‘’Himoyaga tavsiya etilsin’’ Tabiiy fanlar fakulteti dekani b f. d professor: K. A. Saparov
I.BOB.LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI VA LOYIHALASH YO’LLARI
Download 52.47 Kb.
|
Baratova Muxlisa
I.BOB.LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI VA LOYIHALASH YO’LLARI.
1.1. Loyihalash texnologiyasining о ‘ziga xos xususiyatlari. O`quv loyihasining metodik pasporti bu – o`quv loyihasining mazmun-mohiyatidan kutiladigan maqsadi, o`quv dasturidagi o`rni to`g`risida qisqacha tavsif hisoblanadi.Tadqiqot loyihasi pasporti mualliflar va loyiha rahbari tomonidan to’ldirilib, unda o’quv loyihasining nomi, loyihaning maqsadi va vazifalari, loyiha muallifi, loyiha rahbari va konsultantlari, loyiha turi aks ettiriladi.O’quv loyiha faoliyatida o’quvchilarda tadqiqotchilik, ijodiy, o’yin, axborot izlanish faoliyatlarini qamrab olib, ijtimoiy ehtiyoj qiziqishlar hisobga olinadi, natijaga aniq yo’naltiriladi.Agar nazariy muammoni loyihalash lozim bo'lsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo bo'lsa, amaliyotga qo'llash masalasi bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim. O'quvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini egallagan bo'lishlari, muammoni anglash va uni hal etish yo'llarini izlashlari bu borada aw al o'zlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bog'lanishlarini tasaw ur qilishlari zarur. Loyihalash texnologiyasining asosiy mohiyati ma’lum bir muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali o'quvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini shakllantirish, ularning tegishli bilimlarni egallashlari, fanlararo bog'lanishlarni amalga oshirish sanaladi. Loyihalash texnologiyasining asosiy tezisi: «O'rganilayotgan bilim, ko'nikmalar menga nima uchun zarurligi va undan qayerda va qay tarzda foydalanishni bilaman» sanaladi. Bu tezis o'quvchilarning fan asoslarini ongli o'zlashtirishlari, hayotga moslashishlari va mo'ljalni to'g'ri olishlariga yordam beradi. Biologiyani o'qitishda o'qituvchi loyihalash texnologiyasidan o'quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda nafaqat darsda o'quv muammolarini hal etishda, balki darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham ijodiy muammolarni hal etishda foydalanishi zarur. Loyihalash texnologiyasida foydalanish o'quvchilarga individual va differensial yondashish imkonini beradi. Har bir loyiha o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi, shu sababli ular ma’lum belgilariga ko'ra quyidasicha tasniflanadi: Download 52.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling