“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
S. Ahmedov va boshqalar. Adabiyot. Umumiy o’rta tahlim maktablarining 6-sinfi uchun darslik-majmua
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
24
S. Ahmedov va boshqalar. Adabiyot. Umumiy o’rta tahlim maktablarining 6-sinfi uchun darslik-majmua. T.: Ma’naviyat, 2005. 158-b. 41 Birinchi «she’rim»ni 5-sinfda o‘qiyotganimda yozganman. Erta bahor edi. Maktabdan kelayotsam devorning kungay etagida qoqigul ochilib yotibdi. Hayajonlanib ketib «Oltin tugmacha» degan «she’r» yozdim. CHamamda bu o‘lgudek bema’ni she’r bo‘lsa kerak. Esimda qolmagan. Faqat qoqigulni oltin tugmachaga o‘xshatganimni unutolmayman. Urushdan keyingi avlodning bolaligi qanaqa o‘tgan bo‘lsa meniki ham shunday o‘tgan. Men halol mehnati bilan kun ko‘radigan oilada voyaga yetganman. Ota-onam haromdan va yolg‘ondan hazar qilishni o‘rgatishgan. Haliyam shu shior bilan yashayman. Farzandlarimga ham shuni uqtiraman. Bolaligimdagi bir voqeani aytib beray. Uyimiz yonida jiydazor bo‘lardi. U yerda men tengdosh o‘rtoqlarim bilan sigir boqardim. O‘sha paytda sigirni yog‘och qoziq bilan arqonlab qo‘yardik. Yog‘och qoziqning yomon tomoni shundaki, qoqaversangiz, sinib ketadi. Bir kuni jiydazordan temir qoziq topib oldim, ozgina arqoni bilan. Qoziqni sigirimizning arqoniga bog‘lab, uyga keldim. Yarim kechasi adam uyg‘otdi. Qo‘lida temir qoziq. «Qoziqni qaerdan olding?» dedi. «Topib oldim», deb javob qaytardim. «Qaerdan?» «Qiyshiq jiydaning tagidan!» «Jiydaning to‘g‘risi bo‘lmaydi. Hammasi qiyshiq bo‘ladi», dedi adam jahl bilan va «Qaerdan olgan bo‘lsang, xuddi o‘sha joyga olib borib tashla, hoziroq!» dedi. Yosh bolaman, yarim tun bo‘lsa, chakalakzor. Yana Darhon anhorining lopillab turgan ko‘prigidan o‘tish kerak… Albatta qo‘rqdim! Endi chiqib ketayotgandim, menga rahmi kelib, akam ergashmoqchi bo‘ldi. «O‘zi tashlab keladi!» dedi adam qat’iyat bilan. Amallab ko‘priqdan o‘tib, chakalakzor tomonga qoziqni uloqtirib, qaytib keldim. Labimga uchuq toshganini hisobga olmaganda hech narsa bo‘lmadi. Lekin uch-to‘rt kundan keyin adam yana yoniga chaqirib oldida, bunday dedi: «Sen topib olgan qoziqqa birov molini boylagani aniq. Agar o‘sha molni kimdir o‘g‘irlagan yoki mol adashib ketib qolgan bo‘lsa-yu, qoziq bizning uydan chiqib, o‘sha odam seni o‘g‘ri gumon qilsa nima bo‘ladi? Biz nima degan odam bo‘lamiz?» Mana shu voqea menga bir umrlik saboq bo‘lgan. Bolaligimda osmonga, yulduzlarga tikilishni yaxshi ko‘rardim. Nazarimda har bitta yulduz meni o‘ziga chaqirayotgandek bo‘lardi…. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling