1. Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart degan fikrni o‘z ta’limotiga asos qilib olgan faylasufni aniqlang


Download 28.68 Kb.
bet1/2
Sana05.10.2023
Hajmi28.68 Kb.
#1693052
  1   2
Bog'liq
9 Tarix test (1)


1. Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart degan fikrni o‘z ta’limotiga asos qilib olgan
faylasufni aniqlang.
A) Platon B) Diogen C) Sokrat D) Geraklit
2. Arxitektor va haykaltarosh Dedal qaysi hukmdor uchun labirint saroy qurgan?
A) Perikl B) Menes C) Minos D) Paris
3. Antropologlar tomonidan tosh asriga mansub 8-9 yashar neandertal bolaning suyak qoldiqlari qayerdan topib o’rganilgan?
A) Ko'Ibuloq manzilgohidan B) Teshiktosh g'oridan
C) Zarautsoy darasidan D) Selung’ur g’oridan
4. 1837-yilda harbiy islohot o’tkazgan Buxoro amirini toping.
A) Amir Nasrullo B) Amir Shohmurod C) Amir Muzaffar D) Amir Haydar
5. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida asosiy savdo yo'llari qayerga ko’chgan?
A) Arabiston dengiziga B) Tinch okeanigaC) O'rtayer dengiziga
D) Atlantika okeaniga
6. Jahon tarixida birinchi bo'lib muntazam qo'shin tuzgan hukmdorni toping.
A) Navuxodonosor II B) Sargon IC) Tutmos II D) Xammurapi
7. IX asr oxiri − X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi?
A) Oleg B) Yaroslav C) Vladimir D) Ryurik
8. Buxoro qachondan boshlab “Qubbat ul-islom” - Islom dinining gumbazi nomi bilan shuhrat topgan?
A) X I asrdan В) IX asrdan С) X II asrdan D) X asrdan
9. 1066-yilda Gastings jangida mag‘lubiyatga uchragan hukmdorni toping.
A) Roman I V Diogen B) Garold C) Vilgelm I D) Alp Arslon
10. Qayerda zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank paydo bo’lgan?
A) Venetsiya B) Parij C) Tuluza D) Genuya Har to’gri javob 0,9 ball

11 Quyidagi xudolarni ular qanday iloh ekanligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.


1) Geya; 2) Ea; 3) Uran; 4) Gefest;
a) Suv xudosi; b) Yer xudosi; c) Osmon xudosi; d) temirchilik xudosi;
A) 1 - b; 2 - a; 3 - d; 4 - c B) 1 - c; 2 - a; 3 - b; 4 – d
12. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, asosan qanday amallarni bajarish lozimligi ko‘rsatilgan?
A) xayr-sadaqa berish, zakot berish va jon solig‘I to‘lash; B) diniy marosimlarni to‘kis bajarish, qurbonliklar qilish, bolalarni tarbiyalash; C) yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish; D) sayr qilish, qo‘shnilar bilan do‘st bo‘lish, qarz berganda sudxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaslik;
13. Mo‘g‘ullar davrida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning o'ttizdan bir qismi hajmida undirilgan soliq qanday atalgan?
A) “kalon” B) “qopchur” C) “shulen” D) “targ‘u”
14. 1774-yilda Filadelfiya shahrida chaqirilgan Qit’a Kongressi iqtisodiyotni boshqarish uchun tuzgan tashkilotni aniqlang.
A) “Ozodlik” kengashi B) “Haq ishi uchun” uyushmasi C) “Nazorat kengashi”
D) “Kontinental uyushma”
15. 1646-yilda Yangi Urganch shahrini qurdirgan Xiva xonini aniqlang.
A) Elbarsxon B) Olloqulixon C) Eltuzarxon D) Abulg‘oziy Bahodirxon
16. 1607-yilda tashkil topgan Angliyaning Virjiniyadagi ilk manzilgohini toping.
A) Kanzas B) Florida C) Jeymstaun D) Arizona
17 Arab xalifaligida qaysi sulola hukmronlik qilayotgan davrda vatandoshimiz Muhammad
Xorazmiy matematika tarixida birinchi bo’lib algebra faniga asos solgan?
A) Ummaviylar B) Ayubiylar C) Abbosiylar D) Anushteginiylar
18. Quyidagi hukmdorlar ular faoliyati bilan bog’liq voqealar to’g’ri moslashtirib berilgan
javobni toping.
1) Ashoka; 2) Kanishka.
a) Shimoliy Hindistonda Maurya davlatiga asos solgan; b) uning davrida Maurya davlati
rivojlanishda yuksak taraqqiyotga erishgan; c) uning hukmronligi davrida Afg’oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo’shib olingan; d) Kushon davlati poytaxtini Baqtriyadan Peshovarga ko’chirgan.
A) 1 – a, 2 – d B) 1 – b, 2 – c C) 1 – a, 2 – c D) 1 – b, 2 – d
19. Buxoroda amir Haydar boshqaruvi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotlar berilgan javobni
toping.
1) Shahrisabz va Miyonqolni amirlik tarkibida saqlab qolish uchun kurash olib bordi;
2) O’ratepani saqlab qolish uchun Qo’qon xonligiga qarshi kurash olib bordi;
3) Rossiyaga elchi Ernazarbiyni yubordi;
4) Xiva qo’shinini Amudaryo bo’yida mag’lubiyatga uchratdi; 5) urush kelib chiqqanida qo’shinning xarajati uchun jul deb atalgan soliqni joriy qildi
A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 4
20 Yunon-Baqtriya podsholigini boshqargan hukmdorlar ketma-ket berilgan javobni aniqlang
A)Yevtidem – Diadot –Demetriy B)Diadot – Demetriy – Yevtidem
C)Diadot – Yevtidem -Demetriy D)Demetriy – Yevtidem – Diadot

Download 28.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling