Himoyaga tavsiya etilsin”
BARQAROR BIRIKMALAR ТASNIFI
Download 355 Kb.
|
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Notanish odam”, “Ko‘ngil”, “Bir ko‘rgan tanish”, “Ikki ko‘rgan bilish”, “Nimadir yo‘q bo‘ldi”, “Olma yemadim”
BARQAROR BIRIKMALAR ТASNIFI
Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarining barqarorligi belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir. Shunga ko‘ra barqaror birikmalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Frazeologizmlar. 2. Maqol va matallar. 3. Aforizmlar. Barqaror birikmalarning bir guruhi tarkibidagi so‘zlar ma’no jihatdan uyg‘unlashib, mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi va ko‘pincha mazmunan bir leksemaga teng keladi va ko‘chma ma’noda ishlatiladi. Masalan, qulog‘i ding bo‘lmoq — hushyor bo‘lmoq, qovog‘i osilmoq — xafa bo‘lmoq, og‘zining tanobi qochdi — quvonmoq kabi. Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko‘chma ma’nodagi barqaror birikmalarga frazeologizmlar deyiladi. Frazeologizmlar gap tarkibida uning bir bo‘lagi vazifasida keladi. Frazeologizmni tashkil etgan so‘zlar frazeologizmning faqat ichki uzvlari sanaladi. Gapning boshqa bo‘laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi. Masalan, Rais daladagi hosilni ko‘rib boshi osmonga yetdi. Bu gapda boshi osmonga yetdi qismi butun holda kesim vazifasida keladi. Shundan so‘ng mavzuni mustahkamlash uchun o‘qituvchi Sh.Xolmirzayev qalamiga mansub “Notanish odam”, “Ko‘ngil”, “Bir ko‘rgan tanish”, “Ikki ko‘rgan bilish”, “Nimadir yo‘q bo‘ldi”, “Olma yemadim” kabi hikoyalar matnini o‘quvchilarga taqdim etadi va hikoyalar matni tarkibidan barqaror birikmalar tarkibiga kiruvchi frazeologizmlarni topib, ularni qanday ma’nolar uchun xizmat qilayotganini aniqlashni topshiradi. Bu o‘quvchilarda badiiy matn bilan ishash ko‘nikmasini hosil qilishga o‘rgatadi, yangi mavzuning o‘quvchilaga yanada tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. 149-mashq. Quyida berilgan frazeologizmlarning har biri ishtirokida alohida-alohida gap tuzing. Ularning gap mazmunini yuzaga chiqarishdagi o‘rnini belgilang. Hafsalasi pir bo‘lmoq, ko‘zi ochilmoq, qulog‘i tom bitmoq, o‘pkasini cho‘pga ilgan, oyog‘ini qo‘lga olmoq, boshi osmonga yetmoq, ko‘zi uchib turgani yo‘q. Quyida berilgan gaplardagi frazeologik birikmalarni topib, ma’nosini sharhlang. 1. Arava bo‘lsa almisoqdan qolgan, yana sinibdi. 2. Aravani quruq olib qochish evi bilan-da, avval burningni artsang-chi... (S. Abdulla.) 3. Ishqilib baraka topsin, shu doktorlar boshing yostiqqa tekkanda joningga aro kirishadi. 4. Yo‘qlab kelibsan, boshim osmonga yetdi. 5. Qizlar har zamonda ishdan bosh ko‘tarib, bir-biriga gap otishadi. (S. Ahmad) 6. Qorasochning dili siyoh bo‘lib, birdan xo‘rligi keldi. (S. Azimov) 7. ...Amalda ishni izdan chiqarib yuboribsiz. 8. Kavushini to‘g‘rilab qo‘yish kerak: qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi. (Asqad Muxtor) 9. Hoji xola ko‘zi ilinib, endi xurrak ota boshlagan edi. 10. ...Uning ko‘zlari qinidan chiqayozdi. (Oybek) Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling