.
Materiallar: oilaviy hayot qadriyatlari ro‘yxati yozilgan kartochkalar.
O‘yinning borishi: Baxtli oilaviy hayot ta’riflari yozilgan oltita kartochka xonaning turli tomonlariga qo‘yiladi. Ishtirokchilar ushbu ta’riflarning har biri bilan tanishib, o‘zlariga ma’qul keluvchi fikrni tanlashadi va ushbu yozuv oldiga borib turishadi. Har bir yozuv oldida turgan ishtirokchilar nima uchun shu ta’rif ularning hayotlarida etakchi ekanligi haqida asosli dalillar ishlab chiqishadi. So‘ngra har bir oila a’zosi o‘z fikrini asoslab beradi. Boshqa oila a’zolari esa bu chiqishga nisbatan o‘z fikrlarini, e’tiroz va savollarini bildirishlari mumkin.
O‘yin nihoyasida boshlovchi ishtirokchilarning diqqatini quyidagi fikrlarga qaratadi: “Hayotda har bir odam e’tiqod qiluvchi g‘oya va qadriyatlar xilma-xildir. Bu xilma-xillik odamlarning turli xarakter va moyilliklarini ifodalaydi. Inson o‘zaro muloqotda mana shu farqlarni doimo hisobga olishi, iloji boricha ularni chetlab o‘tishi, g‘oya va qadriyatlarga qarama-qarshi bormasligi kerak”.

Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling