Himoyaga tavsiya etilsin”


X.Xulosa. XI. Uyga vazifa


Download 355 Kb.
bet23/25
Sana22.03.2023
Hajmi355 Kb.
#1286699
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari

X.Xulosa.
XI. Uyga vazifa. Uyga vazifa. Sh.Xolmirzayevning “Olis yulduzlar ostida”, “Sog‘inch”, “Ko‘kboy”, “Yovvoyi gul”, “Sirli militsioner”, “Bir guzar odamlari”, “Qorbobo keladi”, “Kechagi kun kecha” kabi hikoyalari matnidan paremiologik birliklarni aniqlang, ma’nosini izohlang va daftaringizga ko‘chirib yozing.
XULOSA
O‘zbek adabiy tilining bugungi taraqqiyot darajasi uning tarixiy-tadrijiy rivojlanish bosqichlari bilan belgilanadi. O‘zbek tilininng leksikasi boyishi jarayonini kuzatish badiiy asar tili va uning uslubiy xususiyatlarini diaxronik va sinxronik yo‘nalishda o‘rganish tilshunoslikning asosiy vazifalaridan biridir. Nasr tili ma’lum darajada nazm tilidan farq qiladi. Nasr tilida ma’lum joy xususiyatlarini aks ettirish jarayonida qahramonlar nutqi orqali dialektal so‘zlar kasb-hunarga oid atamalar, jargonlar va shunga o‘xshash leksik vositalardan keng foydalaniladi. Nasr tili leksik jihatdan badiiy uslubning ajralib turuvchi turidir. Bu janrga xos xususiyatlar, har bir asarning o‘ziga xos leksikasida namoyon bo‘ladi.
O‘zbek tili leksikasini o‘rganishda Sh.Xolmirzayev hikoyalarining o‘ziga xos o‘rni bor. Ijodkorning turli mavzuga bag‘ishlangan hikoyalarida badiiylikni oshirish, shu bilan birga o‘quvchida real tasviriy holatni ishontira bilish, emotsional bo‘yoqdor so‘zlardan foydalana bilish o‘ziga xos uslubda adabiy til normasi sifatida tasvirlay olish so‘z san’atkoridan katta mahorat talab etishi kuzatiladi.
Akademik Sh.Xolmirzayevning badiiy asarlarida hayotning turli jabhalariga taalluqli bo‘lgan so‘z va atamalar ijodkor uslubiga xos o‘z badiiy ifodasini topgan. Bu esa, albatta, so‘z san’atkorining dunyoqarashi bilan bogliq kuzatuvchanlik, turli sohalarga bo‘lgan qiziquvchanlik, ayniqsa, umuminsoniy g‘oyalar bilan yo‘grilgan ijtimoiy, tabiiy sohalarga nisbatan chuqur mulohazakorlikdan darak beradi. So‘z ustasi asarlari oddiy xalqning mayda kosiblikdan tortib, bozor muomalasi savdo-sotiq bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlar, shuningdek turli toifadagi insonlar hayotida ro‘y bergan hodisalar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar tafsiloti ijodkor tafakkuridan chuqur joy olgan.
Har bir xalqning, millatning milliy qadriyati, dunyoqarashi tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar, jumladan, adabiy-tarixiy manbalarda o‘z ifodasini topgan. Shu bois badiiy asarlarni tadqiq etish, ilmiy, ma’rifiy, axloqiy-ma’naviy qiymatini belgilash, badiiy jihatlarini yoritish, til xususiyatlarini o‘rganish filologik sohaning asosiy masalalaridan hisoblanadi.
Yozma manbalar yoki ma’lum davr adabiy tili leksikasini mavzuiy guruhlarga bo‘lib o‘rganish xalq tarixining muhim qirralarini yoritishda asosiy omil sanaladi. Sh.Xolmirzayev hikoyalari leksikasi ijtimoiy hayotning turli sohalariga oid so‘zlarni o‘z ichiga olganligi uchun alohida mavzuiy guruhlarga ajratib o‘rganildi, har bir guruh leksemalarining funksional-semantik tabiati aniqlandi. Hikoyalar leksikasi quyidagi 27 xil mavzuiy guruhga bo‘lib o‘rganildi:
1.Oshxona bilan bog‘liq tushuncha ifodalovchi leksemalar;
2. Maishiy leksika;
3.Yashash manzili bilan bog‘liq o‘rin-joy nomlari;
4. O‘tov bilan bog‘liq tushuncha ifodalovchi so‘zlar;
5. Taom-yegulik nomlari;
6. Ot-ulov bilan bog‘liq tushuncha ifodalovchi leksemalar;
7. Ov bilan bog‘liq tushuncha ifodalovchi so‘zlar;
8. Meva-sabzavot nomlari;
9. Fitonimlar;
10. Maktab bilan bog‘liq tushuncha nomlari;
11.Hovli-joy bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar;
13. Qarindosh-urug‘ nomlari;
14. Tahririyat bilan bog‘liq tushuncha ifodalovchi so‘zlar;
15. Kiyim-kechak nomlari;
16. O‘rin-joy ma’nosini ifoda etuvchi so‘zlar;
17. Suv obyektlari;
18. Tana a’zolari nomlari;
19. Tabiat hodisalari bian bog‘liq tushuncha ifodalovchi so‘zlar:;
20. Fasl va vaqtga oid tushuncha ifodalovchi so‘zlar;
21. Numerativlar;
22. Evfemizmlar;
23. Mavhum ma’noli so‘zlar;
24. Kasb-koriga ko‘ra shaxs otlari;
25. Antroponimlar;
26. Zoonimlar;
27. Toponimlar;
Sinonimlar, antonimlar, polisemantik so‘zlarning maqsadga muvofiq qo‘llanishi asar leksikasining o‘ziga xosligini ta’minlagan. Hikoyalar matnida voqelangan sinonimik qatordagi har bir so‘z o‘zining ma’no nozikliklari bilan namoyon bo‘lgan. Asarlar leksikasida voqelangan leksik-semantik hamda funktsional-semantik sinonimlar qatori o‘z va o‘zlashgan qatlamga mansub leksemalardan tashkil topgan. Asarda semantik sinonimlardan tarkib topgan so‘zlarning ko‘pchiligi ot, sifat, fe’l doirasida voqelanadi. Shuningdek, u yerda ma’no ifodasiga ko‘ra sinonimik qator hosil qilgan leksemalar tushunchani darajalab ko‘rsatishga ham xizmat qilgan. Shu bilan birga sinonimlarning ikki tipini voqelantiruvchi leksemalar miqdoran ko‘pligi, morfologik qurilishi, geneologik kelib chiqishi jihatdan rang-barangligi bilan ahamiyatlidir.
Ta’kidlash joizki, muallif bir turkum doirasiga oid so‘zlarning ma’no jihatdan zid munosabatga kirishuvi nuqtai nazaridan voqealanadigan til hodisasi hisoblanmish antonimlardan o‘z o‘rnida mohirona foydalangan. Asar matnida istifoda etilgan antonimlar tuzilishiga ko‘ra o‘zaro tub, yasama hamda tub va yasama so‘zlar antonimiyasidan iborat.
Hikoyalar tilining leksik xususiyatlarini tahlil etish, asar tilining o‘ziga xosligini asoslash, mazmun-mohiyati, ilmiy-amaliy qiymatini belgilash, muallifning so‘z qo‘llash mahoratini yoritishda, ayniqsa, muhimdir.

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling