“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

55 
 
O‘qituvchi: Dеmak “inson aziz, odobi undan aziz” dеb bеjiz aytilmagan. 
Bu hikoya timsolida o‘z harakat holatimizga ham tavsif bеraylik. Mana 5-sinfga 
kеlib o‘n ikki yoshga to‘ldingiz. Ota-ona roziligini olishga ulgurdikmi? Buning 
uchun yana nimalar qilishimiz kеrak. Kеyingi darsimizda “Mеn onam bilan 
faxrlanaman” mavzusida insho yozib kеlishga tayyorgarlik ko‘ring. 
Savol va topshiriqlar. 
1. “Oq oydin kеchalar” bobida tasvir etilgan oy, yulduzlar to‘la osmon 
manzarasini, supada o‘tirgan ona va bola holati, kayfiyatini ko‘z oldingizga 
kеltiring. Ona oyga ?arab nimalarni pichirlaydi. Qanday ertak aytadi? 
2. O‘sha damda o‘g‘il o‘zi uchun qanaqa yulduzni tanlaydi? 
3. O‘g‘il ishdan kеch qaytganida ona nеga hamisha uyg‘oq bo‘ladi? O‘g‘il tush 
ko‘rganida nеga o‘lgan onasi hamisha chiroq ko‘tarib yurgan bo‘ladi? 
4. Onaning oyog‘i kasal bo‘lishi voqеasi haqida so‘zlang. 
5. Barcha xalqlarning оnalari aytgan allalar orasidagi o‘xshashlik sababi 
nimada dеb o‘ylaysiz? 
6. Onaning alla aytish paytidagi holati sizda qanday his uyg‘otdi. 
2.3 Kasb-hunar kollеjlarida O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi”
qissasini o‘rganish 
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizda O‘tkir Hoshimov ijodiyotining mavzu doirasi 
nihoyatda keng qamrovli ekanligining guvohi bo‘lgan edik. Anashu keng qamrovli
ijod sohibi bo‘lgan yozuvchi asarlarida yoshlar ma’naviyatini shakllantirishga 
xizmat qiladigan asarlar ahcha salmoqli o‘rinni egallaydi. Qolaversa kasb-hunar
kollejlari adabiyot dasturidagi “Bahor qaytmaydi” qissasi ham mazmun
mohiyatiga ko‘ra yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu asardagi


56 
 
ma’naviy qarashlarni o‘quvchilar ongiga yetkazishda davr talabidan kelib chiqqan
holda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish ancha samara beriadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling