“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

42 
 
Mening bobolarim o‘z davrining mashhur kishilari bo‘lishgan ekan. Jumladan, 
bobokalonim – otamning bobolari Abulqosimxon eshon Turkiston tarixida chuqur 
iz qoldirgan ulug‘ shaxslardan bo‘lgan ekanlar. 
Toshkentda, Xalqlar do‘stligi saroyi bilan Oliy Majlisning muhtasham binosi 
o‘rtasida qadimiy obida – madrasa bor. Mana shu obidani 1832 yili Abulqosimxon 
eshon bunyod etgan ekanlar. Bu zukko inson o‘zbek tilidan tashqari arab, fors, rus 
va boshqa tillarni mukammmal bilgan, Turkistonning CHor Rossiyasi tomonidan 
bosib olinishiga qarshi kurashning g‘oyaviy rahnamolaridan biri bo‘lgan ekanlar. 
1899 yili Sankt-peterburgda nashr etilgan “Musulmonlikka oid materiallar 
to‘plami” kitobida bunday deb yozilgan: “1892 yili vafot etgan Abulqosimxon 
eshonning Toshkent va boshqa shaharlarda o‘n minglab muridlari bo‘lib, ulardan 
kelgan mablag‘lar va vaqf yerlaridan tushgan daromadlar hisobidan eshon 30 ming 
oltin so‘mga madrasa qurdirgan. Bu madrasada 100 – 150 talaba tahsil olgan… 
Uning aholi orasidagi nufuzi nihoyatda baland bo‘lgan…” Madrasada faqat diniy 
emas, dunyoviy ilmlar ham o‘rgatilgan.
…1892 yili Toshkentda vabo kasali tarqaladi. Ustiga-ustak kelgindilar 
zulmidan tinkasi qurigan xalq qo‘zg‘olon ko‘taradi. Tarixga “Vabo qo‘zg‘oloni” 
nomi bilan kirgan milliy-ozodlik harakati boshlanadi. CHor hukumati askarlari eski 
shaharga bostirib kirgan qirg‘in chog‘ida Abulqosimxon eshon muqarrar o‘limni 
bo‘yniga olib, o‘sha paytdagi Turkiston general-gubernatori Vrevskiy nomiga rus 
tilida ariza yozib, uning oldiga boradi. Bosqinchi askarlar Toshkentning mahalliy 
aholi yashaydigan qismidan (eski shahardan) olib chiqilmasa, oqibati ikkala tomon 
uchun ham fojiali bo‘lishini tushuntiradi. Gubernator buyrug‘i bilan “sallotlar” 
shahardan olib chiqiladi. 
Keyin esa undan ham g‘aroyib hodisa ro‘y beradi… 1892 yil 30 iyung’ kuni 
Abulqosimxon eshon Xo‘ja Ahror jome masjidida ming-ming odamlar orasida va’z 
aytib, Toshkent ahli bir balodan qutilgani – bosqinchi askarlar shahardan olib 
chiqilgani bilan xaloyiqni qutlaydi va tag‘in bir ofatni – vaboni o‘zi bilan olib ketish 
niyatida ekanini aytib, Allohga iltijo qiladi. “Turkiston viloyatining gazeti” 
muharriri N. Ostroumov “Fon Kaufman – Turkiston o‘lkasining tashkilotchisi” 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling