“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


 S. Ahmedov va boshqalar. Adabiyot. Umumiyo’rta tahlim maktablarining 6-sinfi uchun darslik-majmua. T


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

25
 S. Ahmedov va boshqalar. Adabiyot. Umumiyo’rta tahlim maktablarining 6-sinfi uchun darslik-majmua. T.: 
Ma’naviyat, 2009. 166-b. 


45 
 
atrof jim-jit. Faqat olislarda it uliydi. Ayvon to‘sinidagi uzun mixga ilig‘liq 
lampochka xira nur taratadi. CHiroq atrofida o‘ralashgan chivinlar bir zum 
tinmaydi… Qayoqdandir shamol keldi. Hovli etagidagi yong‘oq shoxlari bir 
guvillab qo‘ydi” singari ichki bezovtalikning sabablarini topishga urinishlari zarur. 
SHoikromning ruhiy dunyosidagi notinchlik bilan itning ulishi, shamolning kelishi 
va yong‘oq shohlarining guvillashi orasida qanday aloqadorlik bo‘lishi mumkin? Bu 
to‘rt bezovtalik tongda yuz berishi mumkin bo‘lgan falokatning xabarchisimikin? 
“Tanqidchi”lar qiynalib qolishganda shu kabi qo‘shimcha savollar o‘quvchilarning 
fikrlash jarayonini ma’lum o‘zanga solib yuborishi mumkin. 
Qahramonlar haqida o‘ylash, mulohaza yuritish, ularning kundalik hayoti, 
kechinmalari, xatti-harakatlarini taftish qilish, baholash jarayonida o‘quvchilar ham 
aqlan, ham ruhan faollashib, ulg‘aya boradilar. O‘quvchilar tahlil o‘rniga asar 
voqealarini qayta hikoyalashga kirishib ketmasligi kerak. Ustoz asarning tahlili 
matndan estetik ta’sirlanish, tahlil asnosida insonni, uning ruhiy olamini teran his 
qilish – o‘zlikni o‘rganishga olib boruvchi ilmiy-pedagogik jarayon ekanini 
unutmasligi va buni o‘quvchilariga ham bildirib qo‘yishi foydadan holi bo‘lmaydi.
E’tibor qilinsa, hikoya boshdan-oyoq mahzun ohangda bitilgan. CHunki asarda 
tasvirlangan taqdirlar, shu taqdirlar namoyon bo‘lgan voqealar, ushbu voqealar ro‘y 
bergan davr qayg‘uga uyqash, urush davrining ohangi esa o‘q va yig‘i ovoziga esh 
edi. Ma’lumki, o‘q ovozi ham, yig‘i tovushi ham shodlikni eslatmaydi, qayg‘uni, 
g‘amni yodga soladi, shularni keltirib chiqaradi. Ana shu hayotiy ohang hikoyaga 
ko‘chgan. Ayni shu sifat uning ta’sir darajasini yanada oshirgan. Hikoyaning jiddiy 
tahlili o‘quvchilarni hayotning nechog‘lik murakkab ekanligiga, odam va uning 
amallari har qanday holatda ham to‘g‘ri bo‘lavermasligi, u haqda fikr aytish
munosabat bildirish hamisha ham oson kechavermasligiga imon keltirishga majbur 
qiladi.
Asardagi Xadicha obrazining tabiatini baholash uchun o‘quvchilar uning 
beshikda yotgan bolasiga, eriga, qaynonasiga munosabati, ro‘zg‘or tutumi haqida 
fikr bildirishlari lozim bo‘ladi. O‘shanda ham jizzaki, ayni vaqtda, eri va 
farzandlariga mehribon, tinib-tinchimas, ammo baxti qaro bu ayolning yaxshi yoki 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling