Himoyaga ruxsat etilsin Fakultet dekani p f. f d (PhD) M. T. Hamdamova


O‘quv dasturlarida fanlarning saralanishi


Download 75.25 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi75.25 Kb.
#1574518
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ABDIRAXIMOVA YULDUZXON.KURSISHI2

II BOB.KREDIT-MODUL TA’LIM TIZIMINING ASOSIY VAZIFALARI

2.1 O‘quv dasturlarida fanlarning saralanishi


Tasavvur qiling, siz palov pishirmoqchisiz. Bunda sizga asosan go‘sht, yog‘, sabzi, piyoz va guruch kerak bo‘ladi. Siz bu taomni tayyorlash uchun odatda sholg‘om yoki kartoshka ishlatmaysiz. Chunki bular siz tayyorlamoqchi bo‘lgan taomga to‘g‘ri kelmaydi. Agar siz palov tayyorlashda sabzi o‘rniga sholg‘om qo‘shib yuborsangiz, taomingiz boshqacha chiqib qoladi, bundan esa o‘sha taomni iste'mol qiluvchilar ranjiydi. Shu kabi, mutaxasis tayyorlash ham mutaxassislikka oid eng zaruriy bilim, ko‘nikma va mahoratlarni bo‘lajak mutaxassisda shakllantirishdan iborat. Agar talabaga zarur mutaxassislik bilim va ko‘nikmalar qolib, boshqa narsalar o‘rgatilsa, natijada unda mutaxassislikka oid jihatlar to‘liq shakllanmay qolsa, ishga oluvchi tashkilot bitiruvchidan ham, uni tayyorlagan ta'lim muassasasidan ham hafsalasi pir bo‘ladi.
Hozirda oliy ta'lim o‘quv dasturlarida talabaning mutaxassisligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bo‘lmagan fanlar yetarlicha. Masalan, aksariyat universitetlarda 1-kursda, ayrim hollarda yuqori kurslarda ham jismoniy tarbiya, dinshunoslik, etika, estetika va shunga o‘xshash boshqa fanlar o‘tiladi. Bu fanlarni odatda talabalarning mutaxassisligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi yo‘q bo‘lsada, OTM o‘quv dasturlarida anchagina joy va vaqtni egallaydi. Qolaversa, talaba jismoniy tarbiya fanini OTMda faqat 1-semestr yoki bir yil o‘rganishi – g‘alati hol. Bir mutaxassis ta'kidlaganidek, «go‘yoki jismoniy salomatlik va sport talabaga faqat bir semestr yoki bir yil kerak bo‘ladi».Nazarimizda, bu kabi fanlarning aksariyati maktabning yuqori sinf dasturlariga xos bo‘lishi kerak. Agar talaba ushbu fanlar bo‘yicha maktabda bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan bo‘lsa, ularni universitet darajasida yana takrorlashga qanday ehtiyoj bor? Undan ko‘ra, talaba shu vaqtni o‘z sohasini chuqurroq o‘rganishga sarf qilgani yaxshimasmi? To‘g‘ri, dinshunoslik, etika va estetika kabi umumiy fanlar yoshlarni shaxs sifatida shakllanishida katta rol o‘ynashi mumkin, lekin hozirda maktab bitiruvchilarining bor yo‘g‘i 10-20 foizigina OTMga kirmoqda. Bu degani, agar bu fanlar maktab yuqori sinflarida o‘rgatilmasa, maktab bitiruvchilarining aksariyati bunday bilimga ega bo‘lmaydi. Bu kabi fanlar yoshlarni shaxs sifatida shakllanishi uchun muhim deb hisoblansa, unda ular maktabning yuqori sinflarida o‘rgatilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. OTM o‘qish dasturlarini umumiy, mutaxassislikka to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bo‘lmagan, o‘zini takrorlovchi fanlar bilan to‘ldirilishi talaba universitetdagi qisqa va eng qimmatli vaqtidan samarali foydalana olmasligiga olib kelmoqda. Natijada bitiruvchilar orasida amaliyotga borgandan so‘ng bizga bunday narsalarni universitetda o‘rgatishmagan degan holatlar juda ko‘p uchramoqda.
ECTS kredit-modul tizimida esa OTMlar o‘zining har bir bakalavr va magistratura o‘quv dasturi maqsadlarini oldindan aniq belgilab olishi talab etiladi. Ya'ni, ular muayyan mutaxassislik bo‘yicha o‘qish dasturini yaratishdan avval o‘z oldilariga quyidagi savollarni qo‘yishlari talab etiladi:

  • Biz qanday mutaxassis tayyorlamoqchimiz?

  • Bizning bitiruvchilar aynan qanday bilimga ega bo‘lishi, nimalarni tushunishi va uni tamomlagandan so‘ng nimalarni qila olishi kerak?

Har bir OTM bakalavriat va magistratura dasturi turlicha bo‘lgani sababli, maqsadlari ham turlicha bo‘lishi tabiiy.
Ya'ni, OTMlar o‘zlarining har bir bakalavr va magistratura o‘quv dasturining maqsadlarini bitiruvchi dastur davomida qo‘lga kiritishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va mahoratlar shaklida oldindan aniq belgilab olishlari zarur. Bu kredit-modul tizimi tili bilan «Program Learning Outcomes» deb ataladi. O‘quv dasturi maqsadlari belgilab olingandan so‘ng, endilikda dasturda faqat shu maqsadlarga xizmat qiluvchi fanlargina saqlab qolinadi yoki dasturga kiritiladi, qolgan fanlar esa dasturni tark etishi zarur. Inchunun, OTMlar o‘z o‘quv dasturlarini iqtisodiyot, mehnat bozori va talabalar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda erkin shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun 2001 yil 16 avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirish kiritilishi va OTMlarga o‘quv dasturlarini o‘zlari erkin shakllantirishga imkoniyat berilishi kerak. 19 yil avval ishlab chiqarilgan standart bugungi zamon talablariga javob bermasligi ehtimoli yuqori. Zero, iqtisodiyot va mehnat bozori talablari o‘zgargan sari OTMlar ham o‘z o‘quv dasturlarini muntazam ravishda baholab borishga, zarur bo‘lsa o‘zgartirishga imkoniyati bo‘lishi kerak.

Bakalavr va magistratura dasturlariga shaffoflik kirishi


Kredit-modul tizimi joriy bo‘lsa OTM lar nafaqat har bir o‘qish dasturlari maqsadlarini oldindan belgilab olishlari zarur bo‘ladi, balki bu maqsadlarni o‘zlarining bo‘lg‘usi va hozirdagi talabalariga oldindan, shaffof tarzda yetkazishi kerak bo‘ladi. Hozirda mahalliy OTMlarga hujjat topshirayotgan talabalar o‘zlari hujjat topshirayotgan bakalavr yoki magistratura dasturlarida aynan nimalarni o‘rganishlari mumkinligi haqida yetarlicha ma'lumotga ega emas. Aksariyat hollarda abituriyentlarga faqat universitet, fakultet va dastur nomigina ma'lum. Hatto universitetda o‘qiyotgan talabalar keyingi semestrda qaysi fanlarni o‘qishlarini faqat o‘sha semestr boshidagina biladilar. Ya'ni, abituriyentlar va talabalarga bakalavr yoki magistratura dasturlarining maqsadlari, unda o‘rganiladigan fanlar, dastur davomida qanday bilim, ko‘nikma va mahoratga ega bo‘lishlari haqida yetarlicha ma'lumot berilmaydi.
Abituriyent yoki talabaga bu ma'lumotlar nima uchun oldindan taqdim etilishi zarur?
Bunga juda ko‘p sabablarni keltirish mumkin. Masalan, hozirda talabalarga bir paytning o‘zida bir necha universitetga hujjat topshirish imkoniyati berilmoqda. Shunday ekan, ular bir paytni o‘zida bir nechta OTMga qabul qilinishi mumkin. Bo‘lg‘usi talabalar qaysi OTMning qaysi dasturiga hujjat topshirish va ularga qabul qilingandan so‘ng tanlovni amalga oshirishi uchun OTM va ularning dasturlari haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo‘lishga haqlidirlar. Tanlov uchun OTM yoki undagi dasturlarning nomini bilishning o‘zigina yetarli emas. OTMlar soni ko‘paygan sari endilikda talabalar undagi dasturlarning nomiga qarab emas, balki sifatiga qarab tanlay boshlaydi. Ya'ni, abituriyentlar hayotlarini 4 yoki 2 yilini va qiynalib topilgan pullarini nimaga sarmoya qilayotganliklarini oldindan bilishlari kerak. Qolaversa, har bir talaba OTMga ancha miqdorda kontrakt puli to‘layotgan mijoz sifatida muayyan o‘qish dasturi haqida batafsil bilishni istaydi.
Kredit-modul tizimiga o‘tgandan so‘ng universitetlar o‘zlarining har bir bakalavr va magistratura dasturlari bo‘yicha dastur katalogini, ya'ni kitobchasini ishlab chiqishiga to‘g‘ri keladi. Unda har bir bakalavr va magistratura o‘quv dasturning maqsadlari, qabul qoidalari, OTMdagi o‘qish sharoitlari, akademik taqvim, talabalar 4 yillik yoki 2 yillik dastur davomida aynan qaysi fanlarni o‘qishlari mumkinligi, ushbu fanlarning qisqacha tavsifi, qaysi fan aynan qaysi kursda o‘rganilishi, ularni aynan kimlar o‘qitishi, OTMda talabalar uchun yotoqxona imkoniyatlari, talabalarning bir oylik o‘rtacha yashash xarajatlari, OTMda qo‘llanadigan baholash usul va mezonlari haqida abituriyent va talabalarga oldindan, shaffof tarzda ma'lumot berilishi zarur bo‘ladi. Bu ma'lumotlar har yangi o‘quv yili boshida kitobcha tarzida talabalarga tarqatiladi yoki universitet veb-sahifasida yuklab olish mumkin bo‘lgan formatda joylashtiriladi.

O‘quv mashg‘ulotlarini shaffof tarzda tashkil etish


Hozirda mamlakatimizdagi aksariyat OTMlarda talabalar semestr boshida darslar boshlanishi arafasida faqat o‘sha semestrda o‘tiladigan fanlarning nomi, ularni o‘qitadigan o‘qituvchilar ismlari, darslar qaysi payt qaysi xonalarda o‘tishi haqida ma'lumotga ega bo‘ladilar, xolos. Talabalarga ushbu fanlarning maqsadlari, ularni talaba mutaxassis bo‘lib yetishishida tutgan o‘rni, talaba ushbu fanlar orqali qanday bilim, ko‘nikma va mahoratlarga ega bo‘lishi kutilayotgani haqida ma'lumot deyarli berilmaydi. Chunki amaliyotda universitet fanlari haqidagi bunday ma'lumotlar talabalarga tizimli, yaxlit va shaffof tarzda taqdim etilmaydi.
Kredit-modul tizimida esa OTMning har bir o‘qituvchisi o‘zining har bir fani bo‘yicha 4-5 varaqli fan dasturiga ya'ni «sillabus»ga ega bo‘lishi va uni semestr boshida talabalarga taqdim etishi kerak bo‘ladi. Fan dasturi o‘z ichida ushbu fanning maqsadlari, uning o‘quv dasturida tutgan o‘rni, talabaning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun ahamiyati, talabalar ushbu fanni o‘rganish natijasida nimalar qila olishi, ushbu fan bo‘yicha semestr davomida o‘rganiladigan mavzular ro‘yxati, talabalar foydalanishi zarur va mumkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati, baholash mezonlari haqidagi ma'lumotlarni qamrab oladi. Agar fan tanlanadigan fan bo‘lsa, talaba uchun bunday ma'lumotlarning ahamiyati yanada ortadi. Talaba, yuqorida aytilganidek, fanni tanlash yoki tanlamaslik bo‘yicha qarorga kelishi uchun fanning nomini yoki uni o‘qitadigan o‘qituvchining ismini bilishining o‘zigina kifoya qilmaydi. Talaba bunday qarorga kelishi uchun fan bo‘yicha yetarli ma'lumotga ega bo‘lishi kerak. Fan dasturidan ko‘zlangan maqsad juda oddiy – OTMlarda dars jarayonlarini shaffof, maqsadli va reja asosida tashkil etishga erishish. Bu amaliyot avvalambor o‘qituvchini o‘zi o‘qitmoqchi bo‘lgan fan maqsadlari va ahamiyatini o‘zi tushunib olishiga undaydi. Zero, afsuski, amaliyotda o‘zi o‘rgatayotgan fanining maqsadlarini bilmaydigan o‘qituvchilar ham yetarlicha. Agar o‘qituvchi o‘z fani maqsadlarini oldindan aniq belgilab olsa, u semestr davomida barcha ta'lim harakatlarini mana shu maqsadlarga erishishga qaratadi. Imtihonlar ham talabalarning shu ko‘zlangan maqsadlarga erishgan-erishmaganini tekshirishga qaratiladi. Agar fanning maqsadlari belgilanmasa yoki u talabaning mutaxassis sifatida shakllanishiga hizmat qilmasa, ushbu fan o‘quv dasturida qolishi to‘g‘ri emas. Lekin ushbu amaliyot OTM tomonidan o‘qituvchilar ustidan nazoratni haddan tashqari kuchaytirib yuborishiga, o‘qituvchilarni shu bahona jazolashga va qog‘ozbozlikka ham olib kelmasligi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan so`ng O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimida o`quv jarayonini kredit-modul tizimiga o`tkazish bo`yicha katta jarayon boshlandi. Dastlab 2020-2021 o`quv yilidan 2tadan 33tagacha bo`lgan oliy ta`lim muassasalari kredit-modul tizimiga o`tkazildi. Oliy ta`lim muassasalarining kreditmodul tizimiga o`tkazishdan maqsad xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000ta va 500ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish va O`zbekiston Respublikasini Bolonya dekloratsiyasiga a`zo bo`lishini ta`minlash. Xo`sh o`qitishning kredit-modul tizimi o`zi nima? U qachon paydo bo`lgan? Yuqoridagi savollarga javob berib o`tsak:
Kredit (credit)— talabaning alohida taʼlim yoʻnalishi yoki dasturi (kurs) boʻyicha fanlarni oʻqib oʻrganishi va oʻzlashtirishi uchun sarflangan oʻquv yuklamasining (vaqtning) oʻlchov birligidir. Kredit — talabaning meʼyoriy hujjat bilan belgilangan, 2019 yil 8 oktyabr PF-5847 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni 2 Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt oʻlchovidir. Talabaga kredit maʼlum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng beriladi. Har bir talaba kelajakda tanlagan yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha diplomga ega boʻlishi uchun kreditlarni yigʻib borishi lozim. Toʻplangan kredit talabaga butun umr davomida oʻzining malakasini oshirib borish yoki qoʻshimcha oliy maʼlumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, toʻplangan kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi.
Modul—bu, bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Xorijiy tajribaga koʻra, kredit-modul tizimida oʻquv jarayoni har semestrda 2 — 4tagacha moduldan iborat boʻladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini oʻzaro uzviy toʻldirish prinsipi asosida shakllantiriladi .
“Kredit soat” tizimi dastlab АQShda paydo boʼlgan va takomillashgan. 1869 yilda Garvard universiteti Prezidenti, Аmerika taʼlimining atoqli namoyandasi Charlz Eliot birinchi boʼlib “kredit-soat” tushunchasini kiritdi va 1870-1880 yillar davomida fan hajmini kredit-soatlarda oʼlchashga imkon beruvchi tizimni joriy qildi. 1892 yildan “kredit-soat” tizimini joriy qilishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Bunda АQSh milliy taʼlim qoʼmitasi “kollej-maktab” boʼgʼinini yaxshilash, oʼrta maktablarda oʼquv dasturlarini standartlash maqsadida nafaqat kollejlarda, balki oʼrta maktablar uchun ham “kredit” tushunchasini joriy qildi va keyinchalik bakalavriat dasturlari mazmunini baholashning kredit tizimini magistratura va doktorlik taʼlim bosqichlarigacha kengaytirdi. Oliy ta`lim tizimidagi fanlar katalogini qisqartirdi. O`qituvchilar va talabalar yukini kamaytirdi. O`qituvchilarni auditoriya dars mashg`ulotlari kamaytirildi. Talabalar uchun auditoriya2 mashg`ulotlari haftasiga 15 akademik soatni tashkil etdi. Bu esa o`z samarasini bera boshladi. AQSh kredit tizimi (USCS)dan andoza olgan holda yevropa (ECTS) kredit tizimi 1995 yilda, Buyuk Britaniya (CATS) kredit tizimi 1986 yilda, Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarining kredit tizimi (UCTS)- 1999-2004 yillarda sinovdan o`tdi va joriy etildi. Bizning oliy ta`lim muassasalarimizda asosan Yevropa (ECTS) kredit tizimi joriy qilindi. Dastlab yurtimizda Vazirlar mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi 569- sonli qaroriga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida 2018-2019 o`quv yilidan boshlab o`quv jarayoni kredit-modul tizimiga o`tkazildi. Kredit-modul tizimiga o`tgan oliy ta`lim muassasalarida quyidagi muammolar yuzaga keldi:
- Kredit tizimining mazmun-mohiyati to`la yetkazilmaganligi natijasida talabalarda turli xildagi (dars mashg`ulotlarini xech qanday sababsiz qoldirish, fanlardan berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida topshirmasliklari natijasida fandan to`plashi kerak bo`lgan kreditlarni berilmasligi, qayta o`qish uchun pulli kursda o`qishi kerakligi aytilganida oilaviy sharoiti pulli kursni ko`tarolmaslik xolatlari va boshqa) muammolar yuzaga keldi;
- OTMning kredit-modul tizimi bo`yicha mas`ul xodimlari tomonidan o`qituvchilarda kredit-modul tizimi tushuntirilmaganligi tufayli talabalarni baholashda balli tizimda baholamasdan eski baho tizimida baholab huquqiy hujjatni buzganlik xolatlari;
- OTMlaridagi kafedralar tomonidan fanlar modullashtirilmasdan, fan sillabuslari kredit-modul tizimining talabi darajasida qilinmasdan o`qitilishi;
- Talabarga o`tiladigan ma`ruza, seminar mashg`ulotlari xonasi talab darajasida jixozlanmasdan o`qitilishi;
- Talabalar bilan olib boriladigan amaliy, lobaratoriya mashg`ulotlar uchun o`z mutaxassisliklari bo`yicha o`quv lobaratoriya jixozlari zamon talabiga javob bermasligi ;
- O`quv xonalari va undagi jixozlar zamon talabi darajasida emasligi (ayrim oliy ta`lim muassasalarida);
- Oliy ta`lim muassasalarida o`qitish kredit-modul tizimida olib borilsada talabalarning dars mashg`ulotlariga qatnashishini (kredit-modul tizimida talabalarning dars mashg`ulotlariga qatnashishi erkin) OTM tomonidan qattiq nazorat ostidaligi;
- Fan o`qituvchilarining talabalarni baholashda (joriy, oraliq) fan o`qituvchisi kredit-modul tizimida yetarli tushunchaga ega bo`lmaganligi sababli qiyinchiliklarga duch kelayotganligi;
- Talabalarni malakaviy amaliyotga yuborilayotgan vaqtda OTM va tegishli tashkilot (korxona) bilan shartnoma tuzilayotganda tushunmovchilikka yo`l qo`yilayotganligi;
- Fan o`qituvchisi o`zining dars jadvalini erkin tuzaolmasliklari;
- Talabalar uchun fanni (tanlov fani uchun) va fan o`qituvchisini tanlash erkinligi berilmayotganligi va boshqa shunga o`xshash kamchiliklar yuzaga kelmoqda.
O`qitishning kredit tizimi dastlabki rivojlanish bosqichida Yevropa mamlakatlarida ham ayrim bo`shliqlar mavjud edi masalan, inventarizatsiyani tayyorlash bilan shug'ullanadiganlarning xususiy sektor tashabbuslari to'g'risida to'liq ma'lumotlarning yetishmasligi, buning uchta asosiy sababi borligi takidlanadi: - ularning hammasi ham har bir mamlakatga taalluqli emasligi; - tashabbuslarning yetishmasligi edi - tashabbuslar bo'yicha tadqiqotlar yo'qligi kompaniyalar o'z kadrlar strategiyasini oshkor qilishni istamasliklari sababli ma'lumot olish qiyinligi. Inventarizatsiya ushbu kamchilikni bartaraf etishga yordam beradi3 . Yuqorida aytib o`tilgan kamchiliklarni inobatga olgan xolda biz kredit-modul tizimi oliy ta`lim muassasalarida rivojlanishi va to`la yo`lga qo`yilishi uchun quyidagi takliflarni beramiz:

  • Oliy ta`lim muassasalarida kredit-modul tizimini professor-o`qituvchilari va xodimlarga yetkazish uchun biriktirilgan trener mashg`ulotni boshlashidan oldin o`zi kredit-modul tizimini yaxshilab o`rganib to`liq tushunchaga ega bo`lib so`ngra trenerlik vazifasiga kirishishi lozimligi;

  • Har bir fan sillabusi (ishchi o`quv dasturi) kredit-modul tizimiga asoslanib tuzilib dars mashg`ulotlari olib borilishi;

  • O`quv yilining boshlanishida kreditga kirish xaftaligida talabalarga kreditmodul tizimini to`la tushuntirish lozim (OTM tomonidan tayyorlangan trenerlar tomonidan);

  • Talabalarga fanni (tanlov fani uchun) va fan o`qituvchisini tanlash erkinligi berilishi kerakligi;

  • Professor-o`qituvchilar uchun (fandan dars mashg`uloti olib borgan guruh talabalarning 3,4,5 baholarning foizini hisoblab reytingni aniqlash) reytingni erkin bo`lishi;

  • Ma`ruza, seminar, amaliy, lobaratoriya mashg`ulotlarini olib borish uchun mo`ljallangan auditoriyalar zamon talabi darajasida jixozlanishi;

  • Fan o `qituvchilari uchun dars jadvalini tuzilishi erkin xolda bo`lishi;

  • Har bir OTMda yetishtirib chiqaradigan mutaxassisliklari bo`yicha OTM qoshida o`zining ishlab chiqarish tashkiloti (korxonasi)ni va xizmat ko`rsatish faoliyatini tashkil qilishi kerakligi (agarda sanab o`tilganlar tashkil etilsa talabalarni malakaviy amaliyotga yuborishda va ishga joylashtirishda, fanlardan kerakli kreditni to`play olmaganlar pulli semestrda o`qish uchun moddiy tomondan qiyinchiliklar tu`gilganida muammolar bo`lmaydi chunki talaba darsdan tashqari vaqtda korxonada mehnat qiladi, mehnat xaqqi esa OTMning hisob raqamiga pulli kurs uchun o`tkaziladi);

  • O`zbekiston Respublikasidagi OTMlarida tayyorlanadigan mutaxassisliklar uchun o`qitiladigan fan va fan sillabuslarining bir xil mutanosib bo`lishligi (talabalarning bir oliy ta`lim muassasasidan ikkinchisiga o`qishni ko`chirishda, OTMlari o`rtasida talaba va professor-o`qituvchilarni almashishda qulaylik tug`dirish uchun);

  • Fanlardan kerakli kreditlarni to`play olmagan talabalar uchun qishgi va yozgi pulli semestrlarni tashkil qilish kerakligi (pulli tashkil qilingan semestrdan tushgan pullardan OTMni o`quv-moddiy bazasini, professor-o`qituvchilarni rag`batlantirishga va kredit-modul tizimini rivojlantirishga sarflanadi);

  • Talabani dars mashg`ulotlariga qatnashishi erkin va baholashda kredit-modul tizimining baholash me`yorlariga amal qilgan holda baholash zarurligi.

Yuqorida sanab o`tilgan takliflarga amal qilgan holda OTMlarida o`quv jarayonini tashkil etsak albatta kredit-modul tizimini tadbiq etishda qulayliklar tug`iladi. Hindistonning Kelyani universiteti tadqiqotchisi Santu Bisvas o`zining ilmiy tadqiqot ishida Hindistondagi oliy ta'limning tanlov asosida kredit tizimining istiqbollari to`g`risida quyidagilarni aytib o`tadi:

- Bilim ta'minoti bilan aralashtirilgan mos keladigan oliy ta'lim tizimini rivojlantirish har bir talaba o'z ijodidan voz kechmasdan o'rganadigan qadriyatlar va mahorat amaliyoti;


- O'quvchilarga yo'naltirilgan ta'limni osonlashtiradigan o'quv dasturlarini ishlab chiqish;
- Hindistonda oliy ta'lim tizimida imtihon islohotlarini rivojlantirish;
- Oliy ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirish, talabaning fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun u oxir-oqibat uni ishga joylashish va qadriyatlarni birlashtirish uchun kerakli ko'nikmalar bilan jihozlangan bo'lishi kerakligini takidlab o`tadi4 .
Fan doktorlari Muhammad Hasan, Muhammad Parvez: kredit tizimining ijobiy tomonlari to`g`risida ilmiy tadqiqot ishlarida quyidagilarni ta`kidlab o`tgan: Tanlovga asoslangan kredit tizimining ijobiy tomonlari: - Buni o'qituvchilar markazidan o'quvchilar markaziga ta'limga katta siljish sifatida ko'rish mumkin;

- O'quvchilar imtihon bosimini yengish uchun qancha kredit bera olishlari mumkin;


- Bu o'quvchilarga asosiy fanlar bilan turli xil kurslararo fanlarni tanlashga imkon beradi;
- Bu o'quvchilarning bir muassasadan boshqasiga ko'chib o'tishiga yordam beradi; - Kredit tizimi orqali talabalarning har tomonlama rivojlanishi yoki talabalarning ko'p qirrali shaxsini rivojlantirish imkonini beradi5 deb takidlab o`tgan edi.

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda xulosa qilishimiz mumkinki OTMlarida kredit-modul tizimini joriy qilish va uni rivojlanishi OTMlarida yetishib chiqayotgan yosh kadrlarni o`z mutaxassisliklari bo`yicha yetuk kadr bo`lishi, ishga joylashishida, professor - o`qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga, OTMlarida o`quv-moddiy bazani rivojlantirishga, akademik mustaqilligini ta`minlashga, OTMlarida talaba, professor-o`qituvchilarni o`zaro almashishda (chet el OTMlari bo`ycha ham) qulayliklar tug`diradi, O`zbekiston Respublikasini Bolonya jarayonlarida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritishida va boshqalarni amalga oshirishda katta yordam beradi.


Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:

  • o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;

  • bitta fan, kurs (kredit)ning­ qiymatini aniqlash;

  • talabalar bilimini reyting ball asosida baholash;

  • talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;

  • ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish;

  • ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi.

Keling, shu o‘rinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv rejasining bir qismi. U talabalarda ma’lum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio ma’ruzalar o‘qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o‘rganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi. Xorijiy tajribaga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 2—4 tagacha moduldan iborat bo‘ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o‘zaro uzviy to‘ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish ­malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:

  • o‘quv maqsadi hamda vazifalarning to‘liq ochib berilishi;

  • talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim bo‘ladigan malakasiga qo‘yiladigan ­talablar;

  • modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya’ni ma’ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning rejasi, mustaqil ta’limni baholash uchun mo‘ljallangan topshiriqlar;

  • o‘qitishning qisqacha bayoni: ta’lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan ­iborat.

Kredit (credit) — talabaning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) bo‘yicha fanlarni o‘qib o‘rganishi va o‘z­lashtirishi uchun sarflangan o‘quv yuklamasining (vaqtning) o‘lchov birligidir. ­Kredit — talabaning me’yoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda ta’lim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o‘lchovidir. Talabaga kredit ma’lum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladi.Har bir talaba kelajakda tanlagan yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha diplomga ega bo‘lishi uchun kreditlarni yig‘ib borishi lozim. To‘plangan kredit talabaga butun umr davomida o‘zining malakasini oshirib borish yoki qo‘shimcha oliy ma’lumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, to‘plangan kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi. Kredit texnologiyasi ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini tanlash, bu orqali individual o‘quv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-o‘qituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu o‘quv jarayonlarini baholashning o‘ziga xos qiymat ko‘rsatkichi bo‘lib ham hisoblanadi.
Tarix va sabab
Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan bo‘lib, o‘quv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan. 1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika ta’limining taniqli arbobi Charlz Uilyam Eliot “kredit soati” tushunchasini iste’molga kiritadi. Shunday qilib, 1870—1880-yillarda kredit soatlari bilan o‘lchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit tizimi bilan o‘qish va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish talabalarga o‘quv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, ta’lim texnologiyalarini ­takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi. Kredit to‘plash o‘lchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni chog‘da, baholash tizimi va ta’lim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib keldi.
Bolonya deklaratsiyasida ko‘zda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan ­mustaqil ta’limga urg‘u qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga ­xizmat qiladi:
birinchisi, talabalar va o‘qituvchilarning mobilligini, ya’ni bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa OTMga to‘siqlarsiz, erkin ravishda o‘tishini (o‘qishni yoki ishni ko‘chirish)ni ta’minlaydi;
ikkinchisi, talabaning tanlagan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha barcha o‘quv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yig‘indisi talabaning tanlagan ­dasturi bo‘yicha nimani qancha o‘zlashtirganligini namoyon etadi.
Bolonya deklaratsiyasi: ortga nazar
Bugungi kunda ta’lim tizimiga daxldor bo‘lgan kishilar tomonidan Bolonya tizimi, uning ahamiyati bo‘yicha turli fikr-mulohazalarni eshitib qolamiz.
Xo‘sh, bu qanday tizim? Uning qanday afzalligi va salbiy jihatlari mavjud?
Ushbu tizimni yaratish uchun o‘tgan asrning 70-yillaridan Yevropadagi barcha oliy ta’lim muassasalarining integratsiyasini ta’minlash, oliy ta’limning yagona standartini yaratish, talabalar va o‘qituvchilar mobilligini yo‘lga qo‘yish, diplomlarni tan olish, talabalar bilimi, malakasi hamda ko‘nikmasiga qo‘yiladigan ballarni unifikatsiya qilish bilan bog‘liq bir qator muammolarni yechishga qaratilgan sa’y-harakatlar boshlab yuboriladi.
Mazkur harakatlarning samarasi o‘laroq, 1999-yilda Italiyaning Bolonya shahrida 29 ta mamlakat vakillari tomonidan Bolonya deklaratsiyasi imzolanadi. Bugungi kunga kelib, Bolonya jarayonida 48 ta mamlakat ishtirok etadi. Ularning orasida MDH mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston va Belarus ham bor. Bolonya tizimi bo‘yicha oliy malakali kadrlarni tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Odatda uch yildan kam bo‘lmagan bakalavrlar tayyorlash hamda 1-2 yillik magistratura bosqichi. Ko‘pgina ekspertlar Bolonya deklaratsiyasining qabul qilinishiga salohiyatli, iqtidori yuqori bo‘lgan talabalarni egallash, mehnat bozorida ularning bilimini qadrlash bo‘yicha AQSh bilan kechgan raqobatda Yevropa oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlari ceklanganligi, ko‘plab “aql sohiblari”ning ko‘hna qit’ani tark etib, Amerikaga ko‘chib ketish tendensiyasiga qarshi ko‘rilgan chora asosiy sababbo‘lganini e’tirof etadi.
Vazirlik nega Yevropa maktabiga ustuvorlik bermoqda?
Bugungi kunda mazkur kredit o‘lchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha to‘rtta model keng tarqalgan. Bular AQShning kredit tizimi (USCS); Yevropa mamlakatlarining kredit tizimi (ECTS); Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarining kredit tizimi (UCTS); Buyuk Britaniyaning kredit tizimi (CATS).
Ushbu modellarning ichida eng ko‘p tarqalgani AQSh va Yevropa modellaridir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kredit tizimini joriy etishda Yevropaning ECTS tizimidan foydalanishga ustuvorlik qaratyapti. Shu bois uning afzal jihatlari, qulayliklari, yutuq va kamchiliklari haqida ham to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bolonya deklaratsiyasining eng muhim jihatlaridan biri oliy ta’lim muassasalarining yagona “kredit tizimi”dan foydalanish (ECTS)ga asoslanadi. Kredit yoki kredit birligi — o‘quv rejasida hisobga olingan har qanday o‘quv faoliyatining ­qiymat ko‘rsatkichi hisoblanadi. ECTS tizimi Yevropa va umuman, Bo­lonya jarayoni ishtirokchi-mamlakatlari talabalariga katta afzalliklarni taqdim etadi. Masalan, talaba ta’lim olayotgan universitetida egallagan akademik bilimlarini shu tizimga a’zo mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarida tan olinishini, ya’ni o‘ziga xos “konvertatsiyasi”ni kafolatlaydi. Shu bilan birga, mazkur tizim a’zolariga talabalarni boshqa OTMga o‘qishini tiklash, ko‘chirish va tugatish imkoniyatini beradi. ECTS tizimi universitetlarga ham bir qator qulayliklarni taqdim etadi. Chunonchi, ma’lum bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar kesimida o‘quv jarayoni haqidagi axborotlarni aniq aks ettiruvchi o‘quv rejalarning o‘xshashligi hamda yagonaligini ta’minlaydi. Shuningdek, mutaxassislik darajasining tan olinishiga erishish maqsadida talabani qabul qiluvchi va jo‘natuvchi oliy o‘quv yurtlaridagi dasturlarning mazmunini oldindan kelishib olish imkonini beradi. Talabaning ta’lim olishi bilan bog‘liq barcha masalani hal etishdagi javobgarligi hamda mustaqilligi saqlanadi. Yevropa ta’lim tizimida o‘quv kurslari va barcha ta’lim jarayoni kreditlarda, O‘zbekiston hamda MDHning boshqa mamlakatlarida esa akademik soatlarda hisoblanib kelinadi. ECTS tizimi bo‘yicha har bir oliy ta’lim muassasasi kredit tarkibini, har bir modul bo‘yicha kreditlar sonini, qolaversa, har bir kurs va umuman, o‘qish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy miqdorini mustaqil belgilaydi. Amaldagi o‘qitish tartibidan farqli o‘laroq, kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari ham talabaning individual dars jadvaliga kiritiladi. Talabalar o‘qishdan haydalmaydi yoki kursdan-kursga qoldirilmaydi. qaysi fan (kurs)dan belgilangan kreditlarni to‘play olmasa, faqat o‘sha fanning o‘zidan qayta imtihon topshiradi, xolos. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom esa belgilangan kreditlar to‘plagandan so‘ng beriladi. ECTS tizimi bo‘yicha talabalarning bir yilda to‘plashi lozim bo‘lgan kredit miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir o‘quv yili ikki semestrdan iborat bo‘ladi deb ­olsak, talaba har semestrda 30 kredit to‘plab borishi lozim. Bakalavriat dasturi 3-4 yillik bo‘lsa, talaba bakalavr darajasini qo‘lga kiritishi uchun jami 180—240 kredit, 1-2 yillik magistra­tura dasturini tugallashi uchun esa, 60—120 kredit to‘plashi majburiyat hisoblanadi.
O‘zbekistonda ahvol qay ko‘rinishda edi?
Ma’lumki, bizda axborot manbai va turli xildagi xalqaro ma’lumotlar bazalariga kirish, ulardan foydalanish ma’lum darajada cheklanib qolgandi. Oqibatda oliy ta’limda professor-o‘qituvchilarning asosiy diqqati axborotni qidirib topish, uni o‘zlashtirish hamda dastlabki qayta ishlagandan so‘ng talabalarga tar­qatishga qaratildi. Ya’ni o‘qituvchilar shunchaki axborotni qabul qiluvchi va uzatuvchi subyekt edi, xolos.Bunda talaba o‘quv jarayonining obyekti sifatida axborotni qabul qiluvchi vazifasini bajarar, asosiy vaqtini auditoriyada ma’ruza mashg‘ulotlarini tinglashga sarflar edi. Bugungi kunga kelib esa axborotlar olamidan bahramand bo‘lishning tezlashgani, xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatlarining kengaygani, globallashuv jarayonlari jadallashgani bois talabalarning mustaqil ta’limini rivojlantirish masalasi kun tartibiga ko‘tarildi. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar o‘quv rejalari esa mehnat bozori ­talabi bilan bog‘lanmagan fanlar bilan to‘ldirilar, asosan, professor-o‘qituvchini ish bilan ta’minlash, unga auditoriya soatini chiqarib berish prinsipi nuqtayi nazaridan, shuningdek, kafedra mudirlarining o‘zaro kelishgan holda fanlarni taqsimlash asosida shakllantirilar edi. Talabaga fanlarni hamda professor-o‘qituvchilarni tanlash u yoqda tursin, zerikarli bo‘lgan mashg‘ulotlardan voz kechib, kutubxonada o‘qib-o‘rganishiga ham imkon berilmas edi. Talabaning dars mashg‘ulotlarini qoldirishiga jiddiy talafot sifatida qaralib, bir semestrda 30 soatdan oshsa ogohlantirish, 74 soatdan oshsa, talabalik safidan chiqarishgacha borilardi. Talabaga ushbu fan va o‘qituvchi yoqadimi-yoqmaydimi, berilayotgan bilimlar almisoqdan qolib ketganmi-ketmaganmi, auditoriyada o‘tirishi shart edi!
Xullas, an’anaviy tizimda talaba kelajakda qanday bilimlarni egallashi, qanaqangi professor-o‘qituvchilar dars ­berishi, yo‘nalish profili, fanlarning qisqacha mazmuni bo‘yicha hech qanday materiallar taqdim etilmasdi. Vaholanki, rivojlangan xorijiy davlatlarning barcha OTMda ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar to‘g‘risidagi hamma ma’lumotlar, xususan, o‘quv rejasida aks etgan fanlarning qisqacha sillabusi (fanning identifikatsiyasi, professor-o‘qituvchi haqida ma’lumot, dars tavsifi, fanning maqsadi, o‘rganish natijalari, o‘qitish metodikasi, fanning rejalari, adabiyotlar, baholash metodikasi), fanlar kesimida dars mashg‘ulotlarini olib boradigan professor-o‘qituvchilar hamda ularning erishgan yutuqlari, mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan qisqacha talablar, ya’ni qanday nazariy, amaliy bilim, ko‘nikma va kasbiy malakaga ega bo‘lishi bilan bog‘liq ma’lumotlar universitetlarning rasmiy veb-saytida ochiq-oydin e’lon qilingan bo‘ladi. Ayni paytda, ming afsuski, abituriyentlar universitetlarimiz saytlarida ushbu ma’lumotlarni topishga qiynalishadi. Bu bo‘yicha ham madaniyatni shakllantirish vaqti esa allaqachon kelgan.
ECTS talablari: dastlabki qadamlar
Yuqorida ta’kidlanganidek, an’anaviy o‘qitish tizimining salbiy jihatlaridan voz kechish va xalqaro standartlar talablari doirasida ishlarni tashkil etish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizning 33 ta oliy ta’lim muassasasida kredit-modul tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Barcha kuchlar ushbu tizimni yaratishga safarbar etilyapti.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan muntazam ravishda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot ishi va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, aynan kredit-modul tizimini yaqindan biladigan vatandoshlar tomonidan seminarlar tashkil etilib kelinayotgani bunga bir misoldir. qolaversa, o‘zini o‘zi moliya­lashtirishga o‘tgan 10 ta oliy ta’lim dargohiga “El-yurt umidi” jamg‘armasi huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengashi a’zolaridan bir nafardan ekspert maslahatchi sifatida biriktirib qo‘yilgan. Mazkur jarayonlarni to‘laqonli amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasasida tegishli bo‘linmalar ham tashkil etilyapti.
Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi faoliyat yuritmoqda. Ushbu bo‘lim tomonidan 2020/2021-o‘quv yilidan universitetda o‘qitiladigan barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning ECTS kredit-modul tizimiga to‘liq transformatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.
Transformatsiya jarayonlari boshlandimi?
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, universitetda bakalavriyat bosqichida bir semestrda o‘qish 15 hafta va attestatsiya uchun 6 (bir semestrda 3 hafta imtihonlar uchun ajratilgan) hafta ajratilmoqda. Shunda 4 yilda o‘qish haftalari soni 144 tani, attestatsiyalar 24 haftani hamda umumiy ta’tillar bilan hisoblaganda jami 204 haftani tashkil etmoqda. Barcha ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar o‘quv rejalarida har bir bosqichda fanlar ikki qismga, ya’ni asosiy va tanlov fanlariga ajratilgan holda aks ettirilmoqda. ECTS talabidan kelib chiqib, talabaga har yili 60 kreditdan 4 yil ichida jami 240 kreditni to‘plash majburiyatini yuklash rejalashtirilmoqda. Shunda talaba 4 yil davomida ma’ruza, amaliy hamda laboratoriya mashg‘ulotlari va imtihon jarayonlarida ishtirok etishiga 2880 soat, mus­taqil ta’limga 4320 soat, jami 7200 soat vaqt sarflashi lozim bo‘ladi. Bizning misolimizda 1 kredit = 12 akademik soat + 18 soat mustaqil ta’limni tashkil etadi. Shu bois 1 kredit 30 soatga teng deb qaralib, talabaning haftalik auditoriya yuklamasi 20 soatga teng. Malakaviy amaliyot uchun ajratilgan kredit miqdori tegishli fan yoki fanlar hisobiga amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.


Download 75.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling