Maqsad: oilada, o‘zbek madaniy turmushida ta’qiqlangan xulq holatlari motivlarini aniqlash.
Materiallar: quti, “mumkin emas” deb yozilgan ikkita tablichka.
O‘yinning borishi: o‘yin 25 minutgacha davom etadi.
1. Boshlovchi qutini xona o‘rtasiga qo‘yadi va uning ikki tomoniga “mumkin emas” degan yozuvlarni qo‘yadi, ushbu yozuv hamma qatnashchilarga ko‘rinib turishi kerak.
Quticha kun boshlanishidanoq xona o‘rtasiga qo‘yilgani ma’qul, natijada ishtirokchilarning qiziqishi ortadi, o‘yinning asosiy qismiga o‘tish osonlashadi. Boshlovchi o‘yin boshlanishida ishtirokchilarning qiziqishlarini oshirishi mumkin (“Ha, endi, bir qiziq narsa yashirilgan-da”, “Keyin ko‘rarsizlar”, “Bir narsa bor-da” kabi so‘zlar bilan), lekin qutiga qaramaslik haqidagi ta’qiq o‘z kuchida turishi kerak. Ko‘p hollarda ba’zi oila a’zolari o‘zlarini tiya olmay quti ichiga qarashga urinishida va ta’qiqni buzishadi. So‘ngra boshlovchi ushbu mashq bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy qismga o‘tadi va guruhga quyidagicha yo‘riqnoma beradi:
“Xona o‘rtasida kun boshidanoq chiroyli quti turibdi, uning xususiyati shundaki uning ichiga qarash mumkin emas. Bu qutiga nisbatan Sizda biron qiziqish uyg‘ongan bo‘lsa kerak. Kelinglar kimning ichida nima kechayotganligini tahlil qilib ko‘raylik. O‘z kechinmalaringiz haqida aytib beringlar”.
Tahlil. Boshlovchi ishtirokchilardan ular nega o‘zini shu xilda tutganligini so‘raydi, ularning harakatlaridagi asosiy sababni aniqlashga harakat qiladi. Ta’qiq haqidagi qoidani buzish qanchalik qiyin bo‘lganligi haqida so‘raydi, o‘zini tiyib turish oson yoki qiyin kechganligi haqida bilishga urinadi.
2. O‘yin yakuni sifatida odamlar nega ta’qiqlangan xatti-harakatlarni sodir etishlari, oilaviy hayotga zid bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirishlarining sabablari aniqlanadi. Ushbu yakuniy xulosalar kichik guruhlarda ham ishlab chiqilishi mumkin.
Xulosa.
Ko‘rsatma: trening ishtirokchilariga quyidagicha kartochka tarqatiladi.
“Menga treningda yoqqan narsa ...”
“Men mashg‘ulotda ... lar haqida ma’lumotga ega bo‘ldim!”
“Men navbatdagi uchrashuvda ... ni isbot qilaman.”
So‘ng trener tomonidan trening ishtirokchilariga o‘qib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |