Hiqildoq, kekirdak va o’pkani anatomik tuzilishi


Download 351.74 Kb.
bet2/8
Sana02.02.2023
Hajmi351.74 Kb.
#1147676
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nafas olish organlar tizimini anatomik tarkibi. Burun, burun bo’shlig’i,

partes laterals nasi ga aylanib boradi.
Burunning asosiy qismi (ildizi) – radex nasi burun bilan peshona sohasi chegarasida joylashadi, burunning devori hamda yon devorlarining davomi hisoblanadi.
Burun uchi – apex nasi yuqorigi lab ustida bo‘lib, unda burun bo‘shlig‘iga kirish teshigi, burun katagi – nares joylashadi.
Qoramolda bular nisbatan kichikroq, keng, yumaloq, uncha katta bo‘lmagan, qanotsimon jiyak – sulcus alares ko‘rinishida bo‘ladi. Burun katagi tevaragidan qalin, kam harakatchan, burun qanoti – alae nasi orqali chegaralangan. Burun kataklari oralig‘ida teri qoplami burun-lab yaltirog‘i – planum nasolabiale ni hosil qiladi.
Burun bo‘shlig‘i – cavum nasi boshning yuz bo‘limida joylashgan bo‘lib, havo o‘tkazish, hid bilish, havoni isitish, namlash va uni tozalash kabi vazifalarni bajaradi. Burun bo‘shlig‘ining hosil bo‘lishida yoki uning o‘q skeleti bo‘lib burun, yuqorigi jag‘, peshona, panjarasimon, tanglay suyaklari, dimog‘, burun chig‘anoqlari, burunning tog‘ayli to‘siqlari va burun tog‘aylari hisoblanadi. Burun bo‘shlig‘i o‘qining ichki tomoni shilliq parda bilan qoplangan. Burun bo‘shlig‘i to‘siq orqali o‘ng va chap bo‘laklarga bo‘lingan va har qaysi bo‘lakning kirish (burun katagi) hamda chiqish (xoana) teshiklari, qopqog‘i, tubi, yon va o‘rta devorlari bo‘ladi.
Burun to‘sig‘i – septum nasi panjarasimon suyakning vertikal varag‘i hisoblanadi. Bu varaqning oldingi, suyaklashmagan qismi burun bo‘shlig‘ini bo‘lib turadi va burunning tog‘ayli to‘sig‘i cartilage septi nasi deb ataladi.
Yon tog‘aylari – cartelogenes laterales burun qopqog‘ini va uning yumshoq qismi yon devorini hosil qilib, ular qanotsimon tog‘aydan kesik orqali ajralib turadi. Yon tog‘ay o‘rta tomonga egilib qanoti burmalarini hosil qiladi. Har ikkala tomonning qanotsimon tog‘ayi – cartelogenes alares ga burun to‘sig‘ining dorsal chetidan boshlanuvchi varag‘i – lamella mavjud. U yon tomonga hamda pastga tushib, burun katagining pastki uchi asosida yotuvchi, ikkiga ajralgan langarsimon o‘simta hosil qiladi. Burun bo‘shlig‘i devori ichki yuzasining oldingi tomoni teri bilan qoplangan. Bo‘shliqning bu qismi burun dahlizi – vestibulum nasi deb ataladi va unda ko‘z yoshi-burun teshigi bo‘ladi. Xususiy burun bo‘shlig‘i shilliq parda bilan qoplangan. Burun bo‘shlig‘ining shilliq pardasi qizg‘ish rangda bo‘lib, ko‘plab burmalar hosil qiladi. Ular bo‘shlig‘ining yon devorlarida yuqorigi va pastki chig‘anoqlarni, orqa qismida esa panjarasimon suyakning labirintlarini hosil qiladi.
Burunning yuqorigi chig‘anog‘i – concha nasi dorsalis tor va uzun bo‘lib, uning shilliq pardasi oldingi tomonda to‘g‘ri burma – plica rectae ga o‘tadi. Burunning pastki chig‘anog‘i – concha nasi ventralis keng, uning shilliq pardasi old va yuqori tomonda qanot bo‘rma – plica alares ni, old va pastki tomonda esa burun bo‘shlig‘i tubining burmasi – plica fundalis ni hosil qiladi. Pastki chig‘anoqning orqa cheti xoana sohasiga o‘tib turadi. (53-rasm)
Burun chig‘anoqlari burun bo‘shlig‘ini yuqorigi, pastki va umumiy burun yo‘llariga ajratib turadi. Burunning yuqorigi yo‘li – meatus nasi dorsalis burun bo‘shlig‘i qopqog‘i bilan burunning yuqorigi chig‘anog‘i o‘rtasida bo‘lib, tarqoq. U panjarasimon suyak labirintining hid bilish sohasi tomon o‘tadi.
Burunning o‘rta yo‘li – meatus nasi medius yuqorigi va pastki chig‘anoqlar oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uning orqa uchi 2 ta yo‘lga bo‘linib ketadi; bu yo‘ldan jag‘, tanglay, ko‘z yoshi, peshona kovaklariga, shuningdek, burunning yuqorigi va pastki chig‘anoq bo‘shliqlariga havo kiradi.
Burunning pastki yo‘li – meatus nasi ventralis keng bo‘lib, burunning pastki chig‘anog‘i hamda burun bo‘shlig‘ining tubi oralig‘ida joylashgan. U xoanaga yaqin joyda ikkinchi bo‘lakning xuddi shunday (analogik) yo‘li bilan birlashadi. Burunning pastki yo‘li burun-tanglay kanali – canalis nasopalatinus orqali og‘iz bo‘shlig‘i bilan tutashadi. Burun-tanglay kanali dimog‘-burun organi – organon vomeronasalis ga
ochiladi.
Burunning umumiy yo‘li – meatus nasi communis burun to‘siqlari hamda chig‘anoqlari oralig‘ida joylashib, unda yuqoridagi uchala yo‘l ham ochiladi, u esa orqa tomondan burun-tomoq yo‘li – meatus nasi pharyngeus ga qo‘shilib ketadi. Burun bo‘shlig‘ining oldingi nafas oluvchi qismini shilliq pardasi hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, qizg‘ish rangda bo‘ladi, orqa hid bilash qismi esa hid bilish epiteliysi bilan qoplangan. Burun to‘sig‘i va pastki devorining shilliq osti qavati ko‘p miqdordagi tomirlar chigaliga (g‘ovak tana) ega. Burunning yon bezlari qoramolda bo‘lmaydi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. Otda – burunning yuqori qismi, yon qismlari, uchi va ildizi yaxshi taraqqiy etgan; burun kataklari katta, burun to‘siqlarining oxirgi tomonida yuqorigi yon tog‘aylari T –shaklida ajralib ketadi; to‘siqlar qanotsimon tog‘ay bilan birlashgan; burun kataklarining pastki bo‘limi kengaygan, yuqorigi bo‘limi esa toraygan; burun kataklari burunning medial hamda lateral qanotlari orqali chegaralangan; burunning yon devorlari burun va jag‘ oraliq suyaklari bilan birgalikda yumshoq burunni hosil qiladi, unda 5 – 7 sm li burun divertikulalari – diverticulum nasi bo‘ladi. Divertikulalarning mavjudligi burun kataklarini juda kuchli kengayishiga imkon beradi. Burunning pastki burchagida ko‘z yoshi, burun kanalining teshiklari joylashgan. Burunning yuqorigi chig‘anog‘i shilliq pardasi burun bo‘shlig‘ining oldingi bo‘limida 2 ta to‘g‘ri burmalarni hosil qiladi; burunning markaziy chig‘anog‘ini shilliq pardasi oldingi tomonda qanotsimon burma va burun tubi burmasini hosil qiladi.
Cho‘chqada – burun bo‘shlig‘i nisbatan tor va uzun; burun uchi xartum – rostrum ni hosil qiladi. U bevosita yuqorigi lab bilan birlashib turadi; unda yumaloq tuxumsimon burun kataklari joylashadi; xartumning terisi – planum rostrale ko‘plab jiyaklarga bo‘lingan, juda kam sezuvchi tukchalari bo‘ladi; unda xartum bezi – glandulae rostrales ning chiqaruvchi yo‘llari teshiklari mavjud.
Xartumning asosida xartum suyagi – os rostri bo‘lib, u harakatchan va burun hamda jag‘ oraliq suyaklari oralig‘ida yotadi; xartum suyagining yuqori qismidan yon tomonlarga tog‘ay plastinkalari, pastki qismidan esa o‘ng va chap tomonga tog‘ayli shoxchalar ajraladi. Ularning har biri burunning yon qanotlarini hosil qiladi. Burunning yuqorigi chig‘anog‘i uzun va tor, pastki chig‘anog‘i esa birmuncha kengroq. Ko‘z yoshi kanali ko‘pincha ikkita teshik hosil qilib burun dahlizida tugaydi. Burun yon bezlari burunning o‘rta yo‘liga ochiladi.
Itda – burunning oldingi qismi serharakatchanligi bilan ajralib turadi; burunning orqa chegarasi taxminan qoziq tish to‘g‘risidan o‘tadi, oldingi uchi esa oldinga, jag‘ oraliq suyagi tanasining to‘g‘risigacha chiqadi. Burunning tog‘ayli to‘sig‘i oldingi tomonda yuqorigi va pastki yon tog‘aylarni hosil qiladi. Uchburchak shakldagi qo‘shimcha tog‘ay burunning o‘rta uchi bo‘lib xizmat qiladi. Burun yaltirog‘ining terisida tuk va bezlar bo‘lmaydi. Burun kataklarini kengaytiruvchi muskullar bo‘lmaydi. Burun dahlizi shilliq pardasining burmalarida tog‘ay varaqlari, burunning ichkariroq bo‘limi burmalarida esa nafis suyak plastinkalari mavjud. Burunning yuqorigi chig‘anog‘i burun va peshona suyaklariga, pastki chig‘anog‘i esa yuqorigi jag‘ga birlashadi. Burun dahlizi sohasida qanotsimon burma deb yuritiluvchi pastki chig‘anog‘i qalinlashgan. Ana shu erda unga burunning o‘rta tog‘ayi – cartilago nasi medialis birlashadi.

Download 351.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling