Himoyaga tavsiya etildi
O‘zbeksiton Respublikasi soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi
Download 85.26 Kb.
|
Qodirov Sheralining
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
2.2 O‘zbeksiton Respublikasi soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi
Avvalo mazkur organlar oldida turgan vazifa va maqsadlarning umumiyligini ta’kidlab o‘tish kerak bo‘ladi. Moliya vazirligi moliya tizimi tarkibiga kiradigan organlarni boshqarish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi mexanizmining yaxlitligini, bozor munosabatlarining shakllanishi va aholini ijtimoiy himoyalash sharoitida narxlarni tartibga solishning iqtisodiy usullarining ahamiyatini kuchaytirishni ta’minlay borib davlatning moliyaviy, valyuta, narx-navo, monopoliyaga qarshi siyosatiga muvofiq keladigan soliq siyosatini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining soliq va moliya organlari korxonalarning xorijiy valyutadagi mablag‘larini majburiy tartibda sotilishi lozim bo‘lgan summalarini, shuningdek korxonalarning to‘laydigan soliqlarining to‘g‘riligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.Davlat soliq qo‘mitasi bilan respublikaning bank tizimi o‘rtasida g‘oyat mustahkam hamkorlik qaror topgan. Ular o‘tkaziladigan valyuta operatsiyalarining amaldagi qonunlarga muvofiqligini va buning uchun zarur ruxsatnomalarning mavjuddigini, rezidentlarning byudjetga soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lashga oid majburiyatlarini, shuningdek, xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga sotishiga doir majburiyatlarini bajarishlarini, valyuta mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishni, xorijiy valyutadagi to‘lovlarning asosliligini, nihoyat, valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisob va hisobotning to‘liqligini va ob’ektivligini birgalikda tekshiradi.O‘zbekiston Respublikasining barcha bank muassasalariga soliq boshqarmalari va inspektsiyalarining taqdimnomalariga binoan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisobvaraqlaridan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga oid qarzlar summasini muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,07 foiz miqdoridagi penyani hisoblagan holda undirib olish huquqi berilgan.Bank yoki kredit muassasasining aybiga ko‘ra soliq to‘lovchining to‘lov topshiriqnomasi ijro qilinmagan hollarda esa ushbu bank yoki kredit muassasasidan soliq to‘lovchining yoki soliq idorasining topshiriqnomasi kelib tushgan kundan keyingi uchinchi kundan boshlab to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun soliqning to‘lanmagan summasidan belgilangan tartibda penya undirib olinadi. Penyaning undirilishi bank yoki kredit muassasasini soliqqa oid topshiriqlarni bajarishdan ozod qilmaydi.Davlat soliq qo‘mitasi asosiy faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi soliqlarga oid qonunlariga rioya qilinishi, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida respublika huquqni muhofaza qilish organlari tizimi bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish zarurati paydo bo‘ladi.Davlat soliq qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va va ularning joylardagi bo‘linmalari bilan amaliy hamkorligi ularda davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan qator umumiy vazifalarning mavjudligi bilan bog‘liqdir. Ularning har biri o‘z vakolatlari doirasida tegishli vosita va usullar orqali iqtisodiyotdagi jinoiy vaziyat xususida zarur axborotlarni yig‘ishni amalga oshiradi, ularni tahlil qiladi va aniqlangan huquqbuzarliklarga nisbatan choralar ko‘radi.Bunday chora-tadbirlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi bajaradigan chora-tadbirlarga katta ahamiyat beriladi, bu organ soliq va bojxona idoralaridan huquqni muhofaza qilish organlariga beriladigan materiallarni ko‘rib chiqilishi ustidan amaliy nazorat yuritilishini ta’minlashi va ushbu materiallar yuzasidan qo‘zg‘atiladigan jinoiy ishlar bo‘yicha tekshiruvlarning borishi, to‘liqligi, sifati va muddatlari ustidan kat’iy nazorat yuritishi, sudlarning bunday ishlarni ko‘rib chiqishida prokurorlarning albatga ishtirok etishlarini ta’minlashlari lozim bo‘ladi.Soliq idoralarining rahbarlari o‘z xizmatlari va bo‘linmalarining O‘zbekiston Respublikasining soliqqa oid qonunlari buzishlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga barham berishga, shuningdek o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa masalalarni hal etishga oid harakatlarini doimiy ravishda muvofiqlashtirib turishlari shart. Shu maqsadlarda ishchi guruhlari tashkil etilishi, kelishilgan harakatlar uchun manfaatdor bo‘linmalar vakillarining muntazam tarzdagi uchrashuvlar o‘tkazilishi, eng muhim muammolar esa hay’atlarning birgalikdagi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishi mumkin.Birgalikdagi ishlar bo‘yicha yagona dalolatnoma tuziladi va uni bir tomondan, ushbu tekshirishni o‘tkazgan xodimlar, ikkinchi tomondan esa, tekshirilgan korxona, muassasa, tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan fuqaro imzolaydi.Xulosa qilib aytganda, respublikamizda soliq xizmati organlari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifa va funktsiyalarga muvofiq bir qancha organlar va tashkilotlar, moliya-kredit muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi. Bunday hamkorlik respublikaning barcha hokimiyat idoralari, jumladan, respublika prezidenti, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, sud organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Xulosa Davlat soliq qo‘mitasining ushbu idoralar bilan hamkorligi ko‘pincha qonuniy aktlarni ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash kabi masalalarda ifodalansa, uning moliya-kredit muassasalari bilan hamkorligi bevosita soliqlarni undirib olishga qaratilgan vazifalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar tegishli qarorlar hamda qoidalar bilan mustahkamlanayotir. Jamiyat ularni bajarmasdan o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga, ya’ni iqtisodiy o’sish, moliyaviy barqarorlik, fuqarolarning turmush darajasini oshirish, ularning xavfsizligini ta’minlash va boshqa maqsadlarga eria olmaydi. Nazorat teskari aloqa shakli hisoblanadi, ayni paytda boshqaruv qarorlari bajarilishining katalizatori rolini o’ynaydi. Boshqarilayotgan obyektning haqiqiy ahvoli to’g’risida ma’lumot olib va uni tahlili qilib vaziyatni yaxshilashga qaratilgan me’yoriy hujjatlar, boshqaruv qarorlari qabul qilish orqali muqobil tadbirlarni amalga oshirish zarurati to’g’risida xulosa qilish mumkin. 1-rasm. Moliyaviy nazoratning turlari Hozirgi paytda korxonalar mustaqil xo’jalik subyektlariga aylanayotganligi, vertikal aloqalar o’rnini gorizontal aloqalar egallayotganligi, ilgari mavjud bo’lgan taqsimlash munosabatlari o’zgarayotganligi munosabati bilan iqtisodiyot fanida nazorat muammosi oldingi o’ringa chiqib, dolzarb masalalardan biriga aylanadi. Nazorat muammosini o’rganayotgan mualliflarning umumiy fikricha, nazorat boshqaruvning organik qismi bo’lib, usiz har qanday darajada malakali boshqaruvni amalga oshirib bo’lmaydi. Boshqaruv tizimi qanchalik murakkab bo’lsa, nazorat ham shunchalik xilma-xil va malakali bo’lishi lozim. Iqtisodiy adabiyotlarida nazorat davlat va jamiyat hayotining belgi (atribut)laridan biri, iqtisodiyot normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo’lgan shartlardan biri sifatida tavsiflangan. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.Download 85.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling