“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

47 
 
ko‘p o‘yga tolsalar, shuncha yaxshi. Chunki ularda shu tariqa hayotiy qarash, nuqtai 
nazar shakllanadi.
Asardagi ona timsoli tahlil qilinayotganda o‘quvchilar Umri xola katta 
o‘g‘lininig oldiga chiqishi va: “payshanba kuni Komil tayibning uyiga boruvdim. 
Har kuni nahorga bir kosadan qo‘y suti ichsa dard ko‘rmaganday bo‘lib ketadi, 
dedi”,- deya o‘ziga gapirganday sekin qo‘shib qo‘yishi sababini o‘ylab ko‘rishlari 
lozim. Ular kampir nega qulupnayni o‘g‘lidan so‘rab qo‘ya qolmaganining boisini 
aniqlashga urinib ko‘rishlari kerak. Bor ovqatni o‘z onasiga berdira olmagan katta 
o‘g‘ildan ona kichik o‘g‘li uchun qulupnay so‘rashi mumkinmidi yoki yo‘qmi? 
O‘quvchilar onaning xatti-harakatlarini shu jihatdan baholashga urinib ko‘rishlari 
zarur. Bu masalaning bir tomoni. 
Ayni vaqtda, xalqimizda har qanday sharoitda ham o‘g‘irlik yomon degan 
axloqiy qarash mavjud. Umri xola esa o‘g‘irlik qildi. Bemor o‘g‘li uchun bo‘lsa 
ham. Begonanikiga emas, o‘z o‘g‘linikiga bo‘lsa ham o‘g‘rilikka kirdi. O‘quvchilar, 
garchi bunday huquq hech kimga berilmagan bo‘lsada, onaning xatti-harakatlariga 
ma’naviy qozilik qilishga urinib ko‘rishsin. Umri xola boshqacharoq ish tutishi 
mumkinmidi? Asarning dasturiy talqinida aytilgan “Asl odam har qanday sharoitda 
ham ma’naviy pokligicha qolishi” haqidagi fikrga o‘quvchilar nima deyisharkin? 
Ma’lumki, Allohning bandalari oldiga qo‘ygan ma’lum talablari bor. U 
bandalarini qaysidir fazilatlari uchun rag‘batlantiradi, qandaydir sifatlari uchun 
jazolaydi. O‘g‘rilik – illat. Yaratuvchi qudrat buni illat deb belgilab qo‘ygan va ming 
yillar davomida islomiy falsafa asnosida bu qarash bizning ma’naviyatimizga juda 
chuqur singib ketgan. SHu ma’noda, chinakam inson har qanday vaziyatda ham 
Allohning haqiqatlariga xiyonat qilmaydi. O‘quvchilar mana shu haqiqatlarni anglab 
yetsalar, odamning faoliyatini baholash nechog‘lik qiyin ekanini teranroq 
tushunishlari mumkin bo‘ladi. Ehtimol, o‘quvchilar asardagi fojia va baxtsizliklar 
sababchisi sifatida urushni ko‘rsatishar?! Balki kimlardir SHoikromni xasisligu
qasoskorlikda ayblar, ba’zilar betgachopar Xadichani ham fojia sababchisi sanar. 
Gap qotilni aniqlashda, aybdorni topishda emas. Asosiy maqsad hikoyada 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling