“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

43 
 
nomli maqolasida bu hayrotomuz hodisa haqida shunday deb yozadi: “SHundan 
so‘ng munkillagan yoshida so‘nggi kunlardagi voqealardan (“vabo 
qo‘zg‘oloni”dan, demoqchi) qattiq larzaga tushgan muhtaram Abulqosimxon tezda 
– 4 iyulda vafot etdi. Qiziqarlisi shundaki, vabo barham topdi, toshkentlik sartlar 
buni uning vafotiga nisbat berdilar…”
Ajdodlarim to‘g‘risida bu qadar batafsil to‘xtalganimning sababi shundaki
ellik yoshga chiqqinumcha bobolarimning kim bo‘lganini bilmaganman. 1991 yil 
taniqli olim va jurnalist Sirojiddin Ahmedov shajaramiz to‘g‘risidagi ma’lumotni 
qo‘limga topshirdi. Keksa yoshdagi qarindoshlarimdan bu dalillarni nega menga 
aytishmaganini so‘raganimda juda asosli javob eshitdim. Gap shundaki, agar bu 
gaplarni bilganimda qaerdadir aytishim yoki yozishim muqarrar edi. SHo‘ro 
siyosati esa “xalq dushmanlari”ga aloqador bo‘lgan odamni ko‘kartirmasligi aniq 
edi…”. 
O‘qituvchi bu asarni o‘rganishga ajratilgan ikki soatni yaxlitlashi, ya’ni ikkala 
akademik soatdan bir kunda qatorasiga foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
SHunda o‘quvchilarning matn o‘qishi davomida olgan taassurotlari, ko‘ngillarida 
paydo bo‘lgan iztirob, achinish singari hissiyotlar asar ustida ishlash jarayonida 
“issig‘ida” tilga chiqa boshlaydi. Ular tahlil mobaynida tug‘ilgan fikrlariga 
ruhiyatida paydo bo‘lgan tuyg‘ularni ham qo‘shib ifodalaydilar. Bu esa, o‘z 
navbatida, o‘z-o‘zini taftish qilish demakdir. Bu yoshdagi o‘quvchilarning ruhiy 
kechinmalarini bir-birlaridan yashirmay, tortinmay, uyalmay ifodalashi ularda 
shaxslik sifatlarining shakllanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Muallim hikoya matnini o‘zi o‘qib berishi shart va o‘qish jarayonida 
Shoikromning holati ifodalangan o‘rinlarni, uning fikrlarini toliqqan ovoz bilan
onaning so‘zlarini yumshoq, Xadichaning ovozini qalbakiroq ohangda, muallifning 
so‘zlarini qat’iyroq, SHone’matning ovozini dardli, siniq tarzda ifodalay olishga 
erishishi asarning ta’sir kuchini oshirishi tayin. SHoikromning pushtalar orasida 
mukka tushib yotgan onasini ko‘rgandagi holati va qichqirig‘ini o‘qish jarayonida 
tabiiy ifodalay olish uchun o‘qituvchi shu holatni to‘liq his qilishi, o‘zini shunga 
tayyorlashi lozim.



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling