“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

44 
 
Ovoz chiqarib o‘zgalar uchun o‘qilayotgan asarning ta’sir kuchini boshqalar 
ham to‘laligicha tuyishi uchun muallifning, o‘qiyotgan kishiniing tuyg‘ulari ovozida 
ifodalanishi kerak. Bu holatni sun’iy ravishda yasab bo‘lmaydi. Yasalgan narsa 
ko‘ngilniki emas va u o‘zgalarga ham istalganidek ta’sir ko‘rsata olmaydi. 
Ko‘ngilda notabiiy, nosamimiy tuyg‘uga joy yo‘q.
Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘qituvchi bir oz tin olishi, tinglovchilarini kuzatishi 
lozim. Ular qanday holatdaligini, hikoya qahramonlari ruhiyati, kechmishi, dard-
iztiroblari o‘quvchilarga qanday ta’sir etganligini aniqlab olgani ma’qul. SHundan 
so‘ng asar o‘qishi jarayonida o‘quvchilar ko‘nglida paydo bo‘lgan turli hislarni 
ularning tiliga olib chiqish uchun bir qator savollarni o‘rtaga tashlash mumkin 
bo‘ladi. Bu xil savollar darslikda bor. O‘qituvchi o‘zi yana qo‘shishi ham mumkin.
“Asarning asosiy mazmunini so‘zlab berish”
25
o‘quvchi uchun zarur ish emas. 
Buning o‘rniga o‘quvchilar diqqati SHoikromlar ro‘zg‘orining fayzsizligini 
ifodalovchi lavhaga tortilgani ma’qul. O‘quvchilarni ko‘pdan beri dam olmagan
boshi tashvishlardan chiqmaydigan, yetishmovchiliklar iskanjasida qolgan kishi 
ko‘ziga aslida g‘arib va fayzsiz bo‘lgan tirikchiligi nihoyatda xunuk ko‘rinishi tabiiy 
ekanligini anglashga undash kerak: “Ro‘zg‘or jihozlarining SHoikrom ko‘ziga bu 
qadar sovuq ko‘rinishi sabablari nimada deb o‘ylaysiz? Hamma ro‘zg‘orda 
bo‘ladigan uy anjomlari nima uchun SHoikromning ko‘ziga bunday ko‘rinyapti? 
Gap ro‘zg‘or buyumlaridami yoki SHoikromning kayfiyatidami?” Hikoya matnida 
buning sabablari tasvirlanmagan. Lekin matn zamiridan, asardagi har bir detal 
tasvirida fayzsizlik sabablari ko‘rinib turibdi. O‘quvchilar ro‘zg‘orning bunday 
tarovatsizligiga SHoikromning xotini yoki uning o‘zini aybdor deb qarashlari yoki 
boshqa bir buning sabab bilan izohlashlari mumkin. Muhimi, ular hikoya 
personajlariga befarq bo‘lmasalar, o‘zgalar tashvishini chekishga, birovlarning 
xatti-harakatlariga baho berishga urinsalar bas.
Tahlil ishtirokchilari hikoya qahramonining bezovta o‘ylarga botganligi, uning 
ruhiy dunyosidagi notinchlik bilan tabiatdagi holatning: “Yarim kecha bo‘lib qolgan, 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling