Hindistoda atraksion qulab tushishi oqibatida 50 dan ziyod odam jarohatlangan


Download 14.3 Kb.
Sana04.01.2023
Hajmi14.3 Kb.
#1078459
Bog'liq
06.09.2022


Hindistoda atraksion qulab tushishi oqibatida 50 dan ziyod odam jarohatlangan
Hindistonning Moxali shahridagi koʼngilochar bogʼda odamlar boʼlgan attraktsion 15 metr balandlikdan qulab tushdi. Maʼlum qilinishicha, hodisa oqibatda oʼnlab odamlar jarohatlangan. Ulardan 16 nafari kasalxonaga yotqizilgan. Halok boʼlganlar haqida esa maʼlumot berilmagan. Hindiston favqulotda vaziyatlar xizmati kamida 50 kishi jarohat olganini xabar qilmoqda. Ulardan 16 nafari ogʼir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Germaniya yana o‘rmon yong‘inlari ichida qoldi
Germaniyadagi eng baland Saksoniya-Аnxaltning togʼida oʼrmon yongʼini sodir boʼldi. OАVlarining yozishicha, 1141 metr balandlikdagi yongʼin tez tarqalmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, olov 62 gektar maydonni qamrab olgan, oʼchirishga 300 dan ortiq oʼt oʼchiruvchi va beshta yongʼin vertolyoti jalb qilingan. Yana ikkita samolyot qoʼshni Italiya va Shvetsiyadan soʼralgan. Mahalliy politsiyaning ta’kidlashicha, tutunning qalin ustunlarini kilometr masofada koʼrish mumkin. «Yongʼin shanba kuni soat 14:30 atrofida Getebanxof kuzatuv maydonchasi yaqinida aniqlangan va tezda tarqalgan. Shu bilan birga, rasmiylar mahalliy aholi va sayyohlarning evakuatsiya qilinishini eʼlon qildi. Favqulodda xizmatlarning aytishicha, kuchli shamol va tik yon bagʼirlarda yongʼin tarqalishi olovni o‘chirishda murakabliklarni keltirib chiqarmoqda.

Joriy yarim yillikda qurg‘oqchilik dunyo davlatlariga qancha zarar keltirgani xissoblab chiqildi
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida sayyoramizning koʼplab mamlakatlarida kuzatilgan qurgʼoqchilik kamida 13,2 milliard dollar global zarar yetkazgan. Mutaxassislarning fikricha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hozirda soʼnggi 500 yildagi eng kuchli qurgʼoqchilikdan aziyat chekmoqda.
Shuningdek, Аmerika Qoʼshma Shtatlari, Pokiston va Xitoyning gʼarbiy qismida ham qurg‘oqchilik avj olgan. Xitoyda esa daryolarning sayozlashishi tufayli bir qator gidroelektr stantsiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish deyarli 40 foizga kamaygan. Shu sababli Sichuan provinsiyasida, Toyota Motor korporatsiyasining yigʼish zavodi faoliyati vaqtincha toʼxtatildi. Ma’lumot uchun, Iyun oyi boshida Yaponiyaning Аtrof-muhitni oʼrganish milliy instituti va Tokio universiteti mutaxassislari hisobot eʼlon qilib, joriy asrning oʼrtalariga borib yozgi qurgʼoqchilik koʼplab hududlar, jumladan, Oʼrta yer dengizi sohillari va Janubiy Аmerikaning koʼplab hududlari uchun norma boʼlishini taʼkidlagan edi.
Download 14.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling