“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

40 
 
Hikoyaning darslikdagi to‘liq matnini o‘qib chiqish uchun 25–26 daqiqa kerak 
bo‘ladi
24
. Mazkur hikoyani o‘rganish uchun dasturda belgilangan ikki soatning 
birinchisi hikoya matni bilan o‘quvchilarni tanishtirishga bag‘ishlanadi. O‘tkir 
Hoshimov shaxsi haqida darslikda berilgan biografik material 5-sinfdagi hasbi 
holning bir oz o‘zgartirilgan varianti. Bu kabi takrorlardan qochib, o‘qituvchi 
muallifning o‘z xotiralaridan foydalansa, dars samarasi ortishi aniq: “Men 1941 yil 
5 avgustda Toshkent biqinidagi Do‘mbirobod qishlog‘ida tug‘ilgan ekanman. 
Qishloqda, tag‘in, poytaxt biqinidagi qishloqda tug‘ilganim taqdirning hadyasi 
bo‘lsa ajab emas. Negaki, ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo‘lishi 
kerak. 
Oilamizda bir qiz, to‘rt o‘g‘il bor edik. Men uchinchi o‘g‘il edim… 
Otamdan qattiq hayiqar edik. Otam biron marta ham birontamizni bir tarsaki 
urgan emaslar. Otani qattiq izzat qilishni onam o‘rgatganlar: «Hozir adang 
keladila, uyni supurib qo‘y», «Adangni jahllari yomon, tinch o‘tiringlar», «Adangni 
ketmoniga tegma», «Adangni soatiga qo‘l tegizma…» Bilmadim, balki hozirgi – 
zamonaviy oilalarga bizning holat «feodallik» bo‘lib tuyular. Ammo bizning 
oilamizda ota shaxsiga sig‘inish farzandlarga ziyon keltirganini eslay olmayman…
Etti yoshga to‘lar-to‘lmas, akalarimga ergashib, Do‘mbiroboddagi maktbga 
bordim. Bu – yetti yillik maktab edi. Uni bitirib, ancha naridagi «katta» maktabda 
o‘qishni davom ettirdim. «Ikki eshik orasi» romanida Muzaffarning «katta 
maktab»ga borishi, «Alvasti ko‘prik», Bo‘rijar manzaralari o‘sha palladagi 
kuzatuvlar hosili bo‘lsa ajabmas. Urushdan keyingi og‘ir yillar edi. O‘qituvchilarda 
ham, o‘quvchilarda ham allaqanday fidoyilik bor edi… O‘qituvchilarimiz biz uchun 
namuna edi. Kiyinishi ham, yurish-turishi ham… Ayni paytda domlalarimiz dars 
o‘ta turib, temir pechkaga o‘tin tashlab qo‘yishdan ham erinmasdi. «Alifbe»ni 
o‘rgatgan Ma’suda opani, faqat direktor emas, haqiqiy tashkilotchi bo‘lgan Odil 
akani, Zuhriddin aka, Abduusmon aka, Qo‘chqor aka, Maryam opa, Abduvali aka 
degan o‘qituvchilarimni unuta olmayman.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling