Himoyaga tavsiya etilsin”
II BOB. SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARI SO‘Z BOYLIGINING FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI TAHLILI
Download 355 Kb.
|
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.Hikoyalarda qo‘llangan so‘zlarning mavzuiy guruhlari va ularning leksik-semantik tabiati
II BOB. SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARI SO‘Z BOYLIGINING FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI TAHLILI
Til birliklarining ob’ektiv olam, reallikni ifoda etishini va aksincha, ob’ektiv olam, borliqning semantik predmetlar orqali umumlashtirish jarayoni mavjudligini talqin qilish semasiologik va onomasiologik yo‘nalish sifatida izohlanadi. Semasiologik tahlil lug‘aviy birliklarning semantikasi va u bilan bog‘liq hodisalar nuqtai nazaridan o‘rganishdir. Shundan kelib chiqib, mazkur bobda Sh.Xolmirzayev hikoyalari tilida qo‘llangan leksemalar funksional-semantik jihatdan tadqiq etildi. 2.1.Hikoyalarda qo‘llangan so‘zlarning mavzuiy guruhlari va ularning leksik-semantik tabiati Sh.Xolmirzayev hikoyalari leksikasi o‘ziga xos xilma-xil mavzuiy guruhlarni tashkil etib, bir nechta semantik guruh va guruhchalardan iboratdir. Shunga ko‘ra, quyida asarda faol qo‘llangan leksik birliklarni turli mavzuiy guruhlarga bo‘lib, alohida-alohida tasnif qilish orqali ulardagi funksional-semantik xususiyatlarini o‘rganishni lozim topdik. Chunki bunday yo‘l, bir tomondan, qo‘llanilgan so‘zlar majmui haqida, ikkinchi tomondan, ularning tarkibiy jihati, matndagi funksional-semantik tabiati haqida muayyan ilmiy xulosalar berishga imkoniyat yaratadi14. Ana shu maqsaddan kelib chiqib, asarda qo‘llangan leksik birliklar jami yigirma yetti xil mavzuiy guruhga bo‘lib tasniflandi: 1.Oshxona bilan bog‘liq tushuncha ifodalovchi leksemalar: o‘choqboshi, kastrulka, krujka, qopqoq, tiqin, separator, butilka, kosa, qumg‘on, kapkir, qozon, cho‘pqaymoq, choynak va h.k.; 2. Maishiy leksika: dasturxon, po‘stak, ko‘rpacha, pechka, ko‘mir, chiroq, tunuka pech, to‘shak, ko‘rpa-yostiq, gilam, supa, so‘zana, kreslo, javon, stol, stul, karavot, tappi, kurak va h.k.; 3.Yashash manzili bilan bog‘liq o‘rin-joy nomlari: qishloq, ovul, o‘tov, bostirma, mahalla va h.k.; 4. O‘tov bilan bog‘liq tushuncha ifodalovchi so‘zlar: o‘tov, silliq uquv, shaxmatnusxa keraga, sanoch, do‘mbira, kigiz, quroq ko‘rpacha, o‘choq, uvuq, chang‘aroq; 5. Taom-yegulik nomlari: popukli palov, yog‘liq patir, qo‘y qurti, non, go‘sht, palov, choy, sut, quruq choy, shokolad, marmelad, sho‘rva, qatiq, suv, qo‘y qatig‘i, uy noni, go‘sht, chalob qovurdoq, qimiz, suzma, chakki va h.k.; 6. Ot-ulov bilan bog‘liq tushuncha ifodalovchi leksemalar: ayil, hurjun, eshak, ot, arava, egar, korson, no‘xta, tuya, g‘ildirak, yugan, xalacho‘p va h.k.; 7. Ov bilan bog‘liq tushuncha ifodalovchi so‘zlar: ovchi, miltiq, pichoq, qo‘ndoq, mil, fonar, xalta, ryukzaksimon xalta, chamadon, xurjun, gulxan, olov, tutun, shox-shabba, fonus, qanot, dum, kekirdak, pat, tuyoq, teri va h.k.: 8. Meva-sabzavot nomlari: qovun, rezgi olma, paxtaseb olma, tog‘olcha, yong‘oq, apelsin, limon, mandarin, uzum, oshqovoq, jiyda, olmurut, pista, o‘rik, yovvoyi bodom, na’matak, olcha, ayiqtovon, olmaqoqi, olchaqoqi va h.k.; 9. Fitonimlar: nomozshomgul, boychechak, ajriq, yantoq, kiyiko‘t, anduz, kosagul, chinnigul, xina, atirgul, romashka, prezident guli, lola, yo‘ng‘ichqa va h.k.; 10. Maktab bilan bog‘liq tushuncha nomlari: maktab, dars, muallim, sinfdosh, direktor, dars jadvali va h.k.; 11. Hovli-joy bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar: ayvon, chorpoya, chorbog‘, darvoza, loyxona, ustun, qoziq, gulzor, vassa, deraza, kapa; 12. Qush-parranda va hayvon nomlari: yovvoyi cho‘chqa, chumchuq, kaklik, cho‘ponaldargich, mushuk, it, ko‘ppak, tovushqon, quyon, qoplon, ko‘kqarg‘a, ilon, boyqush, hilol (kamyob qush), kuchuk, bo‘ri, buqa, tozi it, ukki, kaptar, ko‘ppak, tuya, mullato‘rg‘ay, jir-jir qushi, silovsin, xo‘roz, to‘ng‘iz, dakang, tovuq, kalxat, arg‘umoq, qorabayir, to‘riq, tulki, burgut, bo‘ri, hakka, to‘rg‘ay chil (kaklikdan kichikroq qush) va h.k.; 13. Qarindosh-urug‘ nomlari: ota, ona, bola, ena, yanga, kennayi, xola, tog‘a, ini, birodar, kuyov, momo, buvi va h.k.; 14. Tahririyat bilan bog‘liq tushuncha ifodalovchi so‘zlar: redaksiya, gazeta, rubrika, muharrir, sarlavha, jurnalist, gazetchilik va h.k.; 15. Kiyim-kechak nomlari: ust-bosh, etik, pidjak, chakmon, belbog‘, kiyim, shim, pocha, telpak, choriq, ro‘mol, chopon, ko‘ylak, tufli, shinel, shapka, kerza etik, quloqchin va h.k.; 16. O‘rin-joy ma’nosini ifoda etuvchi so‘zlar: zov, tog‘, cho‘l, jar, paykal, do‘nglik, qir, o‘tloq, adir, xiyobon, archazor, jardara, tepalik, yalanglik, olmazor, dovon, yantoqzor, yalanglik, yong‘oqzor, yulg‘unzor, qamishzor, ajriqzor, qiyalik, qumloq, tikanzor, archazor, bedapoya, chakalakzor va h.k.; 17. Suv obyektlari: soy, daryo, sohil, arna va h.k. 18. Tana a’zolari nomlari: qosh, tizza, badan, barmoq, yelka, bosh, quloq, kift, qo‘l, gavda, mo‘ylov, kaft, tirsak, lab, peshona va h.k. 19. Tabiat hodisalari bian bog‘liq tushuncha ifodalovchi so‘zlar: yomg‘ir, bulut, qor, tuman, laylakqor, shabada; 20. Fasl va vaqtga oid tushuncha ifodalovchi so‘zlar: sahar, azon, kechqurun, choshgoh, ko‘klam, kuz, qish va h.k. 21. Numerativlar: dasta, quchoq, qadam, changal, gala, kilometr, yosh, chaqirim, suruv, piyola, kosa, qo‘ton, satil, terak bo‘yi, sela, qop, bosh, sentner, so‘m va h.k.; 22. Evfemizmlar; polvon – ayiq, arg‘amchi – ilon, jondor – bo‘ri: Bir kuni otam: «Zov ostiga ikki polvon tushib ketdi», deganini ham eshitganman. Polvon degani ayiq degani. Bitta cho‘pon: «Arg‘amchiyam bor ekan, ko‘p chirilladi», degandi. Arg‘amchi — ilon degani. Nima uchundir tog‘da ko‘p hayvonlarni, jonivorlarni o‘z nomlari bilan atashmaydi. Masalan, bo‘rini ham jondor deyishadi (77-b.). 23. Mavhum ma’noli so‘zlar: dilgirlik, Ko‘ngil, tashvish, turmush, xushomadgo‘ylik, odamgarchilik, mehmondo‘stlik, bolalik, buzg‘unchilik, musofirchilik, nifoq, g‘ybatchilik, jin, umuminsoniylik va h.k.; 24. Kasb-koriga ko‘ra shaxs otlari: bozorqo‘m, direktor, yozuvchi, muallim, geolog, oxrannik, go‘rkov, korrektor, shofyor, doktor, redaktor, profkom, sovxoz direktori, militsioner, agronom, muallim, raykom, sekretari, rais, tarbiyachi, mudira, novvoy qassob va h.k.; 25. Antroponimlar: Nizomiy, Fuzuliy, Navoiy, Alpomish, Narzulla, Nurmat kachal, Toshboy, Zokir o‘rinovich, Salim mo‘ylov, Hikmat, Qismatulla, Habibulla, Mo‘min, Jyul Vern, Axtamov, Safo, Chori, Azim, Ismat, Qalandar, Hoshim, Salqin opa, Vosit, Navoxon aya, Shomurod polvon, Ahad Mirzo, Bibigul, Samar, Islom, Omon Fathullayev, Ismoil Yusupovich, Sotiboldiyeva, Berdimurod, Eshqul, Inomcha, Habib, Mayna opa va h.k.; 26. Zoonimlar: Olako‘z (ot), Oqboy (it), Qoraboy (it), Ko‘kboy (it), Olapar (it) va h.k.; 27. Toponimlar: Shapaloqxona, Huk dara, Ola chopon (qishloq), Jig‘oti (dovon), Boysun, G‘ummataka, Dug‘oba, Toshkent, Sangardarak, Yo‘lbars dara, Nanay, Kofirun, Sanjar tog‘, Ko‘ktosh, Go‘rkamar, Qashqar, Yetim cho‘qqi, Xo‘jaqo‘chqor va h.k. Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling