Himoyalangan yerlarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi pptx


Download 1.31 Mb.
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1634131
1   2   3
Bog'liq
Himoyalangan yerlarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi

Bodringni so‘nggi paytlarda issiqxona sharoitida o‘stirish uchun ko‘chatidan ekish qo‘llanilmoqda. Bu usulda yetishtirish o‘simlikni kasallik va zararkunandalardan holi qiladi, o‘simlik ildizi baquvvat bo‘ladi va erta pishib yetiladi. Bunday usulda urug‘ sarfi kamayadi, sog‘lom va sifatli nihollardan foydalanish ishlab chiqarish hajmini orttiradi

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga “mahalliy Navbahor”, “ToshDAU 70”, “Elegant”, “Samar” kabi birinchi avlod duragaylar va chet el duragaylaridan “Roki”, “Fokus”, “Eliza”, “Sultan”, “Majestik”, “Seydra Alamir”, “Alanis”, “Adrian”, “Barxan”, “Valeystar”, “Kristina”, “Multistar”, “Melen”, “Nail”, “Orzu”, “Passandra”, “Pikolino”, “Pontiya2, “Seray”, “Superdelta”, “Jazzer”, “Xarman”, “Luna”, “Tristan” lar tavsiya etilgan. Navlarni tanlashda navning ekiladigan hududda keng tarqalgan kasalliklar va zararli hasharotlarga chidamliligi, bozor talablariga mosligi, ertapisharligi va yuqori hosilli bo‘lishi muhim.

Pomidor. Respublikamizning ob-havo, tuproq sharoitiga qarab har bir viloyat uchun yangi rayonlashtirilgan, mo‘l hosilli, sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, mexanizmlar yordamida ishlov berishga moslashgan, har bir ekish muddati uchun mos navlarni to‘g‘ri tanlash lozim.

  • Ekishga mos navlar. Pomidorni mahalliy sharoitda yaratilgan ertapishar “Do‘stlik”, “Saxiy”, “Shafaq”, “Sevara”, o‘rta-ertapishar “Uzmash-1”, “Toshkent tongi”, o‘rtapishar “TMK-22”, “O‘zbekiston-178”, “Surxon-142”, “Bahodir”, “Sharq yulduzi”, “Sitora”, “Istiqlol 10”, “Avitsenna”, kechpishar “Namuna-70”, “Doni 2000” navlari tavsiya etiladi.
  • Muddatlari: Ko‘chat tayyorlash maqsadida pomidorning ertapishar va o‘rta – kechpishar navlari urug‘ini isitiladigan plyonkali issiqxonalarga ekishning muqobil muddatlari quyidagicha: janubiy viloyatlarda yanvarning uchinchi o‘n kunligi, markaziy viloyatlarda fevralning birinchi va ikkinchi o‘n kunligi va shimoliy viloyatlarda mart oyining birinchi o‘n kunligida bo‘ladi. O‘rtapishar va kechpishar navlarining urug‘idan kechki mahsulot olish uchun martning birinchi o‘n kunligida ekiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ostanaqulov T.E., Narzieva X. Va B.G’ulomov “Mevachilik asoslari” Samarqand 2011 yil.

2.. Zuev V.I., Qodirxo’jaev O. Q., Adilov M.M, Akromov U.I. Sabzavotchilik va polizchilik. 2009y.

3. Qodirxo’jaev. O. Muhamedov M. M. // Sabzavot ekinlari yetishtirish texnologiyasi ( m. Matn ). Toshkent – 2000.

4. Ostonaqulov T. E., Zuev V.I., Qodirxo’jaev O.Q. “Sabzavotchilik”. Toshkent. 2008y.

  • 5. Ostonoqulov T.E. “Sabzavot ekinlari biologiyasi va o’stirish texnologiyasi”.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling