Himoyaga tavsiya etilsin”


Download 355 Kb.
bet18/25
Sana22.03.2023
Hajmi355 Kb.
#1286699
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari

I.Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad − o‘quvchilarda barqaror birikmalar haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish. Ularni nutqda iboralardan, maqol va matallardan, hikmatli so‘zlardan o‘rinli foydalanishga o‘rgatish.Ularda badiiy matnni lingvistik tahlil qilish ko‘nikmasini hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad − o‘quvchilarni o‘zaro hamkorlikda ishlashga o‘rgatish, ma’naviy qadriyat va milliy fazilatlardan g‘ururlanish tuyg‘usini uyg‘otish.
Rivojlantiruvchi maqsad − o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutq madaniyatini o‘stirish, Ularda badiiy matnni lingvistik tahlil qilish ko‘nikmasini hosil qilish.
II.Darsning jihozi: Jadvallar, rasmlar, paremalar aks etgan taqdimot (slayd), topshiriqlar berilgan kartochkalar, rag‘bat kartochkalari.
III.Darsda foydalaniladigan ta’lim texnologiyasi: taqdimot usulida tashkil etish texnologiyasi, interaktiv o‘qitish texnologiyasi.
IV.Texnik vositalar: Komputer, taqdimot uchun proyektor, tarqatma materiallar.
V.Darsning metodi: «Klaster», «Aqliy hujum», «To‘g‘risini top!».
VI.Tashkiliy qism:

  • Salomlashish

  • Tozalikka e’tibor

  • Davomatni aniqlash

VII. Darsning borishi:
a) darsni tashkil etish:
b) o‘tilgan mavzuni so‘rash.
O‘tilgan mavzu “Antonimlar va ularning uslubiy xususiyatlari” deb nomlangan bo‘lib, o‘qituvchi uy vazifasini so‘rashda “Aqliy hujum”dan foydalanishi, quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qilishi mumkin:
1. Lug‘aviy antonimlar nima?
2. Antonimlar qatori (uya) deganda nimani tushunasiz?
3. Affiks antonimlar nima?
Shuningdek, o‘qituvchi uyga vazifa sifatida berilgan 141-mashqni o‘quvchilardan so‘raydi. Mashqda quyidagi topshiriq berilgan:
Uyga vazifa. 141-mashq. Berilgan maqollarni ko‘chiring. Antonimlarning ostiga chizing.
1. Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur. 2. Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor. 3. Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur. 4. Do‘st achitib gapirar, dushman — kuldirib. 5. Yomonning yaxshisi bo‘lguncha, yaxshining yomoni bo‘l. 6. Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi. 7. Kam gapirsang, ko‘p eshitasan. 8. Oyoq kiyiming tor bo‘lsa, dunyoning kengligidan ne foyda. 9. Erni er qilgan ham xotin, qaro yer qilgan ham xotin. 10. Qo‘y bir terining ichida necha ozib, necha semiradi. 11. Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer. 12. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling