Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza


«Tarbiyadagi kichik nuqson katta fojeaga olib kelishi mumkin!»


Download 450 Kb.
bet33/42
Sana28.03.2023
Hajmi450 Kb.
#1302713
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
Kuchkarova

«Tarbiyadagi kichik nuqson katta fojeaga olib kelishi mumkin!»
Masala 8. Ota o’g’lining etuklik attestatini olishi va 16 yoshga to’lishi munosabati bilan ziyofat berdi. U o’ziga va o’g’liga qadah to’ldirdi. O’g’lini bugungi bantli kuni bilan tabriklab, unga qadaq uzatdi. Bu voqeaga oila a’zolari quyidagicha munosabatda bo’ldilar.
A) Dadasi: o’g’lim, muborak yoshing, mustaqil hayotga qadam qo’yishing bilan tabriklayman! SHu munosabat bilan bir qadah ko’taraylik;
B) Buvisi: Jon bolam, sen spirtli ichimliklarga o’g’lingni o’rgata ko’rma. hech qachon ichmasin – martabasi ulug’ bo’ladi.
V) Buvasi: Mayli, dadangning so’zi erda qolmasin. Do’stlari oldida uni izza qilma. qadahni urishtirib, bir ho’plab bera qol;
G) Oyisi: O’g’lim, dadang senga qadah uzatib, bu spirtli ichimliklarning qanchalik zararli ekanligini bilish yoki bilmasligingni sinab ko’rmoqchi, - deb o’g’li va eriga qarab qo’ydi.
«Rahbar – eng avvalo inson!»
Masala 9. Nuroniy bir mo’ysafid nufuzli bir tashkilot rahbarining huzuriga tortinibgina kirib: Assalomu alaykum, o’g’lim. Kirsam mumkinmi? – deb murojaat qildi. Rahbar:
A) Va alaykum assalom, keling, deb o’tirishga taklif qildi va o’z ishi bilan mashg’ul bo’ldi;
B) Assalomu alaykum, bemalol kiravering, deb o’tirishga joy ko’rsatdi va ishini bir daqiqaga yig’ishtirib, mo’ysafiddan hol-ahvol so’rab bo’lgach, kelishining maqsadi bilan qiziqdi va masalaning murakkabligiga qarab ish tutdi;
V) Ishdan bir zumgina ko’z uzib, bosh irg’ab salomlashdi va imo-ishora bilan o’tirishga joy ko’rsatdi. So’ngra ishini davom ettirgan holda chol bilan kelishining maqsadi haqida gaplasha boshladi.
«Aql yoshda emas – boshda!»
Masala 10. YAngi kelin bo’lib tushgan Zarifanonning tug’ilgan kuni. Bu nonadonda hech kimning tug’ilgan kuni qutlovsiz qolgan emas. Ishdan vaqtli qaytgan Anvarjon qo’lida gul, bir kiyimlik atlas va bir quti konfet bilan nursand holatda uyga kirib keldi. Unga peshvoz chiqqan suyukli yori Zarifani qutlug’ ayyomi bilan tabrikladi.
SHu kuni ertalab uyga Anvarjonning turmushga chiqqan singlisi ham kelgan bo’lib, u oyisi bilan oshnonada gaplashib o’tirardi. Singlisining tug’ilgan kunida Anvarjon nizmat safarida bo’lgan, safardan yaqinda kelgan va shu sababli uni tug’ilgan kuni bilan tabriklay olmagan edi.
Anvarjonning singlisi va onasiga be’etiborligidan ularning kayfiyati tushib ketganligini ko’rgan Zarifanon qanday oqilona yo’l tutsa, millatimizda asrlar davomida tarkib topgan oilaviy munosabatlarning muqaddas qonun-qoidalariga muvofiq ish ko’rgan va o’zining aqliy va ma’naviy barkamolligini namoyon qilgan bo’ladi?
A) qayinsinglisini gul bilan tabriklab, qolgan sovg’alarni o’zida qoldirsa;
B) qayinsinglisiga atlas kiyimlikni berib, gul va konfetni o’ziga qoldirsa;
V) bu oilada hech kim tug’ilgan kunida qutlovsiz qolmaganligini anglagan Zarifanon chopib uyiga kirib ketadi va sepidan bir kiyimlik qayinsinglisiga munosib kiyimlik olib chiqadi. Feruzanon, biz Sizga mana bu sovg’ani olib qo’ygan edik. Ammo akangiz nizmat safarida bo’lgani uchun sizlarnikiga bora olmadik. YAnshi bugun o’zingiz kelib qoldingiz. Kech bo’lsayam ayyomingiz bilan tabriklaymiz, - deb yuzlaridan o’pib qo’yadi va sovg’ani beradi. Gulni vazaga solib, stolga qo’yadi. Konfetni qaynonasiga uzatib: oyijon, o’zingiz tabarruk qo’llaringiz bilan bizga konfet ulashing, sizga o’nshab piru - badavlat bo’lib yuraylik, - deb erkalanadi.

Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling