Himoyaga tavsiya etilsin”


Iste’mol doirasiga ko‘ra hikoyalar leksikasi


Download 355 Kb.
bet13/25
Sana22.03.2023
Hajmi355 Kb.
#1286699
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari

1.4.Iste’mol doirasiga ko‘ra hikoyalar leksikasi
Leksemalarning ishlatilish doirasi chegaralanmagan va chegaralangan bo‘lishi mumkin. Bunday ikki guruhga ajralish asosan ot, sifat, ravish va fe’l turkumlaridagi leksemalarga xosdir. Son va olmosh turkumlarida, shuningdek, bog‘lovchi, yuklama, ko‘makchi va undovlarda ishlatilish doirasi chegaralangan so‘zlar yo‘q.

  1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksemalar o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning barchasi uchun umumiy bo‘lgan, hammaga tushunarli va hammaning nutqida bir xil darajada qo‘llanadigan so‘zlardir: bosh, qo‘l, ko‘z, daraxt, meva (otlar); oq, qora, qizil, katta, kichik, yaxshi, yomon (sifatlar); tez, oz, ko‘p, jo‘rttaga, atayin (sifat-ravishlar); yurmoq, ishlamoq, o‘qimoq, yozmoq (fe’llar) va b.lar. Bunday leksemalar umumxalq lug‘aviy birliklar deb ham yuritiladi.

  2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalar dialektga, kasb-hunar leksikasiga va jargon-argolarga xos so‘zlardir. Jonli so‘zlashuvda ishlatiladigan vulgarizmlar ham qo‘llanishi chegaralangan lug‘aviy birliklar sanaladi.

Dialektlarga xos so‘zlar qo‘llanishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan leksemalardir. Bunday so‘zlar leksik dialektizmlar sanaladj. Ular ikki xil bo‘ladi:
a) dialektizm-so‘z. Bunda so‘zning ifoda plani, demak, nomemasi shevaga xos bo‘ladi: buzog‘ — Toshk. sh., go‘sala Bux. sh., o‘djakXorazm, sh. (ad.-orf: buzoq); rayhon — Toshk. sh., nozvoy — Sam. sh. (ad.-orf. rayhon); yostiq — Toshk. sh., taka — o‘g‘iz dial, bolish Bux. sh. (ad.-orf. yostiq); do‘ppi, to‘ppi Toshk. sh., qalpoq— Sam. sh., kallapo‘sh — Bux.sh. (ad.-orf. do‘ppi) kabi;
b)dialektizm-ma'no. Bunda leksemaning ifoda plani (nomemasi) emas, ma’nosi (sememasi) shevaga xos bo‘ladi, nomema esa adabiy tilda ham qo‘llanadi. Masalan, chopqi (Toshk.sh.) — chopqi (Sam. sh.) — chopqi (ad.tilda). Demak, chopqi nomemasi dialektizm-so‘z sanalmaydi, ammo uning shevalardagi ma’nolari bir xil emas. Qiyos qiling: chopqi (Tosh, shevasida — «shox-shabba qirqish, go‘sht, piyoz qiyntalash va sh.k. ishlarda qo‘llanadigan katta va og‘ir, pichoqqa o‘xshash asbob») — chopqi (Sam. Shevasida «tig‘i sopi ichiga qayirib yopib qo‘yiladigan pichoqcha, qalamtarosh») — chopqi (ad. tilda — «shox-shabba qirqish, go‘sht qiymalashda qo‘llanadigan katta va og‘ir, pichoqqa o‘xshash asbob»). Demak, chopqi leksemasining semantik tarkibida ikkita semema (leksik ma’no) bor: 1) Toshkent shevasi va adabiy tildagi ma’nosi. Bular dialektizm emas; 2) Samarqand shevasidagi ma’nosi. Bu ma’no faqat shevaga xos bo‘lib, adabiy tilga o‘tmagan, shuning uchun u dialektizm-ma’no (dialektizm-semema) sanaladi. Bunday holni lagan leksemasida ham ko‘ramiz. Bu leksema adabiy tilda «quyuq ovqatlar solinadigan, tarelkadan katta yassi idish» ma’nosini anglatadi. Demak, u shu shaklda va shu ma’nosida dialektizm emas, ammo lagan leksemasining shevalarda «katta chuqur to‘garak idish», «kir yuviladigan tog‘ora» ma’nolari ham bor, lagan so‘zining ayni shu ma’nolari dialektizm-sememalar sanaladi.
Tilning lug‘at boyligida leksik dialektizmlardan tashqari, frazeologik dialektizm ham uchraydi. Leksik va frazeologik dialektizmlar birgalikda lug‘aviy dialektizmlar hisoblanadi.
Yozuvchilar o‘z qahramonlarini o‘zlari yashaydigan hudud va muhitdan ayirmagan holda, hayotdagidek ishonarli va jonli tasvirlash ehtiyojidan kelib chiqib shevaga xos so‘zlarni ishlatadilar. Sheva so‘zlari mahalliy kolorit, hududiy mansublikni o‘zida aniq aks ettirish bilan birga «badiiy nutqda muayyan estetik funksiyani bajaradi. Biroq dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi ularning badiiy nutqdagi me'yori, qanday ishlatilishi va ayni paytda qanday dialektizmlarning qo‘llanishi bilan bog‘liqdir»13. Tilshunoslikka oid adabiyotlarda shevaga xos birliklarning fonetik, leksik va grammatik dialektizmlar sifatida tasnif qilinganligini kuzatish mumkin. Fonetik dialektizmlar asosan, tovushlarni o‘zgartirib qo‘llash, tovush orttirilishi, tovush tushishi va tovushlarni qavatlab qo‘llash ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
Hikoyalar so‘z boyligida ham muallif Surxondaryo va boshqa xududlar shevasiga oid so‘zlardan unumli foydalangan: Ovoragarchiligi bormi, domlajon. Allag‘aytib (ozib-yozib) bir kiribsiz uyimizga. - Onam chiqdi. Men toqatim toq bo‘lib, Zokir O‘rinovichning qarshisidagi stulga cho‘kdim (12-b.); He, dayradan norman. Bobolarding yurtidan. Cho‘pon bo‘g‘anmiz-da aslida (33-b.); Inod dasturxon chiqarib to‘shadi, ustunga ilig‘liq qo‘y qornidan qilingan tulum og‘zini ochib, kosaga yog‘och qoshiq bilan suzma olib sola boshladi (66-b.).
Shuningdek, hikoyalar tilida ena, momo, yanga, kelinoyi, ena, ulim (o‘g‘lim), shoti (narvon), burnog‘i yil (o‘tgan yil), sur telpak, lo‘laboshi, bolish (yostiq), o‘tirik kabi dialektizmlardan unumli foydalanilgan.

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling