Sana: Sinf: 3 Fan nomi


Download 368 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi368 Kb.
#1269418
Bog'liq
3-sinf Ona tili va o`qish sa.Ishlanma


Sana:
Sinf:3
Fan nomi:Ona tili va o’qish savodxonligi
Texnologik xarita

T/r

Dars qismlari

Vaqti

1

So‘zlarni mustahkamlaymiz

5 daqiqa

2

Shu so‘zlarni bilasizmi?

5 daqiqa

3

O‘qiymiz – o‘rganamiz

5 daqiqa

4

Mana, endi ayting-chi...

15 daqiqa

5

Buni uddalaysiz!

5 daqiqa


Darsning mavzusi: Ota-onamning kasbi
Dars maqsadi:
a)ta’limiy maqsad: o‘quvchilarning kasblar haqidagi bilim, ko`nikma, malakalarini aniqlash
b)tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda ota-onaga,oilaga bo‘lgan hurmatni shakllantirish.
d)rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning kasblar haqidagi mavjud bilimlaridan kompetensiyalar hosil qilish
Dars turi:amaliy dars.
Darsda qo’llangan metodlar:savol-javob,suhbat,anketa,aqliy hujum
Darsda foydalaniladigan jihozlar:texnik vositalar,taqdimot,ko’rgazmali va didaktik materiallar.
So‘zlarni mustahkamlaymiz: o’qituvchi darsga kiradi,o’quvchilar bilan salomlashadi,davomatni aniqlaydi,kun yangiliklari haqida to’xtalib o’tadi.
1) boylik 2) darslik 3) bolalik 4) do‘stlik
O ‘qituvchi: -lik qo‘shimchasi haqida tushuncha bering. Bu qo‘shimcha nutqimizda yangi so‘zlar hosil qilish uchun xizmat qilishini tushuntiring. Masalan,
Sog‘lik, boylik
Birgalikda berilgan so‘zlardan so‘z birikmalari hosil qiling. Masalan, shodon bolalik, qiziqarli darslik, katta boylik


1) narvon 2) zafar 3) kamol
Shu so‘zlarni bilasizmi?:
O‘qituvchi: Qadirli bolajonlar e’tiboringizi so‘zlarga qarating. O‘qituvchi so‘zlarni o‘quvchilar bilan birgalikda o‘qiydi va ularning ma’nosini so‘raydi. Misollar, sinonimlar bilan tushuntiradi:
1) narvon – zinapoya
2) zafar – g‘alaba
3) kamol – yuksalish
O‘qituvchi: Bolajonlar yangi so‘zlar ishtirokida so‘z birikmalari tuzishga harakat qiling. Masalan, ulkan zafar, temir narvon.
O‘qiymiz – o‘rganamiz:

O`qituvchi: Bolajonlar sarlavhani o‘qing. Rasmda nima tasvirlanganini ayting Sarlavha nomi va rasmga qarab, hikoya nima haqida ekanini taxmin qiling.
Endi qadirli o‘quvchilarga matnni ovoz chiqarmay o‘qing .
O`quvchilar matnni ovoz chiqarmay o`qishadi.
Matnda yangi so‘zlarning ishlatilishiga e’tibor bering, matndagi voqealar rivoji, hikoya qahramonlari va voqea joyini eslab qoling
O’quvchilardan ota-onanising kasbi so’raladi.Anketa metodi orqali ularning kasbini o’rganib olish ham mumkin.Kasbga fidoiylik,kasbdoshlariga bo’lgan hurmat-e’tibor,halollik,o’zgalarning mehnatini qadrlash va shu kabilar o’rgatiladi.O’quvchilarga kasb va hunarning o’zaro farqi o’rgatiladi va ularga misollar aytish orqali mustahkamlanadi.Tushuntirish davomida suhbat,tushuntirish kabi metodlardan foydalaniladi.AKT vositalaridan keng foydalaniladi.
Mana, endi ayting-chi...: - Keling, savollarni ko‘rib chiqamiz. Ba’zi savollarning javoblari matnda berilgan, ba’zi savollarga javob toppish uchun esa hayotiy tajribamiz talab etiladi. Savollarni birga o‘qiymiz. O‘quvchilardan qaysi savollarning javobini matndan va qaysilarini hayotiy tajribalari yordamida topganlarini so‘raymiz.
1. Ustozlar bizning kelajagimizga qanday ta’sir qilar ekan? Kerakli misralarni qaytadan topib o‘qib bering.
2. Shoir “Biringiz Otamdek, biringiz Onam” deganda nimani nazarda tutgan?
3. “Sochingiz oqarib misli qorlaydi” misrasini qanday tushundingiz?
4. She’rdagi ustoz tasviri sizning ustozingiz qiyofasiga qanchalik o‘xshash?
5. Ustozimiz biz bilan faxrlanishi uchun nima qilishimiz lozim?
Tarqatma materiallari orqali “Kasbni top” o‘yini o‘tkaziladi.Tarqatma materillariga kasb nomlari yoziladi va o’quvchilarga tarqatiladi.Ular navbatma-navbat chiqib, pontamimika orqali qolganlarga kasb tushuntirishadi.Bu orqali o‘quvchilarning kasblar haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlash mumkin.
Buni uddalaysiz! Birgalikda ustozning fazilatlarini doskaga yozing. Masalan, fidoyi, mehribon, jonkuyar, bag‘rikeng … .
Ustozlar bayramiga tabriknoma yozish uchun tayanch so‘zlar toping. Masalan, qadrli, sizni, bayram, mashaqqatli, kasb, shogird, baxtimiz, tolmang kabi.
O‘qituvchi: Uyda tayanch so‘zlardan foydalanib tabriknoma yozib kelish.
O‘quvchilarga o‘z ota –onalarining kasblari haqida matn tuzib kelish uyga vazifa qilib beriladi.
O‘quvchilarni baholash:Darsda faol ishtirok etgan va o’tgan mavzu bo’yicha uyga berilgan vazifani a’lo darajada bajarganlar baholanadi va rag’batlantiriladi.




Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling