“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. 5-sinfda O‘tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari” qissasini o‘rganish
48
tasvirlangan insoniy taqdirlarga o‘quvchilarning beparvo bo‘lmasliklari va ularga astoydil munosabat bildirishlaridan iborat. Muallif onaning qurbon bo‘lishiga urush aybdor degan fikrni o‘tkazishga moyil. Asarning nomlanishi ham shunga ishora. Ammo bugungi kun axloqi, badiiy matnga yangicha yondashish, tahlilda ijtimoiy yo‘nalishga emas, balki estetik asoslarga tayanish tufayli asarning keyingi umri boshlanishi, undan adib o‘ylamagan ma’nolarni kashf etish imkonini beradi. O‘quvchilar ayni shu jarayonning faol ishtirokchilariga aylanishlari lozim. Dars oxirida hikoyaning davomini yaratishni ixtiyoriy uy vazifasi sifatida topshirish mumkin. Xohlovchi o‘quvchilar hikoya qahramonlarining keyingi hayotini qanday tasavvur qilishlarini qog‘ozga tushirib kelsinlar. Bu topshiriq qobiliyatli o‘quvchilarning tasavvurini boyitish va kengaytirish, ijodiy fikrlash ko‘nikmasini o‘stirish, hayotga, insonga munosabatini tiniqlashtirishga zamin tayyorlaydi 2.2. 5-sinfda O‘tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari” qissasini o‘rganish Darsning mavzusi; O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi. “ Dunyoning ishlari” qissasi. O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi bilan tanishtirish hamda “Dunyoning ishlari” asarining mohiyatini o‘rganish. Dars jarayonida quyidagi vazifalar bajariladi. 1. O‘quvchilarga O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi borasida bilimlarni bеrish. 2. O‘quvchilarni “Dunyoning ishlari” asarining mazmuni bilan tanishtirish. 3. O‘quvchilar tomonidan asarning mazmuni va mohiyatining chuqur o‘zlashtirishini ta’minlash. 4. O‘quvchilarda onalarning buyuk zot ekanliklari to‘g‘risidagi tushunchalarni qaror toptirish. 49 5. Ularda onalarga nisbatan chеksiz hurmatni uyg‘otish. Dars jihozi; O‘tkir Hoshimovning portrеti, adib ijodi hususida ma’lumot bеruvchi jadval, “ Dunyoning ishlari” asarining nusxasi. Dars jarayonida qo‘llanuvchi mеtodlar; suhbat, savol-javob, “5x5x5”, “3x3”, “Tafakkur cho‘qqisi” Darsning rеjasi; 1. O‘tkir Hoshimov- zamonaviy o‘zbеk adabiyotining yеtuk namayondalaridan biri. 2. “ Dunyoning ishlari” asarining asosiy g‘oyasi. 3. Asarda onalarga xos bo‘lgan fazilatlarning yoritilishi. 1. Darsning borishi; Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling