44
O‘zim, o‘zing, o‘zi so‘zlari ba'zan egalik qo‘shimchalariga
mos kishilik
olmoshlari bilan
mening o ‘zim, sening o ‘zing, sen o‘zing, uning o‘zi, u o‘zi tarzida
qo‘llaniladi va bu vaqtda ko‘pincha kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi
yuklanadi.Qoidalar asosida o‘quvchilar bilan mashqlar orqali ishlansa maqsadga
muvofiq bo‘ladi
.
17-dars ‘‘So’roq olmoshlari’’ haqida.
Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsado‘rin, payt haqida
so‘roqni bildiruvchi olmoshlar so‘roq olmoshlari sanaladi.Ularga Kim?, Nima?,
Qayer?, Qaysi?,Qachon?, Qayerda? kabi olmoshlar kiradi.So‘roq
olmoshlari
ishtirok etgan gaplar
so‘roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar so‘roq
ohangi bilan
talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi.
18-dars ‘‘ Belgilash olmoshlari’’ haqida.
Har so‘zi so‘roq olmoshlariga,
bir so‘ziga qo‘shilib to‘pdan ajratilgan shaxs,
narsa, belgilarni bildiradigan belgilash olmoshlarini hosil qiladi.
Hamma, barcha, bari, butun olmoshlari esa shaxs, narsa,belgi,
harakatlarni
jamlab ifodalaydi.Hamma narsa, hamma shaxs,barcha
inson butun olam kabi
tarzida yasaladi.
Demak, to‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi,
harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar belgilash olmoshlari sanaladi.
19-dars ‘‘ Gumon olmoshlari’’ haqida.
So‘roq olmoshlariga va
narsa so‘ziga
alla- yoki
-dir qo‘shimchalarini
qo‘shish yoki bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi.
Alla- qo‘shimchasi so‘roq
olmoshlari oldidan,
-dir qo‘shimchasi esa so‘roq
olmoshlari so‘ngidan qo‘shiladi.
45
Har ikki qo‘shimcha asos qism bilan qo‘shib yoziladi.
Narsa so‘zi faqat
-alla
qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi.
Bir so‘zi
kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib bu so‘zlarga gumon
ma’nosini yuklaydi. Ularni
kimdir, nimadir, qachondir singari
gumon olmoshlari
bilan almashtirish mumkin. Bunday vaqtda
bir so‘zi gumon olmoshi o‘rnida
qo‘llangan bo’ladi.
Shu bilan birga birov so‘zi ham
kimdir so‘zi bilanerkin
almashina olganligi uchun gumon olmoshi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: