Himoyaga tavsiya etilsin”


Download 355 Kb.
bet12/25
Sana22.03.2023
Hajmi355 Kb.
#1286699
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari

Ish-harakat va holat ma’nosidagi so‘zlarda ko‘p ma’nolilik: Izlanishimiz ko‘p ma’nolilikning fe’l kategoriyasiga oid so‘zlarda u qadar faol emasligini ko‘rsatdi. “Rang-tusi, sifatini yo‘qotmoq, eskirmoq” (O‘TIL, 1, 56) bosh ma’nosini ifoda etuvchi aynimoq leksemasi hikoyalar tilida quyidagi ko‘chma ma’nolarda qo‘llanganiga guvoh bo‘lish mumkin: 1. Havoning birdaniga o‘zgarishi, osmonni bulut qoplab, shamol ko‘tarilib, yog‘ingarchilik boshlanishi: Ovga borayotgan edim, havo aynidi (1-b.); 2. Birdaniga fikridan qaytmoq: Domla ko‘chaga chiqdi, tanish shahar manzaralarini ko‘rdi, tanish kishilarni uchratdi, tanish munosabatlarni eshitdi, yana aynidi (68-b.); 3. Sog‘ligi, salomatligi yomonlashmoq: Andak tobim aynib yotib qoldim deng... Shamol tegdimi, bilolmadim. Xo‘sh? (146-b.).
“Kovlangan yerga joylab, ustini berkitmoq” bosh ma’nosini ifodalovchi ko‘mmoq fe’li o‘z va ko‘chma ma’nolarda qo‘llangan: Gulzordagi qorga ko‘milgan ba’zi gullarning yuzi ochiq — qori yo erigan, yo shamol uchirgan (225-b.); “Dafn marosimi” ma’nosida: To‘qqizgacha murdani saqlab o‘tiradimi! Aslida kecha ko‘milishi kerak edi! (188); “Tashvishlari ko‘paymoq” ma’nosida: Aks holda tashvishlarga ko‘milib ketasan (7-b.)
Shuningdek, hikoyalar matnida otilmoq (eshikka otilmoq), cho‘kmoq (o‘tirmoq), yaxshi ko‘rmoq, kemirmoq (o‘y kemiradi), emgaklamoq (adirlar tog‘ tarafga emgaklab ketgan), uyqusiramoq (ro‘parada oppoq qorga burkangan tog‘ uyqusirab ko‘rinar edi) kabi fe’l leksemalar ko‘chma ma’noda qo‘llangan.
Belgi-xususiyatni ifoda etuvchi so‘zlarda ko‘p ma’nolilik: Belgi-xususiyat ma’nosini ifoda etuvchi so‘zlardagi ko‘p ma’nolilik hodisasi biz tekshirayotgan asar leksikasida ancha faol qo‘llangan: “Hayoti tugagan, o‘lgan, jonsiz” ma’nosidagi o‘lik sifat leksemasi (O‘TIL, 5, 149) o‘z va ko‘chma ma’nolarda quyidagidek qo‘llangan: 1. Xoliq o‘lik musicha oldiga keldi (105-b.); 2. “Ta’sirsiz, his-hayajon uyg‘otmaydigan, zeriktiradigan” ma’nosida: Jimjitlik. O‘lik sukunat. Mozor, qizg‘ish uy, manavi qaqqaygan qari tut daraxti hech narsani sezmaganday turibdi (56-b.); Meni, tevarakni qurshagan tun vahmi, o‘lik shaharning vahimasi, uni makon qilgan boyqushu hasharotlar, ilonlar-chayonlar orqamdan ta’qib etar...(112-b.)
“Vazni katta bo‘lgan, tosh bosadigan; vaznli, vazmin” ma’nosini ifodalovchi og‘ir sifat leksemasi (O‘TIL, 3, 189) hozirgi o‘zbek adabiy tilida jami o‘n yetti ma’noda qo‘llanishi aniqlangan. Hikoyalar tilida og‘ir leksemasi quyidagi ma’nolarda qo‘llangan: 1. “Vazni katta bo‘lgan, tosh bosadigan; vaznli, vazmin” ma’nosida: Miltiqni bering menga, og‘irlik qilayotgan bo‘lsa! (62-b.); 2.“O‘zini tuta biladigan, sipo, vazmin, bosiq” ma’nosida: «Er ancha og‘ir... lekin xotini chuchmal ekan», deb o‘yladi Hikmatoy (13-b.); 3.”Ko‘p kuch va bilim talab qiladigan, qiyin, murakkab, mashaqqatli, sermashaqqat” ma’nosida: Lekin, u redaktsiyada ko‘p ishlolmas, tez charchab qolar, doktorlar ham unga ko‘p urinmaslik, og‘ir ishlarni esa, mutlaqo qilmaslikni uqtirgan edi (30-b.); 4. “Gapni yaxshi eshitmaydigan, karroq; kar” ma’nosida: “”:Egamberdi bobo to‘qson sakkizda. Qulog‘i og‘ir. Garang (35-b.); 5. “Mashaqqatli, uqubatli, azobli, mushkul, qiyin” ma’nosida: Shu ot... mening og‘ir kunimga yaradi (67-b.); 6. (Bajarish mushkul, qiyin) ma’nosida: Yurish og‘ir. Chet- chetdan, sakrab-sakrab, goh tizzadan qum kechib, goh devorlar usti bilan ketaverdim (111-b.).
Narsa va hodisalarni ifodalovchi so‘zlarda ko‘p ma’nolilik: Bunday so‘zlardagi ko‘p ma’nolilik asar so‘z boyligida juda faol bo‘lib, o‘ziga xos o‘rin tutadi: “Og‘iz bo‘shlig‘ining kirish qismini chegaralab turadigan harakatchan teri burmasi” bosh ma’nosini ifodalovchi lab so‘zi hikoyalar tilida quyidagi ma’nolarda o‘z va ko‘chma ma’nolarda qo‘llangan: 1.Yuqoridagi ma’noda: Militsionerning qalin lablari uchdi, burun kataklari qappaydi, lunji shishdi (32-b.); Kuchuk bola po‘stakdagi qand ushoqlarini ham qil-pili bilan yeb, lablarini yaladi (26-b.); 2. “Qirg‘oq, yoqa, chet” ma’nosida: Bu qoyalar orqada qolib ketgan tog‘dan qulagan, dumalab shu yerga, soy labiga kelib to‘xtab qolgan (22-b.); Qorong‘i tushib qolgan, etak tomondagi kartoshka ekilgan maydon to jar labigacha reza-reza bo‘lib ko‘rinadi (114-b.); Bu yo‘l yong‘oqzor ichidan o‘tgan yo‘l bilan jar labidagi keksa tug‘dona tagida tutasharkan (17-b.); Yana chaqirgandim, o‘tovdan o‘n yoshlardagi bir bola chiqib, tom labiga keldi, qo‘lini tizzasiga tirab, menga qaradi (18-b.).
Shuningdek, hikoyalar tilida quyidagi so‘zlarning ko‘chma ma’nolarda qo‘llanganligiga guvoh bo‘lamiz: soyning yoqasi, kamarning pesh burni, kamarning og‘zi, do‘nglikning labi, hukmdor ovoz, metin harsang, ona qishloq, tog‘ o‘rkachlari, tizzasining ko‘zi va h.k.

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling