Himoyaga tavsiya etildi


Download 85.26 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi85.26 Kb.
#1391386
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qodirov Sheralining


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
MOLIYA” KAFEDRASI
Qodirov Sheralining
Moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy va huquqiy asoslari.

KURS ISHI


“HIMOYAGA TAVSIYA ETILDI” Ilmiy rahbar: _____________
“Moliya” kafedrasi ________ __________________ mudiri

________ ________________ “____” ____________ 2023-yil


“____” ____________ 2023-yi


SOLIQ NAZORATI TASHKIL ETISH VA UNI AMALGA OSHIRISH


MUNDAREJA:


KIRISH
I.BOB SOLIQ NAZORATI TASHKIL ETISH VA UNI AMALGA OSHIRISH
1.1 § Soliq xizmati va bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslari
1.2 -§. O‘zbekiston Respublikasi soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilish

II-BOB. SOLIQ XIZMATI ORGANLARINING BOSHQA ORGANLAR VA TASHKILOTLAR, MOLIYA-KREDIT MUASSASALARI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGI.


2.1-§.  Davlat soliq qo‘mitasining vazifalari va funktsiyalari.
2.2-§.  O‘zbeksiton Respublikasi soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi iqtisodiy rivojlanishning yangicha shart-sharoitlari soliqqa tortishning mutlaqo yangi tizimini joriy qilishni talab qildi va bunday tizimning birmuncha optimal darajada amal qilishini ta’minlaydigan mexanizmning yangi tuzilmasini yaratishni taqozo etdi.
Respublikamizda hozirda amal qilayotgan soliq va bojxona ido­ralari tizimi o‘zining muayyan tarixiga ega. Soliq idoralari sobiq Ittifoqda 60-yillarda ham mavjud edi va ularning tuzilmasi, tabiiyki, O‘zbekiston hududida ham amal qilardi. Keyinchalik ular faoliyati to‘xtatib qo‘yildi va faqat 1990 yil 12 mayda qabul qilingan «Davlat soliq inspektsiyalarining huquqlari, vazifalari va mas’uliyati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, 1990 yilning 1 iyulidan boshlab qayta tiklandi. Biroq bu tuzilmalar moliya organlari tizimida amal qilar edi.
Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990 yilning oxirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Dav­lat moliya-soliq bosh boshqarmasini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Qarori (1990 yil 17 dekabrdagi 383-sonli) qabul qilingan­idan so‘ng faollasha boshladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq ido­ralari to‘g‘risida»gi 1991 yil 14 iyundagi Nizomi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to‘g‘risida»gi 1991 yil 12 avgustdagi 217-sonli Qarori qabul qilinganidan keyin davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatidagi soliq idoralarining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishiga asos solindi. Respublika davlat boshqaruvining mazkur tu­zilmasi 1994 yilgacha, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasi O‘zbekiston Res­publikasi Davlat soliq qo‘mitasiga aylantirilgunga qadar faoliyat ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funkktsiyalari vakolat doirasi va faoliyatining tashkiliy asoslari O‘zbekiston Respubli­kasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat so­liq qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida»gi 1994 yil 18 yanvardagi Farmoniga muvo­fiq va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi masalalari to‘g‘risida»gi 1994 yil 18 martda qabul qilgan Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbe­kiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida»gi Nizomga binoan belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga binoan Davlat soliq qo‘mitasi soliq va bojxona siyosatini amalga oshirish, shuningdek davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlash sohasida davlat nazorati organi ekanligi belgilab qo‘yildi. 1997 yil bojxona ishini tashkil etishni takomillashtirish, yagona bojxona siyosatini olib borish, respublika boj­xona organlari faoliyatining tezkorligi va ta’sirchanligini oshirish, ularning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish, shuningdek, bojxona ishi sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kuchay­tirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekison Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mi­tasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1997 yil 8 iyuldagi PF-1815-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tash­kil etish to‘g‘risida»gi 1997 yil 30 iyuldagi 374-son Qaroriga muvofiq Davlat Bojxona Qo‘mi­tasi tashkil etildi, ya’ni soliq va bojxona faoliyatining funktsiyalari bir biridan ajratildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi 1997 yil 29 avgustdagi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘ri­sida»gi 1998 yil 12 yanvardagi Qaroriga muvofiq soliq organla­rining asosiy funktsiya va vazifalari belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrining davlat soliq boshqarmalari, viloyat davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspektsiyalari davlat soliq xizmatining quyi organlari hisoblanadi.Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonun va boshqa qonun hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident farmonlari va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekis­ton Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi.Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatini davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlaridan mustaqil ravishda, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.

Download 85.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling