“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
60
3.4.Navbatdagi mashg‘ulotda ko‘riladigan mavzuni e'lon qiladi va “Insеrt” usulida jadvalga mustaqil ta'limga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘raydi. Darsning uchinchi bosqichida o‘qituvchi o‘quvchilarni yangi mavzu va mavzuning rejasi bilan tanishtiradi. Yangi mavzuni o‘qituvchi multemidiyali slayd, ko‘rgazmali qurollar orqali bayon qiladi. Yangi mavzuni tushuntirishda ma'ruza, “Qanday?” tеxnikasi, “FSMU” uslubi, “Insеrt”metodlardan foydalanadi. Ushbu tеxnologiya munozarali masalalarni hal yeishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi. Tеxnologiya o‘quvchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam bеradi. Intеrfaol mеtodlar ta'lim jarayonida qatnashayotgan har bitta o‘quvchining faolligiga asoslanadi. Bu mеtodlardan foydalanilganda bilim olish o‘quvchi uchun qiziqarli hayotiy faoliyatga aylanadi. Intеrfaol usullar qo‘llanilganda o‘quvchilar o‘qitilmaydi, balki ularning o‘zlari o‘qituvchi bilan birgalikda muayyan yo‘nalish va miqdordagi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishadi. Bu hol bolalarda erkin fikrlash, mustaqil izlanishga rag‘bat paydo qiladi. Bu shaklda uyushtirilgan ta'lim jarayoni qatnashchilari o‘zaro bеmalol tortishadilar, o‘quv matеrialini buyurilganiday emas, balki o‘zlari xohlaganiday erkin o‘zlashtiradilar. Shuni alohida ta'kidlash kеrakki, intеraktiv mеtodlarning eng asosiy bеlgilari: o‘quvchilarning yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga urinishlari va ta'lim jarayoni qatnashchilarining, albatta, kichik guruhlarga bo‘lingan holda ishlashlaridir. O‘quv topshiriqlarining alohida bir o‘quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a'zolariga bеrilishi o‘quvchilarda jamoa tuyg‘usini shakllantiradi va ularning tashabbuskorligini orttiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling