“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

46 
 
yomonligi to‘g‘risida ham qat’iy xulosa aytish mushkul. Og‘ir turmush, yo‘qchilik 
har bir odam uchun sinov, ba’zilar uchun esa, to‘qchilik va farovonlik ham o‘ziga 
xos bir sinov. Hamma ham bu sinovlardan birday o‘ta olmaydi. Odamga xos asl 
fazilatlar ana shunday mushkul vaziyatlarda o‘zini ko‘rsatadi. Xadichaning shaxsini 
ochuvchi jihatlarning har biri savol-topshiriqqa aylantirilsa, uning fe’l-atvori 
o‘quvchilar tomonidan ochilib, xatti-harakatlari, muomalasidagi yaxshilik va 
yomonlik sabablari anglashiladi. 
Shoikrom timsolini Xadichadanda murakkab deyish mumkin. U – tabiatan fikr 
kishisi, mulohazali odam. Adib buni hikoyaning biror o‘rnida aytmagan bo‘lsada, 
tasvir maromi u haqda shu taxlit xulosa chiqarish imkonini beradi. O‘quvchilar 
oldiga ro‘zg‘orning fayzsizligi, kunlar isib ketgan bo‘lsada olib qo‘yilmagan sandal 
nima uchun aynan bugun uning g‘ashini keltirayotgani ham mulohaza qilib ko‘rilishi 
kerak. Uning o‘n kundan beri ukasining holidan xabar ololmay, uning og‘ziga bir 
kosa sut tutolmaganidan ezilishi, o‘zidan nafratlanishiga e’tibor qilinishi kerak. 
Hikoyada o‘quvchilar diqqat qaratishlari lozim bo‘lgan yana bir muhim jihat bor: 
SHoikrom ovqat borligini bila turib nega ayolini onasiga ovqat berishga majbur 
qilmadi? Buning o‘rniga, onasidan ovqatni qizg‘angan xotinini tushinishga harakat 
qildi. Ona uydagi ahvolni biladi, o‘sha ovqatni yemasligi ham mumkin edi. Onasiga 
ovqat obkeltirish SHoikromning farzandlik burchi emasmidi? Agar shunday 
qilolganda, uning ko‘nglidagi iztiroblar ham kamroq bo‘larmidi? SHu jihatlarning 
har biriga alohida munosabat bildirish tahlilni chuqurlashtirgan bo‘lardi. 
Shoikrom – qahri qattiq ham, mehrsiz ham, yovuz ham emas. Xo‘sh, buning 
uchun urushni, qashshoqlikni ayblash kerakmi? Yoki u tabiatan irodasiz-u vaziyat 
qiyinlashganda sinovlardan o‘tolmayaptimi? Balki u vaziyatning qulidir? 
Vaziyatdan qanday chiqishni bilmagani uchun xayoliga o‘g‘ridan qasos olish fikri 
kelganida vujudi titrab ketsada, ahdidan qaytmagandir? Razolatga qarshi qabohat 
yo‘li bilan kurashmaslik kerakligiga aqli yetmagandir? SHuning uchun ham o‘zi 
bilmagan, istamagan, xayoliga ham keltirmagan holda qotilga aylangandir. Yana, 
o‘z onasining qotiliga... O‘quvchilar bu qadar murakkablik qarshisida qanchalar 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling