«Himoyaga ruxsat etilsin» Pedagogika fakulteti dekani J. E. Usarov


Download 229 Kb.
bet9/10
Sana20.12.2022
Hajmi229 Kb.
#1040668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi Alimbayeva 26 mavzu

Xulosa .
Faqat bir tomon aybdor bo’lganda edi, janjal bu qadar uzoq cho’zilmasdi (F.Laroshfuko) Ma’lumki, barcha janjallarning o’ziga xos xususiyati ikkala tomonning zaifligidir ( F.Volter) G’azabning emas, aqlning ovoziga quloq sol (V.Shekspir)
Janjallashayotgan ikki kishining aqllirog’i – ko’proq aybdor (I.Gyote) Mard kishiga qaraganda qo’rqoq odam ko’proq janjal chiqaradi (T.Jefferson) Nafrat – razillikni, ba’zan aqli zaiflikni yashiruvchi niqobdir, nafrat sahovat, aql va odamlarni tushunish xislati yetishmasligining belgisidir. (A.Dobe) So’kinish odati kuchaygani sari beixtiyor yomon xatti-harakatlarga moyillik ham kuchaya boradi. (Aristotel) G’azab bilan boshlangan narsa uyat bilan tugaydi.(L.N.Tolstoy) G’azab ustida jazo berish jazolash emas – qasd olishdir.(P.Buast) G’azab uchun dalilning keragi yo’q. U faqat sabab axtaradi.(I.Gyote)Mehnat jamoasida xodimlar o’zaro bir-birlarini hurmat qilish va bir-birlariga zarar yetkazmaslikka harakat qilib ishlaydilar. Ammo shunga qaramasdan ba’zan ular o’rtasida, ko’proq jamoa rahbarining o’z qo’lidagi xodimlarga nisbatan jamoa etikasining buzilish hollari uchrab turadi. Konflikt vaziyat bo’yicha belgilangan qaror va xulosalarning o’z vaqtida joriy etilishini ta’minlash zarur. Konflikt vaziyatda bir marta qaror qabul qilib, qaror qabul qilingandan so’ng konflikt o’z-o’zicha yechiladi, deb o’ylash noto’g’ridir. Konflikt yechimi bilan aloqador bo’lgan qarorlarning bajarilishigina konfliktning haqiqiy yechimi bo’la oladi. Vaziyat konflikt yechimi topilganini ko’rsatishi mumkin, ammo ana shu konflikt yechimi amalga oshirildimi, bu sizning keyingi sayi-harakatlaringizga bevosita bog’liq bo’ladi. Agar siz konflikt yechimi topilganligi bosqichida muallaq turib qolsangiz, konflikt o’z yechimi ijrosi hech qachon topmaydi, konflikt – konflikt vaziyatida qolib ketaveradi. Shu bois, ziddiyatga doimiy e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Shunday qilib, konfliktlarni boshqarish usullari mavjud bo‘lib, har bir inson o‘z xarakteriga oid usulni qo‘llaydi. Konfliktlarni boshqarish usullarini bilish esa insonga o‘zini yaxshi anglashi va o‘z qadamlarini tahlil qila olishi uchun yordam beradi va ko‘maklashadi. Har bir usul afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Shu bois, afzalliklarni kuchaytirish va kamchiliklardan o‘z xatti-harakatlarini tozalash ziddiyatli vaziyatlarda nizolarning oldini olishga imkon yaratadi.
Konfliktlarni boshqarish usullari insondan o‘ziga hos malakalarni talab qiladi va aslida konfliktlarni boshqarish oson ish emas. Ammo konfliktlarni boshqarishga o‘rgangan inson har doim o‘z hayotini, atrofidagilar hayotini muammolardan tozalab, ularning to‘g‘ri, adolatli va osuda yashashlari uchun muqobil shart-sharoitlar vujudga keltira oladi. Konfliktli vaziyatlarda konfliktni boshqarishning to’g’ri yechimini topa olish insonning o’ziga bog’liq.


Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling